2. Mustaqillik yillarida madaniy hayot. Istiqlol yillarida jismoniy tarbiya va sport ravnaqi


 Mustaqillik yillarida madaniy hayot



Yüklə 466,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix19.12.2023
ölçüsü466,46 Kb.
#186986
1   2   3   4   5   6
MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT-DAVLAT SIYOSATINING USTUVOR YO’NALISHI

 


2. Mustaqillik yillarida madaniy hayot.
 
Badiiy adabiyot. Mustaqillik sharofati bilan badiiy ijodiyot, badiiy adabiyot sinfiylik, 
partiyaviylik, kommunistik mafkuraviylik kabi aqida hukmronligidan, illatlardan ozod bo’ldi. 
Badiiy adabiyotda milliylik, ming yillik tarixiy ijodiy an‘analar, umuminsoniy qadriyatlar, erkin 
fikr yuritish tamoyillari tiklandi.
Ijodiy faoliyatda mustaqillikni asrab-avaylash, demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyati 
qurish, har tomonlama barkamol insonni tarbiyalash, milliy o’zlikni anglash, yurtdoshlarimiz 
ongida milliy istiqlol g’oyalarini shakllantirish kabi masalalar bosh mavzu sifatida o’rin egalladi. 
Jadidchilik harakati namoyandalarining, sovet davrida qatag’on qilingan millatparvar yozuvchi va 
shoirlarning asarlari, Qur‘on va hadislar nashr etildi va keng kitobxonlarga yetib bordi. Milliy 
adabiyot rivojiga H.S.Karomatovning Qur‘on va o’zbek adabiyoti, O.Sharafiddinovning 
Cho’lponni anglash, B.Qosimovning Maslakdoshlar asarlari ijobiy ta‘sir ko’rsatdi.
Abdulla Oripov, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, Xurshid Davron, To’ra Mirzo kabi 
ijodkorlarimizning tarixiy roman, pesa va qissalarida ulug’ bobokalonlarimiz, sohibqiron Amir 
Temur, Mirzo Ulug’bek, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa buyuk zotlar siymolari yangicha 
badiiy-falsafiy nuqtayi nazardan yoritildi.
Shukrulloning Kafansiz ko’milganlar romanida, To’lepbergen Qayipbergenovning U 
dunyoga, bobomga xat asarida, Nazar Eshonqulovning Qora kitob povestida, O‘tkir 
Hoshimovning Tushda kechgan umrlar romanida, Xudoyberdi To’xtaboyevning Qasoskorning 
oltin boshi romanida, Oygul Muhammad qizining Jannat qushi romanida, Tog’ay Murodning 
Otamdan qolgan dalalar romanida mustabid sovet davrida yuritilgan shovinistik siyosatning 
qatag’onlik, zo’ravonlikka asoslangan mohiyati, xalq boshiga solingan tashvish-u kulfatlar, 
g’amg’ussa alamlari tasvirlangan.
Tohir Malikning Shaytanat (4 kitob), Hojiakbar Shayxovning Tutash olamlar asarlarida 
insonni imon va vijdondan ozdirishga, razolat va qabohat ummoniga botirishga urinuvchi 
yomonlik dunyosi, mafiya olami shaytonlari fosh qilinadi, ularga nisbatan nafratlanish tuyg’ulari 
o’z aksini topgan.
Omon Muxtorning To’rt tomon qibla nomli trilogiyasi, Barot Boyqobilovning O‘zbeknoma 
tarixiy-falsafiy va ma‘naviy-ma‘rifiy dostoni, Abduqahhor Ibrohimovning Biz kim, o’zbeklar 
asari, Azim Suyunning Oq va qora, A. Qutbiddinning Izohsiz lug’at she‘rlari zamonaviy o’zbek 
adabiyotining yorqin ifodasidir. O‘zbekiston Prezidenti, respublika hukumati ijod ahliga katta 
g’amxo’rlik qilmoqda. Iste‘dodli adiblar faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlanmoqda. 
Abdulla Oripov, Said Ahmad, Erkin Vohidov, Ozod Sharafiddinov, To’lepbergen 
Qayipbergenovlar mamlakatimizning oliy mukofoti – O‘zbekiston Qahramoni unvoni bilan 
taqdirlandilar. Ko’plab shoir va yozuvchilar yuksak saviyadagi badiiy asarlar uchun o’tkazilgan 
tanlovlarning sovrindorlari bo’ldilar.
2017-2019-yillarda Toshkent shahridagi Milliy bog’ hududida muhtasham Adiblar xiyoboni, 
Yozuvchilar uyushmasining yangi binosi, Qoraqalpog’istonda va bir qator viloyatlarimizda ulug’ 
adiblarimizning nomlari bilan atalgan ijod maktablari barpo etildi.
Teatr. Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan ma‘naviy-ma‘rifiy islohotlar jarayonida 
teatr san‘ati ham rivojlandi.
1993-yilda foydalanishga topshirilgan “Turkiston” saroyi Vatanimizning va xorijlik atoqli 
teatr arboblarining, ijodiy guruhlarning sahna asarlari namoyish etiladigan dargohga aylandi. 
Andijonda jamoatchilik asosida faoliyat ko’rsatayotgan yoshlar teatri davlat tasarrufiga olinib, 
Abbos Bakirov nomli yoshlar va bolalar teatriga aylantirildi.
Respublika Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi O‘zbekistonda teatr va musiqa san‘atini 
yanada rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash va rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi, 
1998yil 26-martdagi O‘zbekistonda teatr san‘atini rivojlantirish to’g’risidagi Farmonlari asosida 
teatrlar davlat budjeti hisobiga qo‘llab-quvvatlandi. Farmonga binoan Madaniyat ishlari vazirligi 


tizimida va teatr ijodiy xodimlari uyushmasi qoshida 1998-yilda “ O’zbekteatr” ijodiy ishlab 
chiqarish birlashmasi tashkil etildi. Birlashma teatr jamoalariga xalqimizning boy ma‘naviy 
olamini, uning madaniy merosi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini uyg’otuvchi 
spektakllar yaratishda, iste‘dodli yoshlarni teatrga jalb qilishda, teatrlarning moddiy-texnikaviy 
bazasini mustahkamlashda, ijodiy xodimlarni ijtimoiy himoya qilishda ko’maklashdi. O‘zbekteatr 
birlashmasi va barcha teatrlar 5 yilga barcha turdagi soliqlardan ozod qilindi. Murakkab o’tish 
davri qiyinchiliklariga qaramasdan bironta teatrning yopilishiga yo‘l qo’yilmadi. Teatr binolari 
ta‘mirlandi, ichki jihozlari yangilandi. Alisher Navoiy nomli Davlat akademik katta opera va balet 
teatri Yaponiya tomonidan 1995-yilda bepul ajratilgan 47 mln iyen qiymatiga teng yangi uskunalar 
bilan jihozlandi. Respublikamizda 36 ta professional teatr faoliyat ko’rsatmoqda. Har bir viloyatda 
qo’g’irchoq teatrlari bolalarga xizmat ko’rsatmoqda.
1996-yilda Toshkentda Koreya drama va estrada milliy teatri tashkil etildi va shu yilning 
dekabr oyida o’z faoliyatini boshladi. Davlat akademik rus drama teatri 1999-yilda hozirgi zamon 
talablari darajasida tubdan qayta qurilgan muhtasham binoga ko’chirildi va o’zining 64-teatr 
mavsumini yangi binoda boshladi.
2001-yilda respublika teatr san‘atida muhim tarixiy voqea sodir bo‘ldi. Hamza nomidagi 
O‘zbek akademik drama teatri binosi muhtasham koshona shaklida qayta qurildi, zamonaviy teatr 
uskunalari va mebellar bilan jihozlandi. 2001-yil 21-sentabrda Prezident farmoni bilan unga Milliy 
teatr maqomi berildi, O’zbekiston Milliy akademik drama teatri deb ataldi. Respublika teatrlari 
Vatan tarixini sahna asarlari orqali yoritishga alohida e‘tibor berdilar. Milliy akademik drama teatri 
va Qashqadaryo musiqali drama teatri jamoalari Sohibqiron, Xorazm viloyati musiqali drama va 
komediya teatri Jaloliddin Manguberdi, Abror Hidoyatov nomli O‘zbek davlat teatri Buyuk ipak 
yo’li kabi tarixiy dramalarni sahnaga qo’ydi.
O‘zbekistonda Respublika va xalqaro teatr festivallari bo’lib o‘tdi. 1992-yil mart-aprel 
oylarida bo’lib o’tgan Navro’z mintaqaviy festivalida Markaziy Osiyo mamlakatlari teatrlarining 
eng yaxshi sahna asarlari namoyish etildi. 1997-yil oktabrda Toshkentda bo’lib o’tgan Teatr: 
Sharq-G’arb xalqaro festivalida Yaponiya, Hindiston, Syangan, Turkiya, Rossiya, Buyuk
Britaniya teatr san‘atkorlarining chiqishlari bo’ldi. Amir Temur tavalludining 660 yilligiga 
bag’ishlangan festivalda O‘zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston teatrlarining 15 ta eng yaxshi 
tarixiy sahna asarlari namoyish etildi. O‘zbekiston teatr ustalari Germaniya, Fransiya, Slovakiya, 
Hindiston, AQSH, Belgiya, Misr, Rossiya teatr festivallarida qiziqarli spektakllar bilan ishtirok 
etdilar.
Teatr san‘atining rivojiga, iste‘dodli aktyorlarni izlab topishiga talabalarning Nihol 
respublika festivali, Aktyor mahorati festivallari, yoshlar teatrlarining Humo festivallari ijobiy 
ta‘sir ko’rsatmoqda.
Muxtasar aytganda, respublikamiz teatr san‘ati xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ma‘naviyatini 
boyitish, ular ongiga milliy istiqlol g’oyasini singdira borish, vatanparvarlik tuyg’ularini 
kuchaytirish, axloqiy, estetik tarbiya maktabi bo’lib xizmat qilmoqda.
Hozir O’zbekistonda 37 ta dramatik, musiqali drama va komediya, opera va balet, 
qo’g’irchoq teatrlari faoliyat ko’rsatmoqda. 1998 yil 26 martda O’zbekiston Prezidentining 
O’zbekiston teatr san‘atini rivojlantirish to’g’risidagi Farmoni e‘lon qilindi. Unta binoan, tomosha 
sanatining ko’p asrlik an‘analarini o’rganish, boyitish va targ’ib qilish, teatr san‘atini har 
tomonlama rivojlantirish, uning modsiy negizini yanada mustahkamlash, mamlakatimizda 
ma‘naviy-ma‘rifiy islohotlarni amalga oshirishda teatr arboblarining faol ishtirokini ta‘minlash, 
badiiy-zamonaviy sahnabop asarlar yaratish maqsadida Madaniyat ishlari vazirligi tizimida 
O’zbekteatr ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi.
2017 yilda Qo’qon shahri, Xorazm va Jizzax viloyat drama teatrlari qayta rekonstruksiya 
qilindi, O’zbekiston davlat san‘at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali tashkil 
etildi.
2017 yilda yurtimizdagi ijodiy uyushmalarning ijtimoiy hayotimizdagi o’rni va nufuzini 
oshirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida O’zbekiston ijodkorlarini 


qo’llabquvvatlash Ilhom jamoat fondi, shuningdek, madaniyat va san‘at muassasalari hamda yirik 
kompaniya va banklar hamkorligida Do’stlar klublari tashkil etildi.
Kino va tasviny sanat. Mustaqillik yillarida kino san‘ati ham rivojlandi. Kino san‘atining 
ijodkor ustalari – Shuhrat Abbosov, Yo’ldosh A‘zamov, Elyor Eshmuhamedov, Ali Hamrayev, 
Rashid Malikov, Jahongir Fayziyev, Sharof Boshbekov va boshqalar zamonaviy kinofilmlar 
yaratish ishlarida peshqadamlik qildilar. Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida xususiy 
kinostudiyalar vujudga keldi. 1992-yil fevralda Latif Fayziyevning dastlabki xususiy kinostudiyasi 
Fayzifilm ro’yxatga olindi. 1996-yilda O‘zbekfilm tasarrufida 8 ta studiya, shuningdek, 30 ga 
yaqin mustaqil ijodiy studiyalar faoliyat yuritdi.
1996-yil 29-aprelda e‘lon qilingan O‘zbekkino davlat aksionerlik kompaniyasini tuzish 
to’g’risidagi Prezident farmoni milliy kino san‘atining rivojida muhim bosqich bo’ldi. Farmonning 
ijrosini ta‘minlash maqsadida Respublika Vazirlar Mahkamasi O‘zbekkino davlat aksionerlik 
kompaniyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to’g’risida Qaror qabul qildi. Qarorga 
binoan O‘zbekkino davlat aksionerlik kompaniyasi tuzildi. Mazkur kompaniya Davlat mulk 
qo’mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki tomonidan 
moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlandi. O‘zbekkino kompaniyasi qoshida Respublika kino 
arboblari ijodiv assotsiatsiyasi ta‘sis etildi. Kino tarmog’i tashkilotlariga davlat budjetidan 
ajratiladigan har yillik dotatsiyalar 2000-yilgacha saqlab qolindi. Kino sohasining iqtidorli yoshlari 
uchun xorijiy kino akademiyalari va o’quv markazlarida o’qish, malakasini oshirish ishlari amalga 
oshirildi.
1991-2002-yillarda O‘zbekiston kinostudiyalarida 60 ga yaqin badiiy filmlar suratga 
olindi. Temir xotin, Ko’zlarim yo’lingda, Dallol, Sharif va Ma‘rif, Tilla bola, Buyuk Amir Temur, 
Yulduzingni ber, osmon, Kenja singil, Voiz, O‘tkan kunlar, Piyoda odam va boshqa filmlarda 
milliylik va yangi, zamonaviy ijodiy erkinlikning an‘anaviy badiiy uslub bilan uyg’unligi yaqqol 
namoyon bo‘ldi.
1997-yilning 22-29-may kunlari Toshkentda jahonning 32 ta davlati va 8 ta xalqaro 
tashkilotning madaniyat va san‘at arboblari ishtirokidagi Umuminsoniy qadriyatlar va milliy 
taraqqiyot shiori ostida XII Xalqaro Toshkent kinofestivali bo‘lib o’tdi. Buyuk Amir Temur filmini 
yaratishdagi operatorlik mahorati uchun Rifqat Ibrohimovga xalqaro jyurining maxsus mukofoti 
Neksiya avtomashinasi berildi.
Mustaqillik yillarida o’nlab hujjatli kinofilmlar yaratildi. O‘zbekiston bahori (rej. 
Sh.Qurbonboyev, E.Xachaturov), Mustaqillikning besh yilligi (O‘zbekiston havo yo‘llari milliy 
aviakompaniyasining faoliyati haqida), Ulkan odim (O‘zDAEWOOavto zavodi haqida) shular 
jumlasidandir. Milliy ma‘naviyat, ma‘rifat namoyandalari faoliyatiga bag‘ishlangan Istiqlol 
fidoyilari ruknidagi hujjatli filmlar, XX asrning 20-yillarida Germaniyada ta‘lim olgan iste‘dodli 
yoshlarimizga bagishlangan Ular Germaniyada o’qigan edilar filmlari yaratildi. Prezident I. 
Karimovning O‘zbekiston XXI asr bo’sag’asida... nomli asari asosida yaratilgan beshta videofilm,
O‘zbekiston Qahramonlari ruknidagi kinoocherklar, Umid qaldirg’ochlari hujjatli filmi va 
boshqalar bugungi hayotimizni, istiqlol tufayli erishgan yutuqlarimizni teran anglab olishga 
ko’maklashmoqda.
Istiqlol yillarida tasviriy san‘at ham rivojlandi, rassomchilik yangi ma‘no-mazmun bilan 
boyidi. 1997-yilda Prezident farmoniga muvofiq O‘zbekiston Badiiy akademiyasining tashkil 
qilishi va Tasviriy oyna respublika ijodiy uyushmasining tuzilishi, ularning davlat tomonidan 
qo‘llab-quvvatlanishi tasviriy san‘at rivojida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Iste‘dodli yoshlarni 
izlab topish, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash ishlari yo‘lga qo’yildi.
O‘zbekiston xalq rassomlari Malik Nabiyev, Bahodir Jalolov, qobiliyatli mo’yqalam sohibi 
Zayniddin Faxriddinov va boshqalar xalqimiz ongida milliy g‘urur, istiqlol va Vatanga sadoqat 
tuyg’ularini uyg’otuvchi qator san‘at asarlarini yaratdilar. Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, 
Zahiriddin Muhammad Mobur, fan va ma‘naviy-ma‘rifiy sohada dunyoga mashhur 
bobokalonlarimizning portretlari yaratildi.


Tasviriy san‘at ustalarining say-harakatlari bilan Vatanimizda qadimdan shakllangan nafis 
san‘at maktablarining noyob an‘analari, tasviriy va miniatura san‘atining nodir durdonalari 
qaytadan o’rganildi, boyitildi, dunyo uzra namoyish qilindi. AQSH, Fransiya, Germaniya, 
Yaponiya, Janubiy Koreya va boshqa mamlakatlarda o’zbek rassomlarining ko’rgazmalari bo’lib 
o’tdi. Yetakchi rassom-dizaynerlar – L. Sadriddinov, F. Toshmuhamedov, K. Tursunov, T.
Turg’unov, T. Qo’ziyev o’z asarlari bilan Hindiston, Xitoy, Portugaliya, Bolgariya, Gretsiya, 
Avstraliya kabi mamlakatlarda o’tkazilgan badiiy ko’rgazmalarda qatnashdilar.
1999-yil avgust oyida Badiiy akademiyaning Markaziy ko’rgazma zalida O‘zbekiston 
mustaqilligining 8 yilligiga bag‘ishlab Eng ulug’, eng aziz mavzusida o’tkazilgan respublika 
badiiy ko’rgazmasida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Farg’ona vodiysi va boshqa 
viloyatlar san‘at ustalarining 600 dan ortiq rasmlari, grafikalari (bo’yoqsiz rasm), dizaynlari, 
haykaltaroshlik asarlari, xalq hunarmandchiligi va amaliy-dekorativ san‘at namunalari namoyish 
etildi.
Shahar ko’chalariga bugungi hayotimizni tasvirlovchi rasmlar o’rnatildi, muhtasham 
binolarning devorlari naqshlar bilan bezatildiki, bular odamlarga huzur-halovat, zavq bagishlaydi.
O’zbek sirki. 1992-yilda “ O’zbekdavlatsirk” respublika birlashmasining tashkil etilishi sirk 
san‘atining rivojlanishida, yosh iste‘dodli ijrochilarni qo’llab-quvvatlashda muhim ahamiyatga 
ega bo‘ldi. Toshkent sirki zamonaviy talablar asosida qayta ta‘mirlandi, unga dorbozlar sulolasi 
asoschisi, O‘zbekiston xalq artisti Toshkenboy Egamberdiyev nomi berildi. An‘anaviy sirk 
san‘atining unutilgan turlari tiklandi va rivojlandi. Iste‘dodli yoshlarga amaliy yordam berish 
maqsadida 1996-yilda estrada-sirk kolleji ochildi.
Respublika shaharlarida faoliyat yuritayotgan sirk guruhlari soni ko’paydi. Agar 1990-yilda 
7 ta an‘anaviy sirk guruhi faoliyai yuritgan bo’lsa, 2001-yilda ularning soni 20 tadan oshdi, sirk 
chilarning ijrochilik mahoratlari o’sdi.
O‘zbekiston sirk ustalarining chet ellarga gastrol safarlari uyushtirildi. Misr, Iordaniya, 
Falastin, Pokiston, Malayziya, Hindiston, Xitoy, Suriya, Livan, Eron, Birlashgan Arab Amirligida 
gastrol safarlarida bo’lgan respublikamiz sirk ustalari O‘zbek milliy sirk san‘atini namoyish 
etdilar.
Olimjon Toshkenboyev rahbarligidagi O‘zbekiston dorbozlari guruhi 1996-yildan boshlab 
Yevropa mamlakatlarida gastrol safarida bo’lib, 2000 dan ziyod tomosha ko’rsatdilar. 15 yoshli 
Karima Zaripova 1997-yil yanvarda Parijdagi Buglion sirkida bo’lgan yosh sirk artistlarining 
xalqaro festivalida qatnashib, Plastik etud (besuyak o’yini) janrida festivalning eng oliy mukofoti 
– oltin medalni qo’lga kiritdi. 1998-yilda Toshkent sirkida Karima Zaripova rahbarligida iste‘dodli 
yoshlarga ko’maklashuvchi bolalar studiyasi ochildi. Studiya bolalarga sirk sirlarini o’rgatib, katta 
manejga yo’llaydi.
O‘zbek sirkchilari 1999-yilda Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida bo’lib o’tgan 
xalqaro festivalda, 1999-yilda Saratov shahrida bo’lib o’tgan Butunrossiya sirk festivalida, 
2000yilda Xitoyning Uxan shahrida bo’lib o’tgan xalqaro sirk festivalida, 2001-yil yanvarda 
Belgiyaning Lej shahrida bo’lib o’tgan Yevropa sirklarining 10-festivalida muvaffaqiyatli 
qatnashib, sovrinli o’rinlarni egalladilar. Sirkchilarimizning say-harakatlari natijasida o’zbek 
sirkiga xos turli nomer va attraksionlar xalqaro sirk dasturlaridan o’rin egalladi.
1993-yilda Toshkentda yangi Hayvonotbog‘i ochildi.
Milliy musiqa va qo’shiqchilik. Mustaqillik yillarida milliy musiqa va qo’shiqchilik san‘ati 
rivojlandi. Respublika Madaniyat ishlari vazirligi, 1992-yilda tashkil etilgan Xalq ijodi va 
madaniy-ma‘rifiy ishlar respublika markazi, markazning viloyatlardagi bo’limlari musiqa va 
qo’shiqchilik san‘atini, havaskorlik va folklor jamoalari faoliyatini rivojlantirish, unutilgan xalq 
ohanglarini tiklash maqsadida turli xil ko’rik-tanlovlar, festivallar tashkil etmoqda. 1992-yilda 
Toshkentda Asrlarga tengdosh navolar va Boqiy ovozlar, Xorazm viloyatida folklor jamoalari, 
askiya, qiziqchi va masxarabozlarning, Qo’qonda katta ashula, lapar va yalla ijrochilarining ko’rik-
tanlovlarini o’tkazdi. 1994-yil may oyida Parijda bo’lib o’tgan Sharq musiqasi festivalida Munojot 


Yo’lchiyeva va Shavkat Mirzayevlar ishtirok etib, o’zbek milliy qo‘shiqchilik san‘atini jahonga 
namoyish etdilar.
1996-yil aprel oyida Turkiston saroyi, Bahor dastasi va boshqa ijodiy konsert tashkilotlari 
negizida tashkil etilgan “ O’zbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi xalq orasidan iste‘dodli 
qo’shiqchilarni izlab topish va ko’rik-tanlovlarga jalb etish, musiqa va qo’shiqchilik san‘ati 
bo’yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish kabi tadbirlarni amalga oshirdi. Musiqa-raqs san‘atini 
rivojlantirish davlat tomonidan qo’llab-quvvatlandi.
Respublika Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 5-dekabrdagi “ O’zbekiston – Vatanim 
manim” qo’shiqlar bayrami to’g‘risidagi Farmoni qo’shiqchilik san‘atini rivojlantirishga ijobiy 
ta‘sir ko’rsatdi. 1996-yil ko’rik tanlovini o’tkazish barcha viloyat, shahar va tumanlarida qo’shiq 
tanlovining birinchi bosqichi bo’lib o’tdi, unda 54 mingdan ziyod qo’shiqchilar qatnashdi. 
Tanlovning yakunlovchi bosqichi avgust oyida o’tdi. 700 ta qo’shiqchi qatnashdi, ulardan 10 tasi 
mukofotlandi. O‘zbekiston Prezidentining 1996-yil 27-avgustdagi farmoni bilan bunday ko’rik 
tanlov har yili avgust oyida o’tkaziladigan bo’ldi va avgust oyining uchinchi yakshanba kuni 
O‘zbekiston – Vatanim manim qo’shiq bayrami kuni deb belgilandi. Bu tanlov jarayonida yuzlab 
Vatan, mustaqillikni e‘zozlovchi yangi qo’shiqlar yaratildi. O‘zbekiston – Vatanim manim, Men 
seni sevaman – O‘zbekiston, Vatan yagonadir, Mustaqillik gullari, Ona yurtim, O‘zbekiston 
askarlari qo’shiqlari shular jumlasidandir.
1997-yil 11-martda qabul qilingan Respublika hukumatining Sharq taronalari Xalqaro 
musiqa festivalini o’tkazish to’g’risida Qarori musiqa san‘atining noyob namunalarini keng targ’ib 
qilish, rivojlantirishda dasturulamal bo’lib xizmat qildi. 1997-yil 25-avgust – 2-sentabr kunlari 
Samarqandda bo’lib o’tgan „Sharq taronalari birinchi Xalqaro festivalida dunyoning 40 dan ortiq 
mamlakatidan ijrochilar, san‘atshunoslar, jamoal arboblari ishtirok etdilar, festivalda yangragan 
o’zbek ohanglari, kuy-qo’shiqlari jahon uzra aks-sado berdi. Ozarbayjonlik Simara Imonova oliy 
mukofot – Gran-priga sazovor bo’ldi. 1-o’rin Munojot Yo’lchiyeva va hindistonlik Shainu 
Khulanaga nasib etdi. Har ikki yilda Samarqandda Sharq taronalari Xalqaro festivalini o’tkazish 
an‘anaga aylandi.
Mustaqillik yillarida musiqa san‘atining rivoj topishiga 1995-yildan boshlab o’tkazilayotgan 
Ilhom-XX, Ilhom-XXI xalqaro musiqa, Ofarin respublika estrada festivallari, xalqaro simfonik 
musiqa, katta ashula, maqom, to’y marosimi qo’shiqlari festivali har yili 31-avgust va 21-mart 
kunlari o’tkazilavotgan Mustaqillik va Navro’z kunlariga bag’ishlangan bayram tantanalari ham 
ijobiy ta‘sir ko’rsatmoqda.
O’rta maxsus ta‘lim muassasalari, bolalar musiqa va san‘at maktablari o’quvchilari orasida 
o’tkazilayotgan turli tanlovlar, jumladan, M.Turg’unboyeva nomidagi respublika raqs tanlovi, 
San‘at g’unchalari, Yangi avlod, Kelajak ovozi kabi respublika festivallari yosh iste‘dodlarni kashf 
etmoqda. 2002-2012 yillarda 463 nafar o’rta maxsus va oliy ta‘lim muassasalari o’quvchitalabalari 
jahonning turli mamlakatlari va respublikada o’tkazilgan festival hamda tanlovlarning 
sovrindorlari bo’ldilar.
Iste‘dodli yosh ijrochilarni qo’llab-quvvatlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi 
Prezidenti tashabbusi bilan 2000 yil 25 avgustda ta‘sis etilgan Nihol mukofoti alohida o’rin tutadi. 
Misol uchun, 2012 yili ushbu tanlovda 10688 nafar ishtirokchi qatnashdi, ushbu mukofot 
sovrindorlari soni 137 nafarga yetdi.
So’nggi yillarda mamlakatimizda musiqa madaniyati saviyasini yangi bosqichga ko’tarish 
borasida qator ishlar amalga oshirildi. Sohaning qonunchilik bazasi mustahkamlandi va 
zamonaviylashtirildi. Jumladan:
2017
yil 20 iyul – Xorazmda O’zbekiston xalq artisti Komiljon Otaniyozov tavalludining 
100 yillik bayrami nishonlandi. 
2017
yil 15 avgust – O’zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi faoliyatini 
tashkil etish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori (PQ-3212) e‘lon qilindi.


2017 yil 28-30 avgustda Samarqandda Sharq taronalari 11-xalqaro musiqa festivali bo’lib 
o’tdi.
2017
yil 17 noyabrda O’zbek milliy maqom san‘atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari 
to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori (PQ-3391) e‘lon qilindi.
2018
yil 6 sentabr kuni Shaxrisabzda Xalqaro maqom san‘ati anjumani ochildi va unda 
Prezidentimiz SH.Mirziyoyev 

Yüklə 466,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin