2. Qishloq xo‘jaiigi tarmog‘ining o‘ziga xos xususiyatlari. Fanning predmeti, maqsadi va tadqiqot usullari. Qishloq xo‘jaligining mamlakatimiz iqtisodiyotidagi o‘rni va ahamiyati



Yüklə 27,29 Kb.
səhifə2/4
tarix13.12.2022
ölçüsü27,29 Kb.
#74481
1   2   3   4
mustaqil ish tarmoq iqtisodiyoti.

To‘rtinchidan, qishloq xo‘jaligi tarmog‘i mehnat resurslarini ish bilan ta’minlashda ham katta ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz aholisining 50 foizga yaqini qishloq joylarda istiqomat qiladi. Aholini ish bilan ta'minlash, ularning turmush farovonligini oshirish ko‘p jihatdan mazkur tarmoqda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlaming natijalariga bevosita bog‘liqdir. Bu tarmoqda 2000-yilda 3,7 mln. kishi band bo‘lgan bo‘lib, u iqtisodiy faol aholining 38 foizini tashkil etgan. Keyingi yillarda qishloq xo‘jaligida band bo‘lganlaming jami mehnat resurslaridagi salmog‘i pasaygan bo‘lsada, ushbu tarmoq qishloq aholisini ish bilan ta’minlash va ulaming turmush farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Beshinchidan, qishloq xo‘jaligining mamlakat iqtisodiyotidagi roli yana shu bilan aniqlanadiki, u mamlakatning iqtisodiy salohiyatini belgilab bemvchi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarda ham sezilarli salmoqqa ega. Bu tarmoqda mamlakat yalpi ichki mahsulotining salmoqli qismi yaratiladi. 2010- yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining 17,5 foizi qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida yaratilgan. Kelajakda boshqa tarmoqlar izchil rivojlanishi natijasida qishloq xo‘jaligining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi kamayishi mumkin. Lekin mamlakatimiz iqtisodiyotida mazkur tarmoqning o‘rni va ahamiyati sezilarli darajada qolaveradi.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlari va ulami qayta ishlash hisobiga olingan mahsulotlar mamlakatimiz jami eksporti tarkibida sezilarli salmoqni egallaydi. Masalan, 2009-yilda mamlakatimiz eksportining 8,6 foizi faqatgina paxta tolasi hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida bozor iqtisodiyoti talablariga mos iqtisodiy munosabatlami shakllantiradigan, huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy hamda ijtimoiy islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilishini ta'minlash imkoniyatini beradigan tadbirlar ishlab chiqilib, izchil amalga oshirilmoqda. Bunda sohaga oid turli dasturlarning qabul qilinib, hayotga tatbiq etilishi ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Natijada qishloq xo‘jaligining yuqori sur’atlarda rivojlanishini ta'minlash va shu orqali respublika iqtisodiyotini yuksaltirishga erishilmoqda.

Yüklə 27,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin