2 SINF DARSLARIDA MEN,SEN VA ULAR OLMOSHLARINING O\'RRGANILISHI...KURS ISHIM..
Muammoningo‘rganilganlikdarajasi. Ona tilini o‘qitish sohasiga salmoqli hissa qo‘shgan M.Asqarova, A.G’ulomov, Y.Abdullaev,
1 Karimov I.A. Ona yurtimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oily saodatdir. – Toshkent: Ozbekiston. 2015. –B.281.
Sh.Yusupovaning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili darslarida o‘quvchilar tafakkurini o‘stirishning ilmiy-metodik asoslari”13nomli doktorlik dissertatsiyasida ham dars samaradorligini oshirish masalasiga e’tibor qaratilgan bo‘lib, unda zamonaviy pedagogik texnologiyaning mazmuni yoshlarga falsafiy fikrlashga o‘rgatish, ularda bilishga qiziqish uyg‘otish, motivatsiya hosil qilish, nazariy qoidalarni so‘zma-so‘z yodlashga emas, balki amaliyotda o‘rgatish, nostandart tafakkur qilish, rang-barang fikrlar berishga odatlantirish emas, uni ta’limga tatbiq etish dolzarb vazifa ekanligini ta’kidlaydi. Metodist o‘z ishida o‘quvchilar tafakkurini o‘stirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tgan bo’lib, o‘quvchi tafakkurini o‘stirishda “Aqliy hujum”, “Bu bizniki” metodlarini qo‘llash yaxshi samara berishini olib borgan tajriba-sinov ishlari natijalari bilan izohlaydi.
Ona tili darslarini qiziqarli tashkil etishning eng qulay yo‘llaridan biri o‘yin darslaridir. Ona tili darslarida o‘yin turlaridan foydalanish masalasi metodist A.Bobomurodovaning dissertatsion ishida tahlil etilgan.14U o‘z ishida ona tilining har bir bo‘limini o‘rganishda qaysi tildagi va turdagi ta’limiy (didaktik) o‘yin- topshiriqlardan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligi va buning yo‘llarini ko‘rsatgan. O‘yin usulida darsni yoki darsning ma’lum bir bosqichini tashkil etish, albatta, o‘z-o‘zidan o‘quvchilarni guruhlarga bo‘lib, ularni hamkorlikda faoliyat ko‘rsatishga undaydigan ta’lim usuli hisoblanadi. A.Bobomurodova ona tilidan o‘quvchilarga beriladigan o‘yin-topshiriqlarni murakkablik darajasiga ko‘ra uch turga ajratar ekan, birinchi turiga qayta xotiralashga asoslangan o‘yin-topshiriqlarni kiritadi. Faqat ushbu o‘yinlarning kamchilik tomoni borligini eslatadi:
«Qayta xotiralashga asoslangan o‘yin-topshiriqlar o‘quvchidan hech qanday ijodiylikni, egallagan bilimlarni yangi sharoitda qo‘llashni, yaratuvchanlikni talab etmaydi. Bunday o‘yin-topshiriqlarni bajarish o‘quvchiga katta
13. Юсупова Ш.Ж. Ҳозирги ўзбек адабий тили дарсларида ўқувчилар тафаккурини ўстиришнинг илмий-методик асослари: Пед. фан.доктори ... дисс. автореферати. – Т., 2005. – 44 б.
14. Бобомуродова А.Я. Она тили таълими жараёнида ўйин-топишмоқлардан фойдаланиш. - Пед. фан.номзоди ... ёзилган дисс. – Т., 1996. – 8-бет.
murakkablik tug‘dirmaydi, oldin o‘rganilgan mavzular va muayyan bilimga ega bo‘lgan o‘quvchi bunday topshiriqlarni bemalol bajarishi mumkin»15. Albatta, topshiriqlarni bemalol bajarish uchun bilim, ko‘nikma va malakalar yaxshi egallangan bo‘lishi lozim. Buning uchun esa o‘quvchi o‘zi unutgan narsalarini xotiraga tushirish haqida o‘ylashi, biror yo‘l bilan o‘qib olishi, sinfdoshlaridan eshitib bo‘lsa ham, bila borishi darkor.