L.A.Karpenko
maqsadga
ko„ra muloqotning sakkiz xil vazifasini belgilaydi: aloqaviy – xabarlarni qabul
qilish va etkazish, hamda o„zaro aloqada bo„lishga ikkala tomonning shayligi
holati sifatida aloqa o„rnatish; axborotli – xabarlar, fikrlar, maqsadlar, echimlar va
boshqalar almashinuvi; chorlovchi – muloqot bo„yicha sherikni u yoki bu
harakatlarni bajarishga yo„naltiruvchi faolligini rag„batlantirish; boshqaruvchi –
hamkorlik faoliyatini tashkil etishda haraktlarni o„zaro yo„naltirish va
muvofiqlashtirish; anglash
vazifasi–etkazilgan
ma‟lumotning
mohiyatini
mutanosib holda idrok qilish va tushunishgina emas, balki, sheriklarning ham
o„zaro bir-birlarini tushunishlari (istaklari, mayllari, kechinmalari, holatlari va
h.k.larni); amotiv –sherikda zarur hissiyotli kechinmalarni uyg„otish («hislar
almashinuvi»), shuningdek, uning yordamida shaxsiy kechinma va holatlarni
o„zgartirish; munosabatlarni
o‘rnatish – individ
mavjudligi
kutilayotgan
jamiyatdagi rolli, darajali, ish bo„yicha, shaxslararo va boshqa aloqalari tizimlarida
o„z o„rnini anglash va qayd etish; ta’sir o‘tkazish – sherikning holati, hulq-atvori,
shaxsiy-mazmunli hosilalari, shuningdek, istaklari, mayllari, fikrlari, echimlari,
tasavvurlari, ehtiyojlari, harakatlari, faolligi va boshqalarni o„zgartirish.
B.F.Lomov
muloqotning quyidagi vazifalarini taklif etadi: axborotni qabul qilish-
etkazish jarayonlarini o„z ichiga olgan axborot-kommunikativ; hamkorlik
faoliyatini
amalga
oshirishda
harakatlarni
o„zaro
tuzatish
bilan
bog„liq boshqaruvchi-kommunikativ, inson hissiyotlari sohasiga tegishli bo„lgan
va o„z emotsional holatini o„zgartirishdagi ehtiyojlarga javob beruvchi affektiv-
kommunikativ vazifalardir.
Dostları ilə paylaş: |