2 optoelektron asboblarni ishlash tamoyillari mavzusini yoritish-fayllar.org
OPTOELEKTRON ASBOBLARNI ISHLASH TAMOYILLARI MAVZUSINI YORITISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI O‘zbekistonda pedagogik texnologiya masalalari, asosan, ta’lim doirasida o‘rganilmoqda. Ta’lim texnologiyasi deb, o‘quv-tarbiya jarayonida o‘quvchi maqomini o‘zgartirish, yangilash yo‘li bilan ma’lumot mazmuniga va modellashtirish darajalari – o‘quv materiali, o‘quv predmetiga pedagogik ishlov berish, o‘rganiladigan mavzuni o‘quvchi-talabalarning real bilish imkoniyatlariga moslashtirish, ta’lim natijasini qabul qilingan etalon darajasiga ko‘tarish va baholashga oid usullar, vositalar hamda ta’limning tashkiliy shakllarini tushunamiz. Ta’lim texnologiyasi o‘quv-tarbiya jarayonini boshqarishning hozirgi etakchi tamoyili (subordinatsiya) ni chegaralaydi, unda koordinatsiya o‘qituvchi (pedagog) va o‘quvchi-talaba faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtirishning etakchi tamoyiliga aylanadi. Koordinatsiya ta’limni tashkil qilish, boshqarish va nazorat qilishning bosh tamoyiliga aylanganda o‘quvchi-talaba ta’lim jarayonining o‘qituvchi (pedagog) bilan teng huquqli sub’ektiga aylanadi, ta’lim jarayonini o‘qituvchi (pedagog) va o‘quvchi-talaba birgalikda amalga oshiradi.
Ta’lim texnologiyasining asosiy maqsadi o‘quv predmetlarini to‘liq o‘zlashtirishga mos keladigan ta’lim loyihasini yaratishdir. Bunday loyiha hozirgi zamon psixologiyasi, didaktikasi va pedagogik amaliyotining asosiy va ilg‘or g‘oyalariga tayangan holdagina yaratiladi.
Pedagog faoliyatining texnologiya darajasini professor N.Saidahmedov quyidagi mezonlar asosida alohida ajratib ko‘rsatgan:
1. Tashxislangan maqsad – o‘quvchi-talaba tomonidan didaktik jarayon mahsuli sifatida o‘zlashtirilgan aniq o‘lchamli tushunchalar, amallar va faoliyat turlari.
2. Ta’lim mazmunini o‘quv elementlari yordamida bayon qilishda abstraksiya pog‘onalari va axborotlarni o‘zlashtirish darajasining hisobga olinishi.
3. O‘quv materiallarini o‘zlashtirish bosqichlarining etarlicha mantiqiy qat’iyanligi – didaktik jarayon tuzilmasiga mosligi.
4. O‘quv jarayoniga yangi vositalar va axborotlashtirish usullarining joriy etilishi.
5. O‘qituvchining qoidabop (algoritmli) va erkin, ijodiy faoliyatidagi mumkin bo‘lgan chetga chiqish chegarasining ko‘rsatilishi.
6. O‘quvchi-talaba va o‘qituvchi faoliyatida shaxsiy sabablarning ta’minlanishi (erkinlik, ijodiyot, kurashuvchanlik, hayotiy, kasbiy mohiyat va boshqalar).
7. O‘qitish jarayonining har bir bosqichida kommunikativ munosabatlarning, axborot texnikalari bilan muomala qilishning maqsadga muvofiqligi.
Zamonaviy pedagogik texnologiyani muntazam tahlil qilib borish, loyihalashtiruvchi vositalarning eng zarurini tanlash metodlarining maqsadga muvofiqligini aniqlay bilish (ta’lim metodlari), olinishi zarur bo‘lgan natijani oldindan tahlil qilish (maqsadlarning amalga oshishiga erishish), o‘quv jarayonining yaxlitligini ta’minlash kabi tamoyillarga asoslanadi.
Optron asboblar deb, u yoki boshqa ko’rinishda o’zaro aloqani oshiruvchi nurlanish manbai va qabul qilgichga (yorug’liknurlagich va fotoqabulqilgich) ega bo’lgan yarimo’tkazgichli asbobga aytiladi. Har qanday optronlarni ishlash prinsipi quidagilarga asoslangan. Nurlagichda elektr signal energiyasi yorug’likka, fotoqbulqilgichda esa, uni teskarisi yorug’lik signali elektr signaliga o’zgaradi. Amalda tarqalgan optronlar bo’lib, qaysiki unda nurlagichdan fotoqabulqilgichga tomon to’g’ri optik aloqaga ega bo’lganlari bo’lib, bunda elementlar orasidagi hamma ko’rinishidagi elektr aloqalar bo’lmaydi. Optik aloqani mavjudligi kirish (nurlagich) va chiqish (fotoqabulqilgich) orasidagi elektr izolyasiyani ta’minlaydi. Shunday qilib, bunday asbob elektron zanjirlarda aloqa elementi funksiyasini bajaradi, shu bilan bir vaqtda kirish va chiqish elektr (galvanik) yechimi amalga oshirilgan. Optoelektron asboblarni qo’llanilishi yetarlicha turli: apparat bloklari aloqasi uchun, qaysiki ular orasida ancha katta potensiallar farqi bo’ladi; o’lchash qurilmalarini kirish zanjirlarini shumdan himoyalash uchun va yuqori kuchlanishli zanjirlarni sozlash, optik, kontaktsiz boshqarish,quvvatli tiristorlar, simistorlarni ishga tushirish, elektromexanik releli qurilmalarni boshqarishlar kiradi. “Uzun” optronlarni (optik kanal sifatida uzun ingichka optik – tolali asboblar) yaratilishi optron texnika maxsulotlarini qo'llashni mutlaqo yangi yo’nalish – optik tola bo’yicha masofaviy aloqani ochdi. Optoelektron asboblar sop radiotexnik sxemalar modulyasiyasi, kuchayishni avtomatik boshqarish va boshqalarda qollaniladi. Bu yerda optik kanalga ta’sir natijasida sxemani optimal rejimga o’tkazish uchun, kontaktsiz rejimni sozlash va shunga o’xshashlardan foydalaniladi.
Hozirgi o’quv yurtlarida samarador o’qitish texnologiyasi – bu muammoli o’qitishdir. Uning vazifasi faol bilish jarayoniga undash va tafakkurda ilmiy-tadqiqot uslubini shakllantirishdir. Muammoli o’qitish ijodiy, faol shaxs tarbiyasi maqsadlariga mos keladi. Muammoli o’qitish jarayonida talabaning mustaqilligi o’qitishning reproduktiv shakllariga nisbatan tobora o’sib boradi. Muammoli o’qitish bu takomillashtirilgan o’qitish texnologiyasidir.