Tanlab kuzatish deganda nimani tushunasiz va uni qo‘llashdan maqsad nima?
Tanlash xatosi nima va uning turlarini tushuntirib bering.
Reprezentativ xato oddiy xatodan nima bilan farq qiladi?
Bosh va tanlama to‘plamga misollar keltiring.
Tanlashning qanday usullarini bildingiz. Ularni bir-biridan ustunligi yoki kamchiligi nimada?
Fakultet studentlaridan 15 foizni o‘rganmoqchimiz. Ularni ro‘yxatini tuzib (alfavit bo‘yicha) chiqamiz. Ro‘yxatdan har 15-student tanlab olinadi. 1 dan 15 gacha tartibda bo‘lgan studenlardan tasodifiy usulni qo‘llab, faraz qilaylik, 7 nomer olindi. Mexanik tanlash o‘tkazingchi (studentlar soni 960 ta)?
960 ta studentni oldin qizlar va o‘g‘il bolalarga bo‘lib, har bir guruhdan 15 foizini o‘rgansak tanlashning qanaqa usulini qo‘llagan bo‘lamiz?
Seriyali(uyali) tanlashni qaysi tarmoqlarda qo‘llagan ma’qul? Fikringizni isbotlab beringchi?
Takrorlanuvchi va takrorlanmaydigan usullarni qo‘llashdan maqsad nima?
O‘rtacha va salmog‘ uchun tanlash xatolari deganda nimani tushinasiz?
O‘rtacha va salmog‘ uchun tanlash xatosi formulalarini yozib bering?