Metrologiya institutiga quyidagi vazifalar yuklatilgan:
metrologiya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, biriktirilgan hududlarda va o‘lchash turlari bo‘yicha o‘lchashlar birliligi va ishonchliligini ta’minlash;
yuqori aniqlikdagi chiquvchi va namunaviy o‘lchash vositalarini saqlash va tegishli darajada saqlab turish;
davlat metrologiya xizmatini rivojlantirish;
mavjud yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalari va usullarini takomillashtirish, yangilarini yaratish, o‘lchash, nazorat
va sinash vositalarini standartlashtirish;
o‘lchash vositalari turini tasdiqlash maqsadida davlat sinovlari bo‘yicha ishlarni tashkil qilish;
o‘lchash vositalarini metrologik attestatlash, qiyoslash va kalibrlash ishlarini tashkil qilish.
Ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazining qiyoslash laboratoriyalari yuqori aniqlikdagi qiyoslash asbob-uskunalari hamda namunaviy o‘lchash vositalariga ega.
Bugungi kunda Metrologiya instituti tarkibida o‘lchash vositalari ustidan davlat metrologik nazorati bo‘yicha 7 laboratoriya faoliyat yuritadi.
«O’zbekiston milliy metrologiya instituti» davlat korxonasining ustavi.
«O’zbekiston milliy metrologiya instituti» davlat korxonasi hududiy filiallari nizomi.
Litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishga vakolatli hamda xabarnomalarni qabul qiladigan organlarning hududlar kesimida masʼul xodimlari, shu jumladan ushbu toifadagi hujjatlarni berishni tashkillashtiradigan tegishli komissiya aʼzolari (familiyasi, ismi va otasining ismi, egallab turgan lavozimi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Agentlik va tizim tashkilotlari faoliyatiga oid hisoboti (davlat sirlari va xizmatda foydalanish uchun moʻljallangan maʼlumotlar bundan mustasno).
Agentlik va tizim tashkilotlari tasdiqlangan yarim yillik va (yoki) yillik ish rejalari (davlat sirlari va xizmatda foydalanish uchun moʻljallangan maʼlumotlar bundan mustasno).
Institut tarixidan
“METROLOGIYA TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH XAQIDA Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 12-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2020-yil 28-fevralda ma’qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Metrologiya to‘g‘risida”gi 1004-XII-sonliQonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 2, 48-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 12, 343-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2-modda. O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.