2. Mutloq miqdorlar Nisbiy miqdorlar to‘g‘risida tushuncha, ularning ifodalanishi va turlari



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə2/29
tarix10.11.2022
ölçüsü1,26 Mb.
#68430
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
BOZOR SHAROITIDA VARIATSIYA KO‘RSATKICHLARI FOYDALANISHNING ZARURIYATI

Mutloq miqdorlar

Mutlaq miqdorlar umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarning bir turidir.


Statistik kuzatish ma’lumotlarini jamlash natijasida o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarning hajmini, sonini, darajasini va uchrashish tezligini xarakterlovchi miqdorlarga ega bo‘lamiz. Bunday miqdorlar mutlaq miqdorlar deyiladi. Masalan, O‘zbekistonning territoriyasi 447,2 ming kvadrat km., aholisi 30 mln. kishi, Respublikamizda 210 mingdan ortiq korxona mustaqil ravishda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelmoqda, har yili mamlakatimizning yoshlaridan 50000 tasi student bo‘ladi. Bularning hammasi mutlaq miqdorlardir.
Mutlaq miqdorlar ikki usulda aniqlanadi yoki hosil qilinadi: kuzatish ma’lumotlarini jamlash va maxsus hisob-kitob yo‘li bilan.
To‘plam birliklari kuzatishdan o‘tgandan so‘ng, ularni bir-biriga qo‘shsak yoki ayirsak to‘plam bo‘yicha qancha birlik kuzatishdan o‘tganligiga guvoh bo‘lamiz, ya’ni to‘plam birliklari soni aniqlanadi. Bunday ko‘rsatkichlar son miqdorlar deyiladi. Ayrim hodisalarning jami sanash bilan emas, o‘lchash yo‘li bilan chiqariladi. Masalan, sotilgan tovar miqdori, qazib olingan oltin va h.k. Bunday ko‘rsatkichlar hajm miqdorlar deyiladi. Mutlaq miqdorlar hisob-kitob yo‘li bilan ham aniqlanadi. Masalan , do‘konda sotilgan tovarlar hajmini shu usul bilan ham aniqlash mumkin. Buning uchun bizga oy boshidagi tovar qoldig‘i summasi, kelib tushgan tovarlar summasi va oy oxiridagi summa aniq bo‘lishi kerak. Ma’lumki, oy boshidagi qoldiq (Ob) bilan kelib tushgan tovarlar (Tk) yig‘indisi, sotilgan (Ts) tovarlar bilan oy oxirida qolgan qoldiq (Oq) yig‘indisiga tengdir:

Ob+Tk=Ts+O q, bu erdan Ts=Ob+Tk-Oq


Mutlaq miqdorlar ifodalanishiga qarab individual va umumiy miqdorlarga bo‘linadi. Birinchi tur miqdorlar boshlang‘ich hujjatlarda qayd qilinadi. To‘plam birligi va yakka (individual) miqdorlar soni bir-biriga tengdir. Masalan, respublikadagi har bir menejer, futbolist, har bir fermerning oladigan daromad summasi yakka (individual) miqdorlarga misol bo‘la oladi. Ikkinchi tur, ya’ni umumiy miqdorlar to‘plam birliklarining yig‘indisini ta’riflaydi. Oldingi misolimizdagi barcha menejerlar, futbolistlar soni va h.k. Umumiy mutlaq miqdorlar o‘rganilayotgan jarayon va hodisalarning umumiy sonini, hajmini, qiymatini o‘zida aks ettiradi.


Mutlaq miqdorlar natural, shartli natural va qiymat (pul) o‘lchov birliklarida ifodalanadi.
Natural o‘lchov birliklari deganda hodisalarning tabiiy va iste’mol xususiyatlariga mos keladi. Masalan, sotilgan go‘sht – kilogrammda , suyuq mahsulotlar – litrda, poyafzal – juftda, masofa – metr yoki kilometrda o‘lchanadi. Ayrim paytlarda bitta natural o‘lchov birligi hodisani to‘liq xarakterlay olmaydi. SHu sababli o‘lchov birliklarining birikmasini qo‘llash kerak bo‘ladi. Masalan, ish vaqti – kishi – soat yoki kishi-kun, transportning bajargan ishi tonna – kilometr, iste’mol qilingan elektr energiya kilovatt – soat va h.k. Bular statistikada kompleks o‘lchov birliklari deb nom olgan.
Natural o‘lchov birliklarini qo‘llash ayrim paytlarda noto‘g‘ri xulosalarga olib keladi. Masalan, ikkita konserva zavodini olaylik. Ularni har biri 100 ming bankadan konserva ishlab chiqargan. Tashqi ko‘rinishdan ikkala zavod bir xil ishlagan. Lekin, bizga ma’lumki, bankaning og‘irligi (ichidagi mahsulot nazarda tutilmoqda)3 turlicha bo‘lishi mumkin. Konserva sanoatida shartli banka og‘irligi 353,4 sm3 qabul qilingan. Bizning misolimizda, birinchi zavodda bankaning og‘irligi 350 sm3, ikkinchi zavodda – 500 sm3 ekanligi aniqlandi. Bularni shartli bankalarga aylantirsak: birinchi zavod uchun uning soni (350:353,4)•100=99 mingta kelib chiqadi. Ikkinchi zavodda (500:353,4)•100=141 mingta.
Demak, oldingi xulosa noto‘g‘ri bo‘lib chiqmoqda. CHunki, shartli natural o‘lchov birligida hisob-kitobni amalga oshirsak, ikkinchi zavod birinchi zavodga nisbatan 1,4 barobar ko‘p mahsulot ishlab chiqargan. SHunday qilib, shartli natural o‘lchov birligi turlicha iste’mol qiymatiga ega bo‘lgan bir xil hodisalarni umumlashtirish qudratiga ega.
Natural va shartli natural o‘lchov birliklari qanday qulay va foydali bo‘lmasin, ular mohiyati jihatdan bir xil bo‘lmagan hodisalarni bir o‘lchovga keltira olmaydi. Ishlab chiqarilgan gazmol, ko‘mir va yog‘ning miqdorlarini qo‘shib bo‘lmaydi. Bu tovarlar turli o‘lchov birliklarida o‘lchanadi va turli iste’mol qiymatiga ega. Bu muammo qiymat (pul) o‘lchov birliklarini qo‘llash bilan echiladi. Qiymat o‘lchov birligi deyilganda har hil turdagi va turlicha iste’mol qiymatiga ega bo‘lgan hodisalarni bir xil birlikka keltiruvchi o‘lchov birliklari tushuniladi.



Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin