2. Qiyshiq burchakli yordamchi proyeksiyalash



Yüklə 136,5 Kb.
səhifə3/4
tarix30.05.2022
ölçüsü136,5 Kb.
#60028
1   2   3   4
Modelning berilgan uchala proyeksiyasini qurish , qiyshiq burchakli frontal dimetrik proyeksiyasini bajarish

a) b)
rasm

Uchburchaklar bu tekislikka o’zaro kesishuvchi ikki kesma ko’rinishda proyeksiyalanadi va ular orasidagi burchak ikkiyoqli burchakning chiziqli burchagi bo’ladi.


Bu masalani yechish uchun asosiy chizmadan o’ng tomondagi bo’sh joyda diagramma yasaymiz (5.4-rasm). Ixtiyoriy 1112 nuqtadan A1B1 ga perpendikulyar qilib 12(1121;1222) gorizontalni olamiz (A1B11121). 22 nuqtadan A2B2 ga parallel l2 yo’nalashni o’tkazamiz (l 1A1B1; l 2A2B2), so’ngra 1112 nuqtani markaz qilib R=1121 radius bilan yoy chizamiz va uning l 2 bilan kesishish nuqtasini 2'2 bilan belgilaymiz. Hosil bo’lgan 2'2 nuqtani 12 bilan birlashtirib, 2'2 nuqtadan 122'2 ga perpendikulyar o’tkazamiz va bu chiziq elituvchi bo’ladi.
Elituvchi chiziq bilan l 1 ning kesishish nuqtasi 3 ni aniqlab, o’ni 1112 bilan tutashtirsak, u moslik o’qi NT ni hosil qiladi. Moslik o’qi N ni unga parallel qilib, chizmaga yaqin va qulay joyga ko’chiramiz va A1B1 yo’nalishda ABC va ABD larning gorizontal proyeksiyasini unga proyeksiyalab 1, 2 va 3 nuqtalarni aniqlaymiz. Hosil bo’lgan 1, 2 va 3 nuqtalardan elituvchiga parallel to’g’ri chiziqlar o’tkazib ularning A2B2 yo’nalishda proyeksiyalangan to’g’ri chiziqlar bilan mos ravishda kesishgan nuqtalarni belgilaymiz va ularni birlashtiramiz. Hosil bo’lgan  burchak izlangan burchak bo’ladi.

rasm


2-misol. Berilgan E(E1;E2) nuqtadan CD(C1D1;C2D2) to’g’ri chiziq kesmasigacha bo’lgan eng qisqa masofaning haqiqiy kattaligi topilsin.
Bu so’ralgan masofaning haqiqiy kattaligini topish uchun berilgan to’g’ri chiziq kesmasini va E nuqtani CD ga perpendikulyar bo’lgan tekislikka CD yo’nalishda proyeksiyalanadi, natijada uning nuqta ko’rinishdagi proyeksiyasiga ega bo’lamiz va bu tekislikdagi ikki nuqta orasidagi masofa izlangan masofa bo’ladi. Bu masalani yechish uchun asosiy chizmaning o’ng tarafida bo’sh joyda ixtiyoriy 1112 nuqtani tanlab (5.5-rasm) diagramma yasaymiz. Buning uchun CD kesmaga perpendikulyar bo’lgan 12 gorizontal chiziq o’tkazamiz: 12 (1121;1222) bunda 1112 vaziyatda olinadi. l 1 yo’nalish C1D1 ga parallel (l 1C1D1) bo’lib, u 21 nuqtadan o’tadi.
Endi asosiy chizmaga yaqin ixtiyoriy joyda moslik o’qini o’ziga parallel ko’chiramiz (N). Bu o’qga C1D1 ni va E1 nuqtani (l 2C1D1) proyeksiyalab 1 va 2 nuqta topiladi. Bu nuqtalardan tashuvchiga parallel to’g’ri chiziqlar chizib E'2 va C'2D'2 nuqtalar topiladi. Bu ikki nuqta orasidagi masofa izlangan masofa bo’ladi.

Yüklə 136,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin