LOYIHA ISHINI BAJARISH BO‘YICHA KO‘RSATMALAR Talaba keng qamrovli bilimlarga ega bo‘lishi, nazariy bilimlarni amaliy vazifalar bilan bog‘lay olishi lozim. Ushbu maqsadga erishishda talaba o‘z ustida tinmay ishlashi, nazariy va amaliy bilimlarini doimiy ravishda boyitib borishi uchun mazkur fandan loyiha ishini bajarishi talab etiladi.
Loyiha ishida aniq bir amaliy vazifaning yechilishi va tadqiqot obyekti sifatida muayyan bir bozor obyekti yoki firmalar olinishi mumkin. Loyiha ishi kichik guruhlarga bo‘lingan holda kurs davomida ikki marta topshiriladi. Loyiha ishida bir yoki bir-biri bilan bog‘langan bir nechta masalalarni guruh bo‘lib tayyorlash va himoya qilish talab etiladi. Loyiha ishini bajarish davomida talabalar qo‘yilgan muammoni mustaqil anglay bilish, sababiy bog‘liqlikda mantiqiy xulosalar yasay olish mahoratiga ega bo‘ladilar.
LOYIHA ISHINI BAJARISH QUYIDAGI BOSQICHLARDAN TASHKIL TOPADI: Loyiha ishi mavzusini tanlash.
Mavzuga doir bibliografiya va me’yoriy, qonuniy xujjatlar, yo‘riqnomalarni yig‘ish.
Loyiha ishi rejasini tuzish.
Loyiha ishini belgilangan talablarga mos ravishda rasmiylashtirish.