2 optoelektron asboblarni ishlash tamoyillari mavzusini yoritishda axborot texnologiyalari


FIZIKA FANINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH



Yüklə 94,19 Kb.
səhifə9/11
tarix07.01.2024
ölçüsü94,19 Kb.
#210962
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2 optoelektron asboblarni ishlash tamoyillari mavzusini yoritish-fayllar.org

FIZIKA FANINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Keyingi yillarda kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi bilan bog‘liq holda dars mashg‘ulotlarni tashkil etishning yangi shakllari shakllanmoqda. Ulardan, keng foydalanayotgan amaliy ishlardan biri kompyuterda maxsus dasturlar yordamida kuzatilishi qiyin bo‘lgan fizik jarayonlarni elektron darsliklar, animatsiyalar, vertual tajribalar va taqdimotlar vositasida ko‘rgazmali tushuntirishdir. Chunki, ushbu elektron vositalarni ta’lim muassasalarida fanni o‘qitishda fizik jarayonlarni, elektron darsliklar, animatsiyalar, virtual laboratoriya va tajribalarni tinglovchilarga dars davomida ko‘rsatib borilmoqda.
Jumladan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida ham ta’lim jarayonida mavjud barcha fanlarning, ma’ruza laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarida yangi zamonaviy tehnologiyalar va asbob-uskunalar ya’ni, raqamli o‘lchash asboblari, vertual laboratoriyalar, animatsiyalar, elektron darsliklar, hamda ular asosidagi multimediya vositalardan foydalanish keng yo‘lga qo‘yilgan va undan tashqari veb-saytlarning samarali tashkil qilinishi, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishda ham maktabda o‘tkazilayotgan turli xil ilmiy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy anjumanlarning ahamiyati katta bo‘lmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, Akademiyadagi har jabhada qilinayotgan ilmiy va amaliy ishlar zamirida esa yetuk, intelektual mutaxassis kadrlar ta’minlash asosiy maqsadimizdir. Fizika fanini o‘qitishga kompyuter texnologiyalarini qo‘llash va ular asosidagi multimediya vositalardan foydalanish pedagogik va psixologik nuqtai nazardan katta ahamiyatga ega bo‘lib, quyidagi muhim natijalarga olib kelishi ma’lum: O‘quv-tarbiya jarayoni faollashib, dars samaradorligi oshadi;
O‘quv materiallarining turli shaklda uzatilishi tinglovchilarning diqqatini o‘ziga tortadi; Yuqori darajadagi ko‘rgazmalilik, tinglovchida o‘rganilayotgan fanga nisbatan katta qiziqish uyg‘otadi; O‘rganilgan o‘quv materialining uzoq muddatga xotirada saqlanishini ta’minlaydi; Tinglovchilarning mustaqil ta’lim olish imkoniyatlari ko‘payadi va vaqt tanqisligi muammosi kamayadi; Ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalangan holda darslarni tashkillashtirish uchun ma’lum bir shart-sharoitlar va texnik vositalar mavjud bo‘lish kerak. Birinchidan, axborot resurslariga: Shaxsiy kompyuter, proyektor, multimediya vositalar, skaner, videokamera, printer, nusxa ko‘chirish qurilmasi va boshqa anjomlar.
Ikkinchidan, maxsus dasturiy ta’minotlar hisoblanadi. Ta’lim tizimida multimediali elektron o‘quv adabiyotlar, ma’ruzalar virtual laboratoriya ishlari, har hil animatsion dasturlar slaydlar yaratishda kerak bo‘ladigan maxsus dasturlar hisoblanadi. Ta’lim tizimida yuqorida keltirilgan dasturlarda tayyor modellar mavjud bo‘lib bunda foydalanuvchi boshlang‘ich parametrlarni kiritib bir necha turkum ishlarni (laboratoriya, yong‘in xavfsizligi masalalarini tahlil qilishda, taqdimot ma’ruzalarida animatsiyalar) dan keng foydalanishi mumkin. Fizik jarayonlarni modellashtirish imkoniyatini beradigan dasturlariga: MatCad, MatLab, Maple, Crocodile, Physics, Electronics Workbench va boshqa dastur paketlarini misol keltirish mumkin. Axborot texnologiyalarning imkoniyatidan foydalangan holda kompyuter modellarini o‘quv jarayonlarida foydalanish o‘zining samarasini beradi.
Kompyuter modellarini o‘quv jarayonlarida qo‘llash tamoyillari quyidagilar: kompyuter dasturi tajribani o‘tkazish mumkin bo‘lmagan yoki tajriba kuzatib bo‘lmas darajada harakatlangan paytda qo‘llanilishi lozim; kompyuter dasturi o‘rganilayotgan detalni aniqlashda yoki yechilayotgan masalaning illyustratsiyasida yordam beradi; ish natijasida tinglovchi model yordamida hodisalarni tavsiflovchi kattlik-larning ham sifat, miqdor bog‘lanishlarini bilishlari kerak; Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish uchun axborot texnologi-yada fizik bilimlardan keng foydalaniladi. Shuningdek, modellashtirishning o‘ziga xos muhim tomonlari shundaki, turli xil asboblar tayyorlash shart emas, hodisalarni jonli va tabiiy ko‘rinishda tasvirlash, tajribani oz fursat ichida istal-gan paytda takrorlash, kuzatish qiyin bo‘lgan va umuman kuzatilishi mumkin bo‘lmagan jarayonlarni ham namoyish eta olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Kompyuter dasturini qo‘llash orqali o‘tilgan mashg‘ulotlar oddiy mashg‘ulotlardan ko‘ra yaxshiroq samara beradi.
Fizika fanini o‘qitishda kompyuter dasturlaridan foydalangan holda, animatsiyali mashg‘ulotlar olib borish o‘qituvchi va tinglovchiga qulaylik yaratib, fizik jarayonlarning yuz berish mexanizmlari va bosqichlarini tushunib yetishda yaxshi samara beradi. Fizik jarayonlar mexanizmlarini, ularni ma’ruza, amaliy va ayniqsa tajriba mashg‘ulotlarida namoyish etish va bu holatlarni kompyuter texnologiyalariga tayangan holda olib borish o‘qitish jarayonida tinglovchilarga bilim berish va fan asoslariga doir ko‘nikmalar hosil qilish samaradorligini oshiruvchi omillari bo‘lib hisoblanadi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yuqorida keltirilgan dasturlardan ma’ruza jarayonida qo‘llash natijasida qisqa vaqt ichida kerakli axborotni tin-glovchi va o‘quvchilarga ko‘rgazmali o‘tkazish imkoniyati bor. Bu esa o‘quv samaradorligini oshirishning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi.
O’quv jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini qo’llash ta’lim metodlarining samaradorligini oshirishga, o’qituvchilar mehnat faoliyatining o’zgarishiga, ularning pedagogik mahoratlarining takomillashuviga olib keladi. Bu esa o’z navbatida pedagogik jarayonlarni axborotlashtirishni tashkil etish va boshqarishga o’ziga xos vazifalarni qo’yadi: ─ masofaviy o’quv kurslarini va elektron adabiyotlarni yaratuvchi jamoa o’qituvchilar, kompyuter dasturchilar, tegishli mutaxassislarning birgalikda faoliyat olb borishni; ─ o’qituvchilar o’rtasida vazifalarning bir maromda to’g’ri taqsimlanganligini; ─ ta’lim va tarbiya jarayonini yanada mukammal tashkil qilishni takomillashtirish va pedagogik faoliyatning samaradorligini oshirish monitoringini tashkil etish imkoniyatini yaratadi. Ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va bunda o’qituvchilarning ko’nikma va malakalarini oshirish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog’ini tashkil etish to’g’risida”gi 2005 yil 28 sentabrdagi PQ-191 sonli qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora tadbirlari to’g’risida”gi 2002 yil 6 iyundagi 200 sonli ,“O’qituvchi kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi 2006 yil 16 fevraldagi 25 sonli qarorlarining qabul qilinishi mazkur masalada davlat siyosatining ustivor yo’nalishi sifatida e’tibor berilayotganligidan dalolat beradi
Zamonaviy axborot texnologiyalari asosida o’qituvchining pedagogik faoliyatida : ─ ta’limning texnologik asosini zamon talablari darajasida rivojlantirish bilan bog’liq bo’lgan murakkab jarayon yengillashadi. ─ dars jarayonini zamonaviy texnik vositalar asosida tashkil etish uchun maxsus ko’nikma va malakalar shakllantiriladi. ─ masofaviy kurslarning ochiqligi tufayli ularning sifatiga bo’lgan talablar va o’quv materialining sifatini nazorat qilishga ehtiyoj paydo bo’ladi. ─ ta’lim jarayonida o’quvchilarning mustaqil faoliyati takomillashadi, dars jarayoninig samaradorligi o’qituvchidan o’quvchiga ko’chadi. ─ o’quv jarayonini tashkil etishda o’quvchining tashkilotchiligi va shaxsiy ishtiroki ortadi. ─ zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish asosida o’qituvchi pedagogik faoliyatida har bir o’quvchi bilan teskari aloqa vujudga kelishi ta’minlanadi. Hozirgi kunda jamiyatning har bir a’zosi, o’zining kundalik faoliyatida uzluksiz ravishda turli axborot resurslaridan foydalanadi. Doimiy ravishda ortib borayotgan axborotlar hajmi jamiyatdagi intellektual salohiyatning oshishiga xizmat qiladi. Zamon talabi shunday ekan, o’qituvchi ham o’z kasbiy va pedagogik mahoratini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida oshirib borish mumkin.
Zamonaviy axborot texnologiyalari o’z muhitida axborot ob’yektlarini ularning o’zaro aloqasini, axborotlarni yaratish, tarqatish, qayta ishlash, to’plash texnologiyalari va vositalarini, shuningdek axborot jarayonlarining tashkiliy va huquqiy tarkibini mujassamlantiradi. O’qituvchilar ta’lim va tarbiya jarayonida o’quvchilarning imkoniyatlari va talablarini inobatga olish zarur. O’qituvchi tomonidan targ’ib etilayotgan ta’lim va tarbiya jarayoni shaxsga yo’naltirilgan xarakterda bo’lishi, ya’ni shaxsning har-xil xususiyatlari va sifatiga e’tibor qilgan holda tabaqalashtirilgan bo’lishi kerak.
Kompyuter texnologiyalari (kompyuter savodxonligi)dan foydalanishda o’qituvchi uning mazmuniga ko’ra bir qancha vazifalarni bajarishi mumkin. Ular quyidagi asosiy didaktik funksiyalarni bajaradi: ─ multimedia texnologiyalarini qo’llash evaziga o’quvchilarda fanlarga qiziqishni rivojlantiradi. ─ bunda ta’limning interfaolligi tufayli o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlari faollashadi va o’quv materialini o’zlashtirish samaradorligi oshadi. ─ real holatlardan namoyish qilinishi yoki murakkab jarayonlarni modellashtirish va ko’rish imkoniyatini berish bilan muhim ahamiyatga ega. ─ o’quv materialini o’zlashtirish darajasiga ko’ra emas, balki o’quvchilarning mantiqan erishish darajasiga ko’ra ham samarali hisoblanadi. ─ masofadan turib ta’lim olishni faqat o’zlashtiruvchi o’quvchilar uchun yoki internet ta’limi uchun tashkil etilmaydi. Balki sababsiz dars qoldirgan o’quvchilar uchun ham tashkil etish imkoniyatini beradi. ─ o’quvchilarga mustaqil izlashi uchun materiallarni topish hamda muammoli masalalarga jovob berish orqali ma’lum tadqiqot ishlarini bajarish uchun imkoniyat yaratadi. ─ o’quvchilarning yangi mavzuni o’zlashtirishi, misollar yechishi, insho, bayon yozish ishlarida, o’quv materiallari bilan mustaqil tanishish, axborot va ma’lumotlarni tahlil etish kabi masalalarni tez bajarish uchun sharoit yaratadi. Ta’lim tizimini takomillashtirishning bosh xususiyatlaridan biri kompyuter bilan muloqot jarayonida uning doimiy murojaat qilinadigan “qo’llab quvvatlovchi axborot” ini ko’paytirish, kompyuter axborot muhiti va hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan darajadagi axborot bazasining yaratilganligini, giper matn va multimedia o’qitishda immitatsiya, kommunikatsiya tizimlari qabul qilingan.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach Respublika ta’lim sohasida tub o’zgarishlar sodir bo’ldi va bu sohada yangidan-yangi islohotlar olib borilmoqda.Umumiy o’rta ta’lim o’quv fanlari dasturlari, o’quv adabiyotlari butunlay yangidan qayta qarab chiqildi va kerakli o’zgartirishlar kiritildi. Jumladan fizikani o’qitish uslubida ham qator tajribalar to’plandi. Biroq bu sohada hal qilinishi kerak bo’lgan muammolarimiz ham yo’q emas. Buni oliy o’quv yurtlariga kirish imtihonlarini topshirish natijalaridan aniqlash mumkin. Bugungi kun fizika o’qituvchisi oldida turgan dolzarb muammolardan biri ta’limning zamonaviy texnologiyalarini loyihalash va uni o’qitish amaliyotida qo’llashdir. Fizika o’qituvchisi o’quvchilarga fizika fanidan zaruriy bilimlarni beribgina qolmay, ularda fanga nisbatan qiziqish uyg’ota olishlari kerakki, natijada bu sohada yaxshi mutaxassis, yetuk kadrlar yetishib chiqishiga erishilsin. O’qituvchi o’tgan har bir dars boshqa darsdan farq qilishi, bugungi o’tiladigan dars kechagisiga nisbatan mukammal bo’lishi kerak. Darsni yangi pedagogik texnologiyalar : ─ axborot vositalaridan foydalanib; ─ ko’rgazmali qurollari yordamida; ─ interfaol metodlarni qo’llash orqali; va h.k.lardan foydalanib tashkil etsak, bu dars o’quvchi ongiga yaxshi yetib boradi va xotirasidan joy oladi. O’quvchining ilmiy dunyoqarashi kengayib, bilim darajasi ortadi.
An’anaviy ta’limdan farqli zamonaviy ta’limni tashkil etishdan maqsad ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt ichida muayyan nazariy bilimlarni o’quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko’nikma va malakalarni hosil qilish , shuningdek o’quvchilar faoliyati, bilimini nazorat qilish, ularning bilim, ko’nikma va malakalarini baholash fizika fani o’qituvchisidan katta pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga yangicha yondashishni talab etadi. Hozirgi kunda dunyoning ko’plab rivojlangan mamlakatlarida o’quvchilarning ilmiy faoliyatini, ijodkorligini oshiruvchi va shu bilan bir qatorda ta’lim-tarbiya jarayoninig samaradorligini kafolatlovchi yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash borasida katta tajriba to’plangan. Shu tajriba asosini tashkil qiluvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilib, bu metodlarni dars jarayoniga qo’llay bilish bugungi zamon fizika o’qituvchisi zimmasiga yuklatilgan yuksak vazifadir.
Pedagogik texnologiyaning muvaffaqiyatli loyihalanishi va yakuniy natija(samara)ning kafolatlanishi o’qituvchining didaktik masalalar mohiyatini anglab yetish darajasi va darsda ularni to’g’ri baholay olishiga bog’liqdirHar bir o’tiladigan darsda ta’limning aniq maqsadining belgilanishi o’qitish texnologiyasini loyihalashda muhim shartlardan biri sanaladi. Bunda fan mavzulari bo’yicha o’qitishning tashxislanuvchi maqsadi aniqlanadi. Fizika fan sifatida o’tilgan vaqtdan boshlab fanning ma’lumotlar bazasi ko’payib katta hajmni tashkil etmoqda va u yuqori tezlikda yil sayin boyib boryapti. Shu sababdan fizikani o’tish jarayonida faqat zaruriy axborotlarnigina tanlab olish va o’quvchining o’zlashtirish qobiliyatlariga mos holda ma’lumotlar hajmini miqdoriy o’lchamga keltirish zarur.



Yüklə 94,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin