2. O’qitishning amaliy metodlari


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Yüklə 39,05 Kb.
səhifə5/5
tarix12.09.2022
ölçüsü39,05 Kb.
#63577
1   2   3   4   5
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
  1. Karimov I.A. Barkamol avlod - O’zbekiston taraq-qiyotining poydevori. - Toshkent: SHarq nashriyot-matbaa konserni. 1997.


  2. Karimov I.A. YUksak malakali mutaxassislar — taraqqiyot omili. - Toshkent: O’zbekiston. 1995.


  3. O’zbekiston Respublikasining "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" /Barkamol avlod - O’zbekiston taraq-qiyotining poydevori. - Toshkent: SHarq nashriyot-matbaa konserni. 1997.


  4. Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasi. Ma`ro’za mantlari.


  5. Munavvarov A.Q.”Pedagogika” T. “O’qituvchi”1996 y.


  6. Mavlonova R. va boshqalar “Pedagogika ”T.”O’qituvchi” 2007y.


  7. AbduIIaeva Sh.. D.Axatova. Pedagogik texnologiyalar. Nayoiy, 2003 yil


  8. X.Ibragimov, Sh.Abdullayeva. Pedagogika nazariyasi. Toshkent. 2008


  9. Меретукова В.Р. Инновационные идеи в дидактических трудах И.Я.Лернера. Дисс. … канд.пед.наук (13.00.01). – Москва, 2003


  10. Сайидахмедов Н.С. Система методов обучения учащихся механизированному труду в хлопководстве. Автореф. дисс. канд.пед.наук. – Москва, 1983, - с. 18


  11. www:pedagog.uz.


  12. www:ziyonet.uz.




  13. www:school.edu.uz.
  14. www:inter – pedagogika.ru.


11 Меретукова В.Р. Инновационнўе идеи в дидактических трудах И.Я.Лернера. Дисс. … канд.пед.наук (13.00.01). – Москва, 2003



.O’QITISHNING AMALIY METODLARI 

Mashqlarning bajarilish samarasi quyidagi shartlar hisobga olinganda 


birmuncha yuqori bo’ladi: 
- mashqlarni bajrishga nisbatan ongli yondashish; 
- bajarish qoidasini bilish; 
- vaqt bo’yicha takrorlanishning to’g’ri taqsimlanishi. 
Mashqni bajarishni tashkil etish quyidagi bosqichlardan iborat: 
- o’qituvchining faoliyat maqsadi va mazmunini tushuntirishi; 
- topshiriqni bajarish ketma-ketligini ko’rsatishi; 
Amaliy metodlar 
Mashq
Amaliy ishlar 
Labaratoriya

- o’qituvchi nazorati ostida o’quvchilar tomonidan o’quv harakatining 


dastlabki bajarilishi; 
- zarur ko’nikma va malakalar shakllangunicha o’quv harakatlarning 
ko’p bora takrorlanishi. 
Ayrim holatlarda o’quvchilar ovoz chiqarib o’quv harakatlarini 
takrorlashlari va bajarishlari lozim bo’ladi. Ular izohli mashqlar deb nomlanadi va 
bajariladigan harakatlarning mohiyatini anglagan holda ko’nikma va malakalarni 
egallashga imkon beradi. 
Laboratoriya ishlari o’quvchilarning jihoz, maxsus uskuna, qurol hamda 
turli texnikaviy qoliplardan foydalangan holda tajribalarni o’tkazish metodlari 
bo’lib, ular ko’proq tabiiy fanlar asoslarini o’rganishda qo’llaniladi. Bu metod 
o’quvchilarning asbob-uskunalar bilan ish ko’rish, o’lchash ishlarini amalga 
oshirish va ularning natijalariga ishlov berish kabi ko’nikmalarini tezkor 
shakllantirishga imkon beradi. Laboratoriya ishlarini bajarish maxsus qurilma va 
jihozlar, shuningdek, materiallar hamda vaqtni sarflash, ularni ishga tayyor holatga 
keltirishni talab etadi. Biroq bu harakatlar o’quvchilarning yuqori darajadagi 
faolligi asosida mustaqil ravishda tajriba va o’lchash ishlarini tashkil etish bilan 
takomillashtirilib boriladi. 
Laboratoriyadan amaliy ishlarning farqi shundaki, bu metod 
o’quvchilarning mavjud nazariy bilimlarni amaliy masalalar yechimini topishga 
yo’naltirilgan faoliyatini tashkil etishga xizmat qiladi. U o’quvchilarning 
bilimlarini chuqurlashtirish, bilish faoliyatini nazorat qilish hamda yo’l qo’yilgan 
kamchiliklarni tuzatish borasidagi ko’nikmalarini shakllantirish kabi funksiyalarni 
bajaradi. 
Amaliy mashg’ulotlarda o’quvchilarning bilish faoliyati quyidagi besh 
bosqichda tashkil etiladi: 
1. 
O’qituvchining tushuntirishi, faoliyat mohiyatini nazariy jihatdan 

anglash bosqichi. 


2. 

Ko’rsatma, yo’l– yo’riq berish bosqichi. 


3. 

Sinov bosqichi (bu bosqichda ikki-uch nafar o’quvchi amaliy 


harakatlarni bajaradi, qolgan o’qiuvchilar esa ularning faoliyatini kuzatadi). 
4. 
Faoliyat (harakat)ni bajarish (har bir o’quvchi topshiriqni mustaqil 

ravishda bajaradi, ayni o’rinda topshiriqni bajarishga qiylanalgan o’quvchilarga 


alohida e’tibor qaratilib, ularga yordam ko’rsatiladi). 
5. 
Nazorat bosqichi (bu bosqichda o’quvchilarning ishlari qabul 

qilinadi va baholanadi; ishning sifati, materialning maqsadga muvofiq 


tanlanganligi, vaqt nutqai nazardan tezkorlik, topshiriqni bajarish tizimining 
to’g’riligi va samaradorligi kabi holatlarga alohida e’tibor beriladi).

Zamonaviy ta’lim tizimida o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilgan nazariy 


bilimlar negizida amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirishda didaktik 
o’yinlardan foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 
Didaktik o’yin 
o’rganilayotgan ob’ekt, hodisa va jarayonlarni 
modellashtirish asosida o’quvchining bilishga bo’lgan qiziqishi va faollik 
darajasini rag’batlantiruvchi o’quv faoliyati turi. Ayni vaqtda o’yin ham ijtimoiy 
faoliyat ko’rinishi sanaladi. 
Hozirgi vaqtda o’qituvchilar qo’lida barcha o’quv fanlari bo’yicha didaktik 
o’yinlarning ishlanmalari mavjud, ayniqsa, boshlang’ich ta’lim bo’yicha yaratilgan 
o’quv dasturlarda turli didaktik o’yinlarning ro’yxati yetarli darajada ko’rsatilgan.
Ta’limning globallashuvi ta’limiy va rivojlantiruvchi xarakteriga ega va 
yo’nalishi jihatidan xilma-xil bo’lgan kompyuter o’yinlarining maktab amaliyotiga 
jadal kirib kelishini ta’minlamoqda. Didaktik o’yinlar o’quvchilarga ijtimoiy-
foydali mehnat hamda o’qish ko’nikmalarini faol o’zlashtirishda muhim 
ahamiyatga ega. Didaktik o’yinlarning ahamiyati uning natijasi bilan emas, balki 
jarayonning mazmuni va uning kechishi bilan belgilanadi. O’yinlar bolalarni 
ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishga tayyorlaydi, ularning turli 
psixologik zo’riqishlarini kamaytiradi. Didaktik o’yinlardan foydalanilganda 
o’quvchilarning manfaatdor bo’lishlari ijobiy ahamiyatga ega bo’lgan taqdirdagina 
ularni taqdirlash mumkin. Aksincha, metodik jihatdan puxta asoslanmagan hamda 
shunchaki tashkil etilgan o’yin ijobiy natija bermaydi.
1. Ta'limiy topshiriqlar. Maktablardagi ta'limning hamma bosqichlarida 
o’quvchilarning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirish juda muhimdir. Lekin kichik 
yoshligidan boshlab ularning ijodiy fikrlashini shakllantirish alohida ahamiyatga 
ega. Chunki boshlang’ich sinflarda, xususan, ta'limning birinchi yili bolalarda 
o’qish qobiliyatlari shakllana boshlaydi.
O’quvchining ijodiy fikrlashi yangilik kashf etishida, ko’rilayotgan 
narsani yaratishning boshqacha usulini topishda, o’quv. materialidan o’zgacha 
bog’lanishlarni ochib berishi va xokazolarda aks etadi. O’quvchilarning namunaga 
tayanmay qandaydir yangi narsani yaratish qobiliyati ijodkorlikni talab qiladigan 
faoliyatda rivojlanadi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda ijodiy fikrlashni 
rivojlantirishda ta'limiy topshiriqlar muhim rol o’ynaydi. Bunday topshiriqlar 
fikrlash faodiyatining maqsadi sifatida xizmat qiladi va uning xarakterini 
belgilaydi. Topshiriqlarning har xil turlari kichik maktab yoshidagi o’quvchilar 
fikrlashining rivojlanishiga turlicha ta'sir ko’rsatadi.
O’quv faoliyatida reproduktiv topshiriqlarning ko’p qo’llanishi bolada 
ilgari o’zlashtirgan bilimlarini va ish usullarini qayta tiklashga intilishni, namunaga 
qarab ishlash odatini vujudga keltiradi va bu odat fikrlash jarayonining reproduktiv 
asosiga aylanadi. Lekin ijodiy fikrlash ishning andazasiz usullarini amalga 

oshirishni, yangi maqsadlar qo’ya olishni, nazorat qila bilish va baholashni, 


rejalashtirishni, tahlil, taqqoslash va umumlashtirishning o’ziga xos usullarini, 
baholash mezonlarini shakllantirishni talab qiladi.
O’quvchilarda mazkur fikrlash jarayonlarini tarkib toptirish uchun darsda 
produktiv topshiriqlarni qo’llash, ularning bevosita ijodiy fikrlashi maqsadlar 
qo’yishga, rejalashtirishga, umumlashtirishga, shuningdek, nazorat qilishga va 
baholash kabi jarayonlarni rivojlantirishga qaratilishi kerak. Maqsadlar qilish 
jarayoni matn, rasm mazmuniga savollar tuzish, javob qaytarayotgan o’quvchiga 
qo’shimcha savol berish, masalaning shartlariga turli savollar qo’yish va 
hokazolarda amalga oshadi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida ishni rejalashtirish ko’nikmasini 
rivojlantirish uchun ular bilan o’zlarining kelgusidagi darslarda har qanday 
topshiriqlarni bajarishdagi xarakterlarini qanday tasavvur etishlarini doimiy 
ravishda muhokama qilib borish zarur. Shuningdek, darslarda hikoyaning rejasini 
tuzish, bayon yozish, masalalar yechish kabi topshiriqlardan keng foydalanish 
kerak. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda ijodiy fikrlashni shakllantirish 
zarurligi o’qituvchining oldiga o’quv jarayonida o’quvchilarda tahlil qilish, 
taqqoslash va umumlashtirish ko’nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan 
topshiriqlardan ham keng foydalanish vazifasini qo’yadi.
Ana shu jihatdan matematika darslarida, xususan, masalalar yechishda 
katta imkoniyatlar mavjud bo’ladi. Fikrlash faoliyatining nazorat baholash 
mexanizmini shakllantirish har bir darsda o’quvchilarni faqat faoliyatning 
natijasini emas, balki ana shu faoliyat jarayonida tegishlicha baholashni ham 
amalga oshirishga undaydigan topshiriqlardan foydalanishni talab qiladi.
Dars strukturasiga produktiv topshiriqlarni kiritish kichik maktab 
yoshidagi o’quvchilarda yangi maqsadlar qo’yish, rejalashtirish, andazasiz tahlil 
qilish, taqqoslash, nazorat qilish va baqolash kabi fikrlash jarayonlarini 
shakllantirishning asosiy shartlaridan biridirki, bu jarayonlar ijodiy fikrlashning 
rivojlanishida katta rol o’ynaydi.

2.1.NAZARIY BILIMLARDAN FOYDALANILADIGAN 


MASHQLAR 
Maktab amaliyotida mashqlar o’tkazish uchun o’quvchilarning nazariy 
bilimlariga murojaat qilishning ba'zi yo’llari belgilangan. Bu ishning eng keng 
tarqalgan, lekin eng kam samarali usuli dars rejasida ko’zda tutilgan mashqlarni 
bajarishda tayaniladigan ma'lum tushunchalar va qoidalarni og’zaki qayta 
tiklashdir. Mashqlarni bajarishdan oldin nazariy materialni takrorlashning 
samaraliroq usuli mazkur materialni qo’llash bo’yicha amaliy topshiriqlarni 
qo’yishdir. Bunday topshirmalarga tanlanma diktant o’tkazishda ma'lum so’zlar 
yozishni, nutqning ma'lum bo’laklarini qisqa vaqt ichida tahlil qilishni, nutqning 
ahamiyatli qismlarini ajratishni, didaktik tarqatma material bilan ishlashda ma'lum 
orfomalarni qayd qilishni, masalalar yechishda asos bo’ladigan matematik ifodalar 
bilan ishlash va hokazolarni kiritish mumkin.
Mashqlar o’tkazishda nazariy materialga murojaat qilishning navbatdagi 
usuli o’quvchining keyingi amaliy ishni bajarishdan oldin uning yo’llarini 
asoslashidir. Amaliy ishlarni bajarish vaqtida nazariy asoslash pedagogik jiahtdan 
o’zini oqlagan. Bu usulni ikki variantda bajarish mumkin. Bular navbatdagi ishni 
keng tushuntirish va sharhlashdan iboratdir. O’quvchilar bilan ularning 
tayyorgarligidagi ayrim kamchiliklarini to’ldirish bo’iicha ishlashda navbatdagi 
ishlarni keng tushuntirish o’zini ancha oqlagan. Bunda avval o’quvchidan keng 
mushohada yuritishni talab qilish lozim va talabni bajarish esa hisoblash usulini 
chuqurroq anglashni ta'minlaydi.
Mushohada jarayoni asta-sekin kengaya boradi va harakatlar ma'lum 
tartibda ketma-ket amalga oshadi. Hisoblash usulini asoslovchi qoidaning 
yo’naltiruvchi roli yo’qoladi va u faqat qiyinchilik tug’ilganida eslanadi. 
MASHQ – O’QUVCHILARDA MALAKALARNI SHAKLLANTIRISH 
FAOLIYATINING ASOSIY TURI 
O’quvchilar malakalarining saviyasi ana shu ishning qanday tashkil 
etilishiga bog’liq. Mashqlarni tasniflashning bir necha tizimlari mavjud bo’lib, 
uning hamma turlarini malakalar hosil bo’lishi jarayonidagi o’rniga qarab uch 
guruhga: tayyorgarlik, o’quv va o’rganish mashqlariga bo’lish mumkin.

Pedagogikada o'qitishning amaliy usullari va usullari Tarkib: Mashq qilish usuli Laboratoriya usuli Amaliy ish uslubi o'yin usuli O`quv jarayonida voqelikni to`g`ri yo`lga qo`yish, ko`nikma va malakalarni kuzatish, mavjud bilimlarni chuqurlashtirish turli amaliy usullardan foydalaniladi. Ta'rif 1 Pedagogikada o'qitish usuli - o'qituvchi va o'quvchining aniq ta'lim maqsadiga erishishga maqsadli faoliyat. Amaliy usullarga kelsak, ular texnikalarni o'z ichiga oladi: vazifalarni rejalashtirishni tashkil etish; muammoning aniqi; operativ rag' davolash va rag' xizmati; nazorat qilish va tartibga solish; natijani oldingi (sinov); xatolarni tahlil qilish, ularni tahlil qilish va aniqlash. An'anaviy og'zaki va vizual usullar bilan bir qatorda amaliy o'rnatish usullari va usullardan keng tarqalgan. Ularning barcha xilma-xilligidan usullarini belgilash ko'rsatish mumkin, ular asosiylari: Mashqlar. Laboratoriya ishlari. Amaliyish. O'quv o'yinlari. Keling, foydalanishning barchasini tahlil qilaylik. Mashq qilish usuli Ta'rif 2 Mashq - bu ma'lum bir maqsadni - ma'lum bir malakani oshirish yoki uning sifatini yaxshilashni ko'zlagan tsiklik harakatdir. Talabalar xavfsizligini tejashlari va kerakli malakalarni saqlashlari uchun xatolarsiz tiklanish kerak. Jismoniy mashqlar barcha o'quv fanlari uchun juda samarali va o'quv jarayonining bosqichma-bosqich usulini qo'llash mumkin. Mashqlar to'plamini metodologiyasi va hujjat tabiati qaysi mavzu o'rganilayotganiga, qanchani o'rganish kerakligiga material, bolalarning yoshga bog'liq yordamiga bog'liq bo'ladi. Mashqlar madaniyatini rivojlantirish, bolalarda muntazam va kundalik fikrlash va nutqlarini kuzatish uchun juda foydali. Ularni uchta asosiy turga bo'lish mumkin Og'zaki - juda xilma-xilda farqlanadi. Ularning yordami bilan siz o'qish madaniyati va texnikasini o'zlashtirishingiz, og'zaki yuklarni o'rganishingiz, ishlarni aytishni, ma'lumotni taqdim etishni va narsalarni o'rganishingiz mumkin. Ona va chetlarini o'rganishda ayniqsa til. Vaqt o'tishi bilan murakkabligi maktab o'quvchilarining darajasiga mos kelishi kerak. Yozma - birinchi navbatda, ularga stilistika, grammatika va imlo, konspekt, insho muammolari, masalalarni yechish, tajriba yozma tavsiflash va boshqa bo'yicha ishlab chiqarishni rivojlantiruvchi diktantlar kiradi. Ularni tashkil qiladi va ko'nikma va ko' trening asosni rivojlantirish, rivojlanish va zarur uchun mo'ljallangan. Grafika - ilmiy-amaliy ish yoki ekskursiya jarayonida bajariladigan chizmalar, turli xil dizaynlar, grafiklar, ishlab chiqarishlar, va plakatlar, eskizlar va boshqalar. Qoida qog'oz, ular yozmaiq topshiriqlar bilan chambchas bog'liq va ularga aynan bir xil o'quv muammolarini hal qilishda yordam beradi. Chizish va o'quv materialini yordam beradi, yordam beradi, tahlil qilish va fazoviy tasavvurni rivojlantiradi. Ishlab chiqarish va mehnat ta'limi asosida ba'zan umumiy tasnifga kiritilmaydi. Ular talabalarga nazariy bilimlarni real ishda to'g'ri qo'llash yo'llarini ko'rsatishni maqsad qilgan. Ular o`quvchilarning mehnat tarbiyasi uchun juda qo`l keladi. Ularning yordami bilan bilim boshqa usullarga ko'ra ancha yaxshi va tez o'z ishlab isbotlangan, agar o'qituvchi faoliyatini kuzatishi, sharhlashi va uning davriy takrorlanishini tashkil qilish sharti bilan. Umuman olganda, barcha amaliy o'quv qo'llanmalari ushbu usulning yuqori darajasi. O'qituvchidan yordam kerakmi? Vazifani tasvirlab bering - va bizning mutaxassislarimizga yordam beradi! Vazifani tavsiflang Laboratoriya usuli Ta'rif 3 Kimgaamaliy usullar ham o'z ichiga oladi laboratoriya ishlari , o'qituvchi nazorati ostida talabalar shaxsiy tajribalar nuqtai nazaridan tutadi. Bunda maxsus jihozlar, jihozlar va boshqa qo'shimchalar, ya'ni maxsus texnik jihozlar jalb qilish. Laboratoriya ishi illyustrativ va izlanish belgilariga ega bo'lishi mumkin. Usulning o'zi talabaning bilim olish bo'yicha mustaqil ishiga asoslanadi, lekin barcha bosqichlarda o'qituvchining nazorati juda muhim. Laboratoriya ishlarining eng faol usuli biologiya, fizika, kimyo fanlarini o'rganishda qo'llaniladi. Bu holda talabalarning ishi ham individual, ham guruh bo'lishi mumkin. Muammoli usul tajriba oldidan gipoteza oldin surilganda samarali bo'ladi, o'quvchilar uni boshqarish yoki rad etish harakat qiladilar. Kerakli materiallar va jihozlarni ham o'quvchilarning o'zlari tanlaydi. Amaliy ish uslubi Ta'rif 4 Amaliy usul umuman laboratoriya ishi bilan umumiyga ega. Asosiy farq, yangilarni egallash kerak emas, balki mavjudlarini qo'llash, ya'ni bilimlarni amaliyotda qo'llashni rivojlantirishga yordam beradi. Amaliy usul yordamida mavjud ko'nikma bilimlarni darajada chuqurlashtirish, boshqarishni sifatini mukammallashtirish, tuzatishni va aniqlashni o'rganish va tekshirish ishini nazorat qilish, mustahkamlash, bilimga sholum tiyoli. Ta'rif 5 Amaliy ta'lim usuli - bu harakat ketma-ketligini belgilash ko'rish mumkin bo'lgan jarayon: talabalarni muammoning nazariy qismi bilan tanishtirish; keyingi brifing; o'qituvchi misolida ishning tasviri; aslida, topshiriq orqali; ish faoliatini monitoring qilish, olib tashlash. Amaliy narsalarni katta mavzuli bo'lishi kerak. U milliy sinfda, balki undan tashqarida, masalan, maktab saytida ham amalga oshirish mumkin. Ta'rif 6 Amaliy metodlar juda samarali usullar bo'lib, ular yordamida o'quvchilarni topshiriqni vijdonan saqlashga o'rgatish, ularda tejamkorlik, mehnatsevarlik, aniqlik, tejamkorlikni rivojlantirish mumkin. Bolalar ish jarayonini puxta tashkil etish, ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish, mahsulotlarni va sifatni nazorat qilish va tuzatishni o'rganadi. o'yin usuli Kognitiv o'yinlarni alohida ta'kidlash kerak. Ularning yordami bilan siz atrofdagi haqiqatni taqlid qilishingiz mumkin. Talabalarga bu vaziyatdan chiqish yo'lini topish qo'yiladi, bu esa kognitiv narsalarni yaxshilash uchun juda foydali. O'yinda ishtirok etish orqali bolalar diqqatni jamlashni, mustaqil fikrlashni o'rganadilar, ularda yangi narsalarni o'rganish istagi paydo bo'ladi. Agar o'yin to'g'ri tashkil etilgan bo'lsa, o'quvchilar unga berilib ketishadi va ular hozirgi vaqtda o'rganayotganliklarini sezmay qolishadi, bu jismoniy bilimlarni to'ldirish, balki tasavvurni rivojlantirish uchun ham foydalidir. tez o'quv jarayoniga qo'shilishni istamaydiganlar ham o'yinda zavq bilan ishtirok etadilar: ular sinfdoshlarini tushkunlikka tushirish massilika intiladi va katta kuch sarflaydi. O'yin, va hissiyotlar, his-tuyg'ularini hissiyotlar sohasiga ta'sir ko'rsatish, ishtirokchilarda o'zgacha kayfiyat va mehnatga munosabatni rivojlantirish. Bundan tashqari, u takrorlashni qiziqarli va xilma-xil qiladi. Hozirgi vaqtda o'ziga xos xususiyatlarni namoyon etishda mashhur simulyatsiya o'yinlari juda ko'p nazorat qilinadi. O'yin avlod kabi boshqaruvi ham usulining usuli, ya'ni. Maktab o'quvchilari xayoliy vaziyatdan chiqish yo'lini topish uchun o'z ma'lumotlarini faollashtirganda va bir mavzu bo'yicha dialog, teatrlashtirilgan tomosha va boshqalar sifatida namoyon bo'ladigan dramatizatsiya. Ko'pgina o'qituvchilarning noan'anaviy ta'lim usullari deb bilishadi, ammo bugungi kunda ular allaqachon o'quv jarayonining to'liq huquqli qismiga aylangan va ulardan foydalanishga olib chiqilmoqda.

Подробнее: https://zaochnik-com.translate.goog/spravochnik/pedagogika/teorija-obuchenija/prakticheskie-metody-i-priemy-obuchenija/?_x_tr_sl=ru&_x_tr_tl=uz&_x_tr_hl=uz&_x_tr_pto=sc
Yüklə 39,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin