2. Qishloq xo‘jaiigi tarmog‘ining o‘ziga xos xususiyatlari. Fanning predmeti, maqsadi va tadqiqot usullari. Qishloq xo‘jaligining mamlakatimiz iqtisodiyotidagi o‘rni va ahamiyati
Mavzu: Qishloq xo‘jaligining mamlakat iqtisodiyotida tutgan o‘rni, ahamiyatі va roli. Reja: 1. Qishloq xo‘jaligining mamlakatimiz iqtisodiyotidagi o‘rni va ahamiyati. 2. Qishloq xo‘jaiigi tarmog‘ining o‘ziga xos xususiyatlari. 3. Fanning predmeti, maqsadi va tadqiqot usullari. Qishloq xo‘jaligining mamlakatimiz iqtisodiyotidagi o‘rni va ahamiyati. Mamlakatimiz iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi tarmog‘i muhim ahamiyatga ega. Chunki respublikamiz aholisining 48,4 foizi qishloq joylarda istiqomat qiladi va ulaming turmush farovonligi mazkur tarmoq rivoji bilan uzviy bog‘liqdir. Bundan tashqari mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti tarkibida ham qishloq xo‘jaligi tarmog‘i sezilarli salmoqqa ega.
Qishloq xo‘jaligi tarmog‘i mamlakatimiz agrosanoat majmuasining muhim bo‘g‘ini bo‘lib, uning quyidagi ahamiyati mavjud:
Birinchidan, u aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlaydi. Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashda mazkur tarmoqning o‘ini beqiyosdir, chunki aholi iste'mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlari asosan qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida yetishtiriladi.
Ikkinchidan, qishloq xo‘jaligi yengil va oziq-ovqat sanoati uchun xom ashyoning asosiy qismini yetkazib beradi. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining rivojlanish darajasi sanoat ushbu sohalarining ishlab chiqarish miqdori va samaradorligiga bevosita ta'sir ko‘rsatadi. Mutaxassislaming hisob-kitoblariga ko‘ra, to‘qimachilik sanoatida barcha moddiy xarajatlaming 40 foizini qishloq xo‘jalik xomashyosi tashkil qilsa, ushbu ko‘rsatkich qand ishlab chiqarish sanoatida 70 foizni, sut va yog‘ mahsulotlari ishlab chiqarishda esa 80 foizga yaqinni tashkil qiladi.
Uchinchidan, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi mamlakat og‘ir sanoatining rivojlanish sur'atiga va darajasiga samarali ta'sir ko‘rsatadi. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘i yirik miqdorda ishlab chiqarish vositalarini iste'mol qilgani holda, qishloq xo‘jalik texnikalari va melioratsiya mashinalari ishlab chiqaruvchilar hamda qishloq xo‘jalik mashinasozligi, kimyo sanoati, ayniqsa mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishga faol ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi vaqtda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishga ketadigan moddiy xarajatlaming asosiy qismini sanoat tarmog‘i yetkazib beradigan ishlab chiqarish vositalari tashkil qiladi (YMM, ehtiyot qismlar, mineral o‘g‘it, omuxta yem va boshqalar).