2-seminar mashg’uloti Mavzu: Hamkorlikda, jamoada, komandada, kichik guruhlarda, juftlikda o’qitish Ishning maqsadi



Yüklə 95,5 Kb.
səhifə3/4
tarix26.06.2022
ölçüsü95,5 Kb.
#62342
1   2   3   4
2-seminar mashg'uloti

"Besh minutlik esse"
Yozma vazifaning ushbu turi dars oxirida qo’llaniladi. Uning maqsadi o’quvchilar o’rganilayotgan mavzu bo’yicha bilimlariga xulosa yasash bo’lsa, o’qituvchi uchun o’quvchilari ongida nimalar ro’y berayotganligini bilishdan iborat, o’quvchilardan quyidagi ikki vazifani bajarish so’raladi:

  • mazkur mavzu bo’yicha nimalarni bilib olganliklarini va o’zlari javob ololmagan biror savolni yozib berish.

o’qituvchi yozma ishlarni darhol yig`ib oladi, keyinchalik esa, ularni tahlil etib, olingan natijalardan keyingi darsni rejalashtirishda foydalanishi mumkin.




HAMKORLIKDA O’QITISH TEXNOLOGIYASI BO’YICHA TALABANING O’Z-O’ZINI NAZORAT QILISHGA MO’LJALLANGAN O’QUV TOPSHIRIQLARI
Topshiriqning didaktik maqsadi: O’quv topshiriq ustida mustaqil ishlab, Informatika o’qitish jarayoniga zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan biri “Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi”ni qo’llash, mazkur texnologiyalarning o’ziga xos xususiyatlari, informatika darslarida hamkorlikda o’qitish metodlaridan foydalanish usullari, mazkur darslarning an’anaviy darslardan farqi va afzalligi, o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish yo’llari bilan tanishish, metodik bilim, ko’nikma va malakalar, nutq va muloqot madaniyatini rivojlantirish.

O’quv materiali yuzasidan topshiriqlar

Topshiriqni bajarish yuzasidan ko’rsatma

1-guruh

Matnni diqqat bilan o’qib chiqing va quyidagilarni aniqlang:

  1. Hamkorlikda o’qitish texnologiyasining paydo bo’lishi va o’ziga xos jihatlarini aniqlang.

  2. Amerika, Isroil va Evropa olimlari tomonidan ishlab chiqilgan hamkorlikda o’qitish texnologiyalarini taqqoslang, farqini aniqlang.

  3. Hamkorlikda o’qitish texnologiyasining asosiy g’oyasini aniqlang.

Mustaqil ishlang va talabalar bilan savol-javobda faol ishtirok eting.

2-guruh

Matnni diqqat bilan o’qib chiqing va quyidagilarni aniqlang:

  1. Hamkorlikda o’qitish metodlarini ko’rib chiqing. Ularni bir-biri bilan taqqoslang.

  2. “Komandada o’qitish” metodining o’ziga xos xususiyatlarini aniqlang.

  3. “Komandada o’qitish” metodidan foydalanib loyihalangan darslar va ularning texnologik xaritalarini ko’rib chiqing.

  4. Informatika darslarida “Komandada o’qitish” metodidan foydalanish uchun o’qituvchi va o’quvchilar qanday tayyorgarlik ishlarini amalga oshirishi lozim deb o’ylaysiz?




Mustaqil ishlang va talabalar bilan savol-javobda faol ishtirok eting.

3-guruh

Matnni diqqat bilan o’qib chiqing va quyidagilarni aniqlang:

  1. “Kichik guruhlarda o’qitish” metodining o’ziga xos xususiyatlarini aniqlang.

  2. “Kichik guruhlarda o’qitish” metodidan foydalanib loyihalangan darslar va ularning texnologik xaritalarini ko’rib chiqing.

  3. Informatika darslarida “Kichik guruhlarda o’qitish” metodidan foydalanish uchun o’qituvchi va o’quvchilar qanday tayyorgarlik ishlarini amalga oshirishi lozim deb o’ylaysiz?




Mustaqil ishlang va talabalar bilan savol-javobda faol ishtirok eting.

4-guruh

Matnni diqqat bilan o’qib chiqing va quyidagilarni aniqlang:

  1. “Birgalikda o’qiymiz” metodining o’ziga xos xususiyatlarini aniqlang.

  2. “Birgalikda o’qiymiz” metodidan foydalanib loyihalangan darslar va ularning texnologik xaritalarini ko’rib chiqing.

  3. Informatika darslarida “Birgalikda o’qiymiz” metodidan foydalanish uchun o’qituvchi va o’quvchilar qanday tayyorgarlik ishlarini amalga oshirishi lozim deb o’ylaysiz?




Mustaqil ishlang va talabalar bilan savol-javobda faol ishtirok eting.

5-guruh

Matnni diqqat bilan o’qib chiqing va quyidagilarni aniqlang:

  1. “Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish” metodining o’ziga xos xususiyatlarini aniqlang.

  2. “Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish” metodidan foydalanib loyihalangan darslar va ularning texnologik xaritalarini ko’rib chiqing.

  3. Informatika darslarida “Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish” metodidan foydalanish uchun o’qituvchi va o’quvchilar qanday tayyorgarlik ishlarini amalga oshirishi lozim deb o’ylaysiz?




Mustaqil ishlang va talabalar bilan savol-javobda faol ishtirok eting.



Yüklə 95,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin