2. «O‘zstandart» agentligi«O’zbekiston milliy metrologiya instituti» davlat korxonasi


§ Akkreditatsiya doirasi kengaytirilganligi (kalibrlash, qiyoslash)



Yüklə 75,78 Kb.
səhifə2/17
tarix18.09.2023
ölçüsü75,78 Kb.
#145073
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17

§ Akkreditatsiya doirasi kengaytirilganligi (kalibrlash, qiyoslash);
§ Moddiy texnika bazasini yangillanganligi va qayta jihozlanganligi;
§ Laboratoriyalararo solishtirishlar amalga oshirilganligi;
§ Ommaviy axborot vositalari, rasmiy sayt va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalar, TV va radioda faoliyatni muntazam yoritib borilayotgani;
§ Texnik oʻqishlar oʻz vaqtida va sifatli tashkil etilganligi;
§ Tadbirkorlik subyektlariga qoʻshimcha qulayliklar yaratilganligi;
§ Logistika tizimini yoʻlga qoʻyilganligi va boshqalar.
2021-2022 yillarda hududlarda umumiy qiymati 13 747,9 ming AQSH dollori miqdorida boʻlgan “Kalibrlash laboratoriyalarini tashkil qilish” loyihasi boʻyicha 13 ta filialda 26 ta laboratoriya tashkil etilishi koʻzda tutilgan. Bu laboratoriyalar uchun 3 192 ta uskuna xarid qilinib, 37 nafar malakali xodimlar tayyorlananadi va kimyo, termometriya, uzunlik, massa termometriya, fotometriya va radiometriya, elektriya va magnetizm yoʻnalishlarida metrologik faoliyat olib boradi.
Kalibrlash laboratoriyalari oʻlchash natijalarining metrologik kuzatuluvchanligi haqida soʻz borganda milliy etalonlar bazasini rivojlantirish haqida toʻxtalib oʻtish lozim.
2018-2019-yillarda olib borilgan ishlar natijasida 2017-yilda Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti tashkil etilib, davlat byudjetidan ilk bor 2018-2022 yillarga moʻljallangan Dasturga asosan 21 dona etalonlarni xarid qilish uchun 5,8 mln.dollar ajratildi.
2019- 2022-yilga qadar qoʻshimcha 6 mln. dollar mablagʻga 21 ta etalon xarid qilish va ularni sonini 33 donaga yetkazish rejalashtirilgan.
2019-yilda keltirilgan umumiy qiymati 660 ming dollar boʻlgan 5 dona etalonlar (uzunlik, massa, vaqt va chastota, elektr xajm, fizik-kimyoviy, elektr kuchlanishi, optik zichlik (yorugʻlikni oʻtkaziuchanligi spektral koeffitsenti), sarf va hajm, elektr induktivlik, ionli nurlanishlar, harorat, absalyut va ortiqcha bosim, kuch oʻlchash birliklari etalonlari) ishga tushirilib ular soni 17 donaga yetkazildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3663-son qaroriga asosan hamda respublikada olib borilayotgan oʻlchashlar natijalarini xalqaro darajada tan olinishiga erishish maqsadida xalqaro oʻlchovlar va tarozilar Byurosiga (BIPM) 2018-yilda aʼzo boʻldi. Bu aʼzolik doirasida shu yilning oʻzida BIPMning kalibrlash va oʻlchash sertifikatlarini oʻzaro tan olish toʻgʻrisidagi kelishuvni (CIPM MRA) imzolandi.
Kelishuvga binoan 102 ta aʼzo mamlakatlarning milliy metrologiya institutlarining kalibrlash va oʻlchash natijalarini oʻzaro tan olinishi taʼminlanadi.
Ushbu kelishuvni amalga oshirish maqsadida, BIPMning bazasida Oʻzbekiston Respublikasi kalibrlash va oʻlchash imkoniyatlari toʻgʻrisidagi yozuvlarni (SMS qatori) kiritish yuzasidan quyidagi ishlar olib borilmoqda:
Hozirda institut tomonidan KOOMET loyihalari doirasida 12 ta solishtirish, yaʼni 2 ta qoʻshimcha (hajm va fotometrik oʻlchash turi boʻyicha) va 10 ta pilot (elektr,radio, suyuqlik zichligi, kinematik qovushqoqlik, harorat (2), fotometriya, massa (2) va signal chastotasi oʻlchashlari) ishlarini olib borilmoqda.
Kalibrlash xizmati doirasini kengaytirish boʻyicha 516 ta laboratoriyalarda oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, mashinasozlik, metallurgiya va qurilish, kimyo, ekologiya va tibbiyot, elektrotexnika jabhalarida jami 245 oʻlchash vositasi guruhlaridan 55 tasi 22% kalibrlash joriy etilgan.
Laboratoriyalardagi oʻlchash vositalarini kalibrlashni qamrovini 22 foizdan 77 foizga yetkazish maqsadida 1- va 2-bosqichlarda 31 nafar xodimni tayyorlash, 165 ta kalibrlash usullarni joriy etish, 70 dona ishchi etalonlarni xorijiy metrologiya institutlarida kalibrlashdan oʻtkazish hamda jami 134 ta turdagi oʻlchash vositalari boʻyicha akkreditatsiya doirasini kengaytirish boʻyicha reja-jadval ishlab chiqilib tasdiqlandi.


Yüklə 75,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin