Xalqaro marketing fan sillabusi



Yüklə 62,83 Kb.
səhifə1/9
tarix27.01.2023
ölçüsü62,83 Kb.
#81231
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Xalqaro marketing 2





XALQARO NORDIK UNIVERSITETI








TASDIQLAYMAN”
_______________________
Xalqaro Nordik universiteti rektori
Sh.Mustafakulov

202__-yil __-____________


XALQARO MARKETING
FAN SILLABUSI


Bilim sohalari:

100000
300000
400000
600000










Ta’lim
Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot
Biznes boshqaruv va huquq
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari

Ta’lim sohalari:

110000
310000
410000
610000








Ta’lim
Ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar
Biznes boshqaruv
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari

Ta’lim yo‘nalishlari:

60310100
60410400
60411300
60411200










Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
Moliya va moliyaviy texnologiyalar
Xalqaro biznes
Sanoat menejmenti



Toshkent – 2022
FANNING O‘QUV DASTURI (SYLLABUS)



Akademik
daraja

Bakalavr (kunduzgi)

Ta’lim yo‘nalishi

  • Iqtisodiyod (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

  • Moliya va moliyaviy texnologiyalar

Xalqaro biznes
Sanoat menejmenti

Fan kodi

IntMark M 306

Modul

6-semestr

Fan nomi

Xalqaro marketing

Modulning davomiyligi

16 hafta

Kredit hajmi
(1 kredit = 30 soat)

ECTS: 6

Tayyorladi

Mamadjanov Shuhrat Shavkatovich
Telegram: @shMamadjanov

Ajratilgan soat
hajmi

180

Sana

2022-yil 20-oktabr

72
(aud)

108 (must)

4 (nazorat)

O‘qituvchining qabul vaqti

Chorshanba 14:00-15:00
Payshanba 15:00-16:00



FANNING MAQSADI

Ushbu fan korxonalar tashqi iqtisodiy faoliyatini samarali olib borishlari uchun ularning tashqi bozorga yo‘naltirilgan strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, narx, tovar, sotish, kommunikatsiya bo‘yicha strategik qarorlar qabul qilish yo‘llarini nazariy va amaliy tomonlarini o‘rgatadi. Ushbu fan fundamental fanlardan hisoblanib, boshqa iqtisodiy fanlarni chuqur o‘rganishda asos bo‘lib xizmat qiladi.


Fanni o‘qitishning asosiy maqsadi - talabalarda zamonaviy xalqaro marketingni rivojlanishining ham nazariy, ham amaliy tomonlarini o‘rgatish hamda bozor subʼektlarning tashqi iqtisodiy faoliyatini o‘rganish bo‘yicha tushuncha, bilim va ko‘nikma hosil qilishdan iborat.
Fanning vazifasi – talabalarga xalqaro marketing konsepsiyasini, uning tamoyillari, vazifalarini, bozor subʼektlarining tashqi bozorlarga chiqish usullarini va strategiyalarini, ularning faoliyatiga taʼsir qiluvchi marketing muhitidagi omillarni, xorijiy isteʼmolchining bozordagi harakatini, tashqi iqtisodiy faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish kabi masalalarni, bozor konʼyunkturasini tahlil qilish va xulosalar chiqarishni, davlat tomonidan baho va eksport tovar siyosatiga taʼsirini tahlil qilish asosida xulosalar chiqarishni o‘rgatishdan iborat.


FAN BO‘YICHA TALABANING BILIMI, KO‘NIKMASI VA
MALAKASIGA QO‘YILGAN TALABLAR
Mazkur fanni o‘rganish davomida talaba:

- xalqaro bozorda firma strategiyasini ishlab chiqish usullarini; tahlilning korrelyasion-regression modellarini va mahsulot eksportini prognozlashish usullarini; yangi tovarlarni ishlab chiqish jarayonini va ularni xalqaro bozorga joriy qilinishini; xalqaro bozorni o‘rganish va segmentlashning usul va uslublarini; baho shakllantirishni boshqarish tizimini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlarini; jahon bozorida tovarlarni yetkazib berishi, saqlash va unumli foydalanish usullarini; aniq holatlarda strategik qaror qabul qilishni; zamonaviy axborot texnologiyalarini va internet tarmog‘ida ishlash mexanizmini bilishi;


- xalqaro marketingning nazariy va uslubiy asoslari; eksport tovar siyosatini ishlab chiqishi; xalqaro bozorda bahoni shakllantirish usullari; servis xizmatini tashkil qilish shakllari; xalqaro bozorga chiqishning shakl va usullari; kommunikatsiyaning xalqaro vositalarini qo‘llanishi; investitsiyalarni jalb qilish yo‘llari; boshqarishni takomillashtirish yo‘nalishlari va xalqaro bozorda iqtisodiy samaradorlikni aniqlash usullari bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishi;
- talaba xalqaro marketing tadqiqotlari to‘g‘risida; eksport tovar siyosatini boshqarish to‘g‘risida; yangi tovarlarni ishlab chiqish va ularni xalqaro darajada pozitsiyalash to‘g‘risida; baho, servis va reklama siyosatlarini boshqarish to‘g‘risida; tovarni shakllantirish va o‘tqazuvni rag‘batlantirish to‘g‘risida; tovarlarni xalqaro talablarga moslash to‘g‘risida; chet el investitsiyalari strategiyasini ishlab chiqish to‘g‘risida; bozor sharoitida narxning shakllanishi mexanizmi to‘g‘risida aniq malakalarga ega bo‘lishi kerak.
Fanga ajratilgan soatlar. Fanga ajratilgan umumiy soatlar hajmi 180 soat bo‘lib, auditoriya soati uchun 72 soat, mustaqil ta’lim uchun 108 soatni tashkil etadi. Auditoriyada jami 32 soat fan mavzulari o‘qitiladi va oraliq, yakuniy imtihonlar uchun 2 soatdan 4 soat vaqt ajratilgan.


FAN BO‘YICHA MASHG‘ULOTLAR REJASI




Yüklə 62,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin