2-seminar mashg’uloti mаvzu: boshlang’ich sinf o’quvchilarida muvaffaqiyatga erishishga intilish motivi shaxsning ustivor xususiyati sifatida



Yüklə 91,82 Kb.
səhifə2/3
tarix18.09.2023
ölçüsü91,82 Kb.
#145143
1   2   3
2-seminar tarbiya

Elektron ta’lim resurslari:
1.w.w.w.tdpu.uz
2.w.w.w.pedagog.uz
3.w.w.w.ziyonet.uz
4.w.w.w edu.uz
5.tdpu-INTRANET.Ped

Abdulla Avloniy inson aqliy kamoloti xususida to’xtalar ekan, quyidagilarni bayon etadi:


«Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidir. Ilm inson uchun g’oyat muqaddas bir fazilatdur,
zeroki, ilm bizga o’z ahvolimizni, harakatimizni oyna kabi ko’rsatur, zehnimizni, fikrimizni qilich
kabi o’tkir qilur, ilmsiz odam mevasiz daraxt kabidur». Alloma bilim insonni jaholatdan
qutqarishning eng samarali vositasi ekanligiga ham urg’u beradi: «Ilm bizni jaholat qorong’usidan
qutqarur, madaniyat, ma’rifat dunyosiga chiqarur, yomon fe’llardan, buzuq ishlardan
qaytarur, yaxshi xulq, odob sohibi qilur. Bugun hayotimiz, salomatligimiz, saodatimiz, sarvatimiz,

maishatimiz, himmatimiz, g’ayratimiz,
dunyo va oxiratimiz ilmga bog’liqdur».

Abdurahmon Jomiy o’zidan keyin turli fan, adabiyot, jumladan pedagogikaga doir o’lmas meros
qoldiradi. U o’z asarlarida, ayniqsa, nasriy yo’lda yozilgan “Baxoriston” asarida ta’lim-tarbiya

masalalari xususida
fikr bildirdi.

Jomiyning fikricha, ilm inson uchun xayotiga yo’l ochuvchi va uni o’z maqsadiga erishtiruvchi
omildir. Ilm va hunarni yoshlikdan egallash kerak. Ilm insonga hamma narsani oson va puxta
anglab olishga yordam beradi, mehnatni yengillashtiradi. Jomiy yoshlarni ilmlarni egallashga
da’vat etdi:
Jomiy o’z pedagogik qarashlarida kishilarni adolat, xushmuomalalik va dono so’z bilan
zulmkorlarga ta’sir etishga da’vat etadi.
Yuqoridagi misralarda qilingan nasihat da’vat garchi shoxlarga qaratilgan bo’lsa ham, xar bir ish
va xolatda tadbir va aql bilan ish tutish, do’stlarga yaqinroq bo’lish, yomonlik qilishdan saqlanish,


adolatli bo’lish xar bir insonga qarata qilingan xitobdir.Jomiy manmanlik, kekkayishlarni


qoralaydi, g’ururlikni nodonlikning belgisi deb biladi. Inson xatto, boshqalardan biror sifati bilan
yuqori darajali bo’lsa ham, kamtar bo’lishi kerak deydi.
Jomiy manmanlik nodonlik belgisi ekanligini uqtirib, yoshlarni bu illatlardan xoli, pok bo’lishga
undaydi. Jomiy to’g’ri so’zlikni inson uchun zaruriy eng yaxshi xususiyat hisoblaydi, izxor
etiladigan fikr so’z va harakat bilan uzviy birlikda bo’lmog’I kerak. Shoirning ta’kidlashicha,
dilkashlik, shirinso’zlik, ochiq chexralik va quvnoqlik kishilarga yaxshi, yoqimli kayfiyat baxsh
etadi.
Ulug’ adib o’z asarlarida hasislikni, o’grilikni keskin qoralaydi, oqilona yashash, ortiqcha boylikni
muxtojlarga berish, qanoatli bo’lish g’oyalarini olg’a suradi. Jomiy deydi:
Do’st tanlash, do’stlikning samimiyligi xaqidagi fikrlarida Jomiy odamlarining o’zaro
munosabatlariga e’tibor berganini ko’ramiz. Ulug’ mutafakkir do’stlarning do’stligi haqida:
Jomiy ilmlarni egallashda tajribaga aloxida e’tibor beradi, xayotda foydalanilmagan ilmni jonsiz,
keraksiz ilm hisoblaydi. U ta’lim oldigayosh avlodni jamiyatga, odamlarga foydali xizmat
qiladigan qilib yetishtirishni asosiy vazifa qilib qo’yadi.
Jomiycha, kitob o’tmish donishmand avlodlar bilan o’z davri yoshlari o’rtasida vosita, insonga
eng yaqin do’st, erta tongdagi yog’du, ustoz va marabbiydir. Jomiyning bu fikri shu jihatdan
muhimki, shoir kitobning bilim manbai, insoniyat donishmandligi xazinasi deyish bilan birga,
donishmandlar o’z asarlarini xayotiy tajriba va kishilar ijodi mevasi sifatida kelgusi avlodlar
uchun qoldirganliklarini aytadi. Shu sababli ham yoshlarda kitobga muhabbat, uni o’qishga
qiziqish tarbiyalanishi kerak.
Jomiy kitobni bilim manbai der ekan, muallimni kelgusi yosh avlodga bu sifatlarni xosil qiluvchi
ustoz sifatida ulug’laydi, ularni hammadan ko’ra ortiq hurmat qilishga da’vat qiladi. Shu bilan
birga, Jomiy xar bir muallim chuqur bilim, aql, eng yaxshi axloqiy fazilatlar sohibi bo’lishi
kerakligini ham aytadi. Jomiy bunday ideal o’qituvchiga Aleksandr Makedonskiyning tarbiyachisi
Arastuni (Aristotelni) misol qilib ko’rsatadi. Demak, aqliy va axloqiy jixatdan komil o’qituvchi
xar bor o’qituvchida aqliy qobiliyatni rivoj toptira oladi.
“...Mirzo Ulug’bekning umumbashariy qadriyatlarga qo’shgan hissasi beqiyos bo’lib, u bugungi
kunda ham hayotimizda ulkan ahamiyat kasb etmoqda va O’zbekistonning xalqaro obro’sini
oshirish yo’lida katta xizmat qilmoqda. Buyuk ajdodimiz Ulug’bek nomi berilgan ma’naviyat
maskanlari, mahallalar, ko’chalar va shaharlar juda ko’p. Yurtimizda dunyoga kelib ko’z
ochayotgan har o’n chaqaloqning biriga ezgu niyat bilan Ulug’bekning muborak ismi berilyapti
deb aytsak, mubolag’a bo’lmaydi.
Bularning barchasi — millatimizning buyuk allomaga bo’lgan cheksiz hurmati va ehtiromlaridan
darak beradi.”
Mirzo Ulug’bek xizmatlaridan yana biri shundaki, u avvalo yosh avlodning aqliy va ma’rifiy
tarbiyasiga katta ahamiyat berib, ularni dunyoviy bilimlarni egallashga da’vat etdi, har qanday
johillik va bilimsizlikka qarshi kurashdi. U insonning imkoniyatlari cheksiz ekanligiga ishora
qilib, yoshlarni ilm egallashga, insofli va himmatli bo’lishga, halollik va rostgo’ylikka da’vat
etadi.
Ulug’bekning bilimlarini nafaqat kitoblardan, balki bevosita hayotning o’zidan ham olishni
tavsiya etadi.
Ulug’bek yangi-yangi ilmiy kashfiyotlar qilishni inson uchun oliy fazilat deb biladi. U
Movarounnahr shaharlarini, xususan Samarqand va Buxoroni ilmu ma’rifat dargohiga aylantiradi.
Ulug’bek “Bilimga intilish har bir muslim va muslima uchun farzdir” degan shiorni ilgari suradi

52


va uni madrasaning peshtoqiga yozdirib qo’yadi. Madrasada esa ilmning turli sohalarining
o’qitilishiga jiddiy e’tibor beriladi.
Masalan, Samarqand madrasasida ilohiyot ilmlari: qur’on, Hadis, Tafsir, fiqh bilan birga riyoziyot,
handasa ilmi, hay’at (falakiyot), tibbiyot, tarix, geografiya, ilmi aruz, ilmi qofiya, arab tili kabi
dunyoviy ilmlar o’rgatilgan.
Ulug’bek ilm fani ravnaqi uchun kurashgan, ta’lim-tarbiya rivojiga hissa qo’shgan fuqarolarni
doimo rag’batlantirib, o’qituvchi-ustoz, mudarrisga hurmat ehtirom bilan qarashni targ’ib etgan.
Uning mana shu say’i harakatlari tufayli ta’lim-tarbiya sifati yaxshilana bordi, madrasalarda
o’qish-o’qitish ta’limni jonlantirishga katta ahamiyat berildi. Madrasadagi o’quv tizimi isloh
qilinib, unda falakiyot, matematika, geografiya kabi aniq fanlarni o’qitishni joriy etdi, ta’lim
mazmunining sifatini oshirdi, madrasalarda o’qish muddatini 15—20 yildan 8 yilga tushirdi.
Ulug’bek o’z pedagogik qarashlarida bolalarning jismonan sog’lom, harbiy hunarni puxta

egallagan, jasur, mard bo’lib
yetishuviga alohida ahamiyat beradi.


Yüklə 91,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin