2 optoelektron asboblarni ishlash tamoyillari mavzusini yoritishda axborot texnologiyalari



Yüklə 94,19 Kb.
səhifə1/11
tarix07.01.2024
ölçüsü94,19 Kb.
#210962
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2 optoelektron asboblarni ishlash tamoyillari mavzusini yoritish-fayllar.org


2 optoelektron asboblarni ishlash tamoyillari mavzusini yoritishda axborot texnologiyalari

M U N D A R I J A
KIRISH………………………..…………………………...............................2
1.OPTOELEKTRON ASBOBLARNI ISHLASH TAMOYILLARI MAVZUSINI YORITISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI………………………………………………………….6
2. OPTOELEKTRONIK QURILMALAR VA VOSITALAR OPTOELEKTTRONIK MOSLAMALAR............................................................................................10
3. OPTOELEKTRONIKA VA UNING RIVOJLANISHI............................................................................................15
4. FIZIKA FANINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH………………………………………………………...….27
5.XULOSA……………………………………………………………..……32
6. ADABIYOTLAR RO’YXATI……………………………………………………………….…33

KIRISH
Kirib kelgan yangi asr jaxon talablariga mos ravishda javob berdaigna kadrlar avvalom bor axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarini mukamal bilishlarini talab etmoqda. Insonning barcha sohalardagi faoliyati axborot bilan to’liq ta’minlanganligi va axborotlardan samarali foydalanishiga bog’liq bo’lmoqda. Katta hajmdagi axborotlar oqimidan kerakli bo’lganini tanlab olish, ulami qayta ishlash va foydalanish uchun xar bir mutaxassis shaxsiy komp’yuter va aloqa vositalaridan unumli foydalanishi kerakdir. Insonlarda axborot madaniyatini shakllantirish borasida «Informatika» fani xizmat qilib, uni o ’rganish jarayoni maktab partasidan boshlanib, oliy o ’quv yurtlarida davom etadi. Bu fan yangi hisoblanib, u informatika industriyasining rivojlanishi va
jamiyatniaxborotlashtirish jarayonlari bilan bog’liqdir. Hozirgi kunda axborot jamiyatning strategik resursiga aylanib, davlatning iqtisodiy jihatdan rivojlanib borishini belgilab bermoqda.
Optoelektronika yarimo’tkazgich va vacuum elektronikadan o’zining zvenosi (fotonlar aloqasi) borligi bilan farq qiladi. Fotonlar elektr jihatdan neytiral b’lganligidan optik aloqa kanalida elektr va magnit maydonlari uyg’otilmaydi. Bu esa axboratlarni buzmasdan tekis uzatish va qabul qilishni ta’minlaydi. Axboratlar yorug’lik nuri yordamida uzatilganda aloqa liniyasida to’planib qolmaydi va sochilmaydi, shuning uchun axborot kechikmay, buzilmay , o’z vaqtida yetkaziladi. Obekti va predmeti. Optoelektronikaning asosiy elementlari – yorug’lik mabalari(lazerlar, yorug’lik diodlari), optik muhitlar( aktiv va passiv) hamda fotoqabulqilgichlar. Bu elementlardan turli nisbatda va ayrim – ayrim foydalanish mumkin. Optoelektronikani rivojlantirishning ikki yo’li – optik ( kogerent optoelektronika) va elektrooptik (optronika) mavjud. Optronikaning rivojlanishi yorug’lik manbalari va fotoqabulqilgichlardan to’g’ri foydalanishga asoslangan. Optoelektronikani rivojlanishi optoelektpon asboblarni parametrlariga katta talablar qo’ymoqda. Bu esa ularni fan va texnikani turli sohalarida qo’llanilishiga olib keladi.
Kurs ish optoelektronika sohasini rivojlanishida katta ahamiiatga ega bo’lgan lazerlar va yorug’lik diodlarini paydo bo’lishi optoelektron asboblarni turli xillarini ishlab chiqarilishiga va qo’llanilishiga olib keldi. Ushbu ish optoelekrton asboblarni o’rganishga bag’ishlangan bo’lib, kirish, ikkita bob, xulosa va foydanilgan adabiyotlardan iborat.
Optoelektronika fan va texnikaning, elektr va optik usullar hamda vositalardan foydalanish asosida axborotni saqlash, ko‘chirish (uzatish, qabul qilish), qayta ishlash, generatsiyalash masalalariga bag‘ishlangan bo‘limini o‘zida ifodalaydi.
O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq ta’lim muassasalarini maxsus tayyorlangan pedagogik kadrlar bilan ta’minlash, ularning ish jarayonida raqobatga asoslangan muhitni yuzaga keltirish, o’quv-tarbiya jarayonini sifatli o’quv adabiyotlari bilan va ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash kabi masalalalarni amalga oshirishni nazarda tutadi. Ushbu vazifalarni amalda bajarish har bir ta’lim muassasasining bevosita burchi hisoblanadi.Ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik texnologiyalarni muvaffaqiyatli ravishda tadbiq etish har bir fan o’qituvchisining maxsus bilim va ko’nikmalarga hamda pedagogik amaliyotda zarur bo’ladigan metodik tayyorgarlikka ega bo’lishini taqozo etadi.
Odatda pedagogik texnologiyalarni uchta darajasi mavjud deb aytiladi.
1.Umumiy metodik daraja. Umumiy pedagogik(umumdidaktik, umumtarbiyaviy) darajada pedagogik texnologiyaning umumiy qonuniyatlari, konseptual asoslari, o’qituvchi va o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarishning o’ziga xos xususiyatlari ishlab chiqiladi.
2.Xususiy metodik daraja . Bu darajada muayyan bir o’quv fani yoki kursini o’qitish jarayonining maqsadi va vazifalarini amalga oshirish maqsadida ta’lim mazmunini o’quvchilar ongiga singdirishda foydalanadigan o’qitish metodlari, vositalari va shakllarining majmuasi tushuniladi.
3.Lokal(modul) daraja. Bu darajada ta’lim-tarbiya jarayonining ma’lum bir qismida yoki bosqichida xususiy didaktik va tarbiyaviy maqsadni hal etishga qaratilgan texnologiya tushuniladi. Bu darajalar bir-birini to’ldiradi va umumiy bog’lanishga ega. Hozirgi vaqtda jahonning rivojlangan mamlakatlaridagi ta’lim tizimida qo’llanilib kelinayotgan va didaktikada ishlab chiqilgan pedagogik texnologiyalar shaxsga yo’naltirilganligida, ta’lim oluvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarishda, shaxsga bo’lgan munosabatida ko’rinadi. Davr talabiga ko’ra ta’lim tizimida hukmronlik qilayotgan an’anaviy ta’limni mazmunan yangilash va ta’limtarbiya jarayonini tashkil etishni tubdan o’zgartirishga qaratilayotganligini ta’kidlash kerak. Shu munosabat bilan hozirgi zamon pedagogik texnologiyalarini quyidagi mazmundagi yo’nalishlarga qaratilganligini qayd etmoq lozim.
1.Shaxs strukturasiga mo’ljallanganligiga ko’ra: − bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishga mo’ljallangan pedagogik texnologiyalar; − aqliy faoliyat usullarini shakllantirishga qaratilgan aqliy faoliyat texnologiyalari; − estetik va axloqiy munosabatlarni tarkib toptirishga mo’ljallangan hissiyotiy –axloqiy texnologiyalar; − ijodiy faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan evristik texnologiyalar;
2.Mazmuni va tuzilishiga ko’ra: − ta’lim-tarbiya berishga qaratilgan texnologiyalar; − dunyoviy va diniy ta’limga mo’ljallangan texnologiyalar; umumta’lim va kasb ta’limi texnologiyalari; insonparvarlik va texnokratik ta’lim texnologiyalari; xususiy predmet texnologiyalari; mono va kompleks (majmua) texnologiyalari;
3.Ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchi shaxsining tutgan o’rniga ko’ra bo’ladigan pedagogik texnologiyalar: avtoritar texnologiyalar; didaktosentrik texnologiyalar; shaxsni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan texnologiyalar; insonparvarlik va hamkorlik texnologiyalari; erkin tarbiya texnologiyalari;
4.Hozirgi zamon ta’lim tizimida yetakchi rol o’ynayotgan an’anaviy ta’limni mazmunan yangilash va ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni tubdan o’zgartirishga qaratilgan texnologiyalarni didaktik maqsadlariga ko’ra quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: − pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirishga qaratilgan pedagogik texnologiya; − o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar; − ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarishning samaradorligini oshirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar; − o’quv materialini didaktik jihatdan takomillashtirish va qayta ishlashga asoslangan pedagogik texnologiyalar; − xalq pedagogikasi metodlaridan foydalanishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar; Endi shu texnologiyalarga qisqacha to’xtalib o’taylik.
a) Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar. Bu texnologiya o’qituvchi va o’quvchi shaxsi o’rtasidagi munosabatlarni mukammallashtirish, o’quvchi shaxsiga individual yondashish, ta’lim-tarbiya jarayonini demokratlashtirish, ta’lim mazmunini insonparvarlik g’oyalari bilan qamrab olishni nazarda tutadi.
b) O’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar. Bu texnologiya o’tilayotgan fanni (fizikani) o’qitishda o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish imkonini beradi. Bu texnologiyalar guruhni didaktik-o’yin, rivojlantiruvchi muammoli, modulli va kommunikativ ta’lim texnologiyalarini o’z ichiga oladi.
c) Ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarishning samaradorligini oshirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar. Mazkur texnologiyalar berilgan fanni o’qitishda ta’lim jarayonini maqsadga muvofiq tashkil etish va boshqarish orqali samaradorlikni oshirish imkonini beradi. Ularga dasturli o’qitish , differensial ta’lim, ta’limni individuallashtirish, guruhli va jamoaviy hamkorlik ta’lim texnologiyalari kiradi.
d) O’quv materiallarini didaktik jihatdan takomillashtirish va qayta ishlash asosidagi pedagogik texnologiya.
Bu texnologiya o’quv materialini didaktik jihatdan takomillashtirish va qayta ishlash orqali o’quvchilarning bilimlarini o’zlashtirish samaradorligini oshirish, aqliy faoliyatni bosqichma-bosqich shakllantirish orqali mustaqil va erkin fikrlashni rivojlantirishni nazarda tutadi.
e) Xalq pedagogikasi metodlaridan foydalanishga qaratilgan pedagogik texnologiya.
Ushbu texnologiya shaxs kamoloti va tabiiy rivojlanish ta’lim-tarbiya jarayonining uzviyligiga asoslangan tarbiya texnologiyalaridan iborat. Fizika fanini o’qitishda mazkur texnologiyalardan foydalanish o’quvchilarni mustaqil ona Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ular ongida milliy istiqlol g’oyalarini singdirish imkonini beradi.



Yüklə 94,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin