2 SINF DARSLARIDA MEN,SEN VA ULAR OLMOSHLARINING O\'RRGANILISHI...KURS ISHIM..
Olmoshlarning ayrim turlarining stilistik xususiyatlari yuzasidan fikrbildirilganyokima’lumdarajadayoritilganasarlar.Bu ishlar sirasiga R.Qo‘ng‘urov S.Karimov,B.Isabekov,T.AkramovvaN.Fozilovalarningmaqolalarikiradi.Jumladan,R.Qo‘ng‘urovning«Olmoshstilistikasigadoirayrimmulohazalar»nomlimaqolasida kishilik,ko‘rsatish, so‘roq, belgilash,gumon olmoshlarining uslubiy xususiyatlari, ularning asosiy ma’nolari bilan birqatordaqo‘shimchama’nolarkasbetishi,bundayholatesabadiiy-estetikvazifani bajarishga xizmatqilishi ko‘rsatibberilgan.
O.Yusupovaning “O‘zbek tilida olmoshlarning funksional-stilistik xususiyatlari” nomli dissertasiyasi o‘zbek tilshunosligida olmoshlarning tutgan o‘rni ularning funksional-stilistik xususiyatlarini tahlil etgan.
M.Hamroyevning “Hozirgi o‘zbek tilidagi ko‘rsatish olmoshlarining funksional - semantik xususiyatlari” nomli monografiyasi hozirgi o‘zbek tilidagi ko‘rsatish olmoshlariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda olmoshning bu turi yangicha nuqtai nazar bilan talqin qilingan.
Ma’lum bo‘ldiki, o‘zbek tilshunosligida mustaqil so‘z turkumlaridan sanaladigan olmoshlar yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilgan. Ularda olmoshning turlari aniqlangan, ma’noviy xususiyatlari yuzasidan kuzatishlar olib borilgan, mazkur so‘z turkumini yaxlit hodisa sifatida tadqiq etish yo‘llari ko‘rsatib berilgan.
Keyingi yillar adabiyotlarda maqola va monagrafiyalarda olmoshlarning leksik- semantik, grammatik xususiyatlari, imkoniyatlari kengroq ochilib, turli atamalar bilan ham (“ichi bosh so‘zlar, ishora so‘zlar”) atalib kelinadi. Masalan, R.Sayfullayev, A.Mingliyev va boshqalar tomonidan chiqqan “Hozirgi o‘zbek
adabiy tili” kitobida quyidagi fikrlar keltirilmoqda. “Ma’lumki, so‘zlar ma’noviy belgisiga ko‘ra uch turga bo‘linadi”
Mustaqil ma’noli so‘z (fe’l, ot, sifat, son, ravish, taqlid);
Bo‘sh-ishora ma’noli so‘z (olmosh);
Yordamchi ma’noli so‘z (ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama, ko‘makchi fe’llar).
“Ishoraviylik” ramzi bilan ataluvchi olmosh boshqa leksemalardan ajralib turadi. O‘zbek tilshunosligida olmoshning doirasi va vazifasi zo‘rma-zo‘rakilik bilan ancha chegaralanib “ot, sifat, son o‘rnida qo‘llanuvchi so‘z” sifatida o‘ta tor tushunilgan. Vaholanki, bu bilan olmoshning nafaqat ot, sifat, son, balki fe’l, ravish, taqlid, undov, gap va hatto matnni almashtira olish, ularga ishora etish xususiyatlari hisobga olinmagan. Darslikda yuqoridagi fikrlar isbotlanib, men,sen,u,biz,siz,ularshaxsga kim,nima,bu,ana,manabukabi olmoshlar predmetga, qanday, shunday, bunday kabilar belgiga, buncha, shuncha, qanchakabilar miqdorga, qachon, qachon paytga, qayer o ‘ringa, shunday bo‘lmoq,qandayqilmoqkabi harakat-holatga ishora qilish aytiladi. Hech bir so‘zni almashtirmasdan kelishi ham misollar yordamida berilgan. Kim mehnat qilsa, urohat topadi. Men kecha keldim. Sen buni bilasan. Nima qilsam ham men o ‘zimbilaman. Hamma mehmonlar biznikida. Barcha mushkulotlar oson bo‘ldi kabi gaplarda kishilik, belgilash, o‘zlik olmoshi hech bir so‘zni almashtirmagan. Fikrlardan ko‘rinadiki, olmosh hamma vaqt ham qandaydir bir so‘zni almashtirib, uning o‘rnida kelavermaydi. Bu holat ham olmoshlarning o‘ziga xos leksik-semantik xususiyatlarini ifodalaydi. Shu o‘rinda yana bir narsani aytib o‘tish kerakki, arab tilshunosligida olmosh alohida so‘z turkumida berilmagan, balki har bir so‘z turkumi ichida “yashirin ma’noli so‘z”, zamirlar sifatida alohida guruhlarga ajratilgan. Masalan, kitob, daftar aniq ma’noli ot bo‘lsa, men, sen, kim yashirin ma’noli ot (zamir ot) dir. Yoki oq, qizil, chiroyli ma’lum ma’noli sifat hisoblansa, bunday, shunday, kabilar “zamir sifat”dir19.
19SayfullayevaR.R., MengliyevB.R., BoqiyevaG.H., QurbonovaM.M., YunusovaZ.Q., AbuzalovaM.Q.Hozirgio‘zbekadabiytili. O‘quvqo‘llanma.-Toshkent:O’zMUnashri, 2007.-380 b. Olmoshlarning leksik-semantik xususiyatlaridan biri shuki, ular shaxs, predmet, belgi yoki miqdorga xos bo‘lgan umumiy ma’noni anglatadi. Olmoshni bildiruvchi ma’no nutq jarayonida aniq yuzaga chiqadi. Ular o‘zlari almashtiruvchi so‘zlar kabi morfologik jihatdan o‘zgaradi. Olmoshlarda umumiylik juda kuchli darajada bo’ladi. Masalan, buso‘zi kontekstdan tashqaridan olinganda uning ma’nosi juda umumiy mavhum xarakterga ega bo’ladi. Bu daraxt bo‘lishi ham mumkin, bu- odam bo‘lishi ham mumkun, buhayvonbo‘lishihammumkinva hokazo.
Shuning uchun umumlashtirish, umumiylik haqida gapirganda olmoshlardan misol keltirishi bejiz emas. Ularning ma’nosi esa gapda o‘zi aloqador bo‘lgan so‘z bilan birgalikda aniqlanadi. Tabiat buyuk bir shoir ekan.Yomg‘irniyergaranglarkamalagidasolibotadi...yergaoshiqayotganharuchqun qorga gul solib ulgiradi. U chindan ham buyuk! Shogid bo‘lsam edi,unga...(O.Matjon “Iymon yog‘dusi”, 128- bet). Hayriyatqonimyurtimizgato‘kiladigan bo‘ldi, - dedi u allaqanday quvonch bilan. (S.Ahmad, Qorako‘z majnun, 75-bet). Birinchi gapda u tabiat so‘zi o‘rnida, ikkinchi gapda shaxs ma’nosini ifodalamoqda. Bu ma’no esa gap ichida anglashilmoqda.
Olmoshlarning leksik-semantik xususiyatlaridan biri ular ot, sifat, son kabilar o‘rnida qo‘llanilishi va ‘‘shunchaki qo‘shimchasi” so‘zlar emasligidadir. Chunki biror ma’noni
ifodalovchi so‘z bo‘lgani holda, shu ma’noning aynan o‘zini ifodalash uchun tilda yana qandaydir boshqa so‘zlarning bo‘lishiga ehtiyoj bo‘lmaydi. Olmoshlarning qo‘llanishi esa bir tomondan, ularning tilda turmush talabi bilan kelib chiqqan so‘zlar ekanini ko‘rsatsa, ikkinchi tomondan, tilda muhim o‘rni, o‘ziga xos xususiyati borligini ko‘rsatadi. Shuning uchun ham olmoshlarning kelib chiqishi qadimiy sanaladi20.
Olmoshlarda variantlikning vujudga kelishi davrlar o‘tishi bilan so‘z qurilishida vujudga keladigan fonetik-struktural o‘zgarishlar, jumladan, qisqaruv, tovush tushishi va ortirilishi kabi hodisalar bilan bog‘liq.
20RahmatullayevSh.Hozirgiadabiyo‘zbektili.-Toshkent:Universitet,2006.-464b. Olmoshlar ma’no jihatdan boshqa mustaqil so‘zlardan ma’lum darajada farq qiladi. Ular predmet, belgi va miqdor ma’nolarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ifodalamay, balki boshqa predmet, belgi va miqdor tushunchalari bilan bog‘langan holda ifodalaydi. Olmoshning konkret ma’nosi kontekst, situatsiya - nutq protsessida ishtirok etuvchilarning munosabatiga qarab konkretlashadi. Olmoshlar konkret ma’no bilan umum ma’noning almashinib qo‘llanishini xarakterlovchi so‘zlardir. Olmoshning muhim belgilaridan biri uning abstrakt va umumlashgan ma’nolarni ifodalashidadir: Ular kim-u biz kim? U nimayu bu nima? Shaxs, ikki predmetni ko‘rsatgan. Olmoshlar ba’zi xususiyatlariga ko‘ra sifatlarga va ayrim belgilarga ko‘ra ravishlarga yaqin turadi. Shuning uchun ham ayrim tilshunos olimlarning uni olmosh-otlar, olmosh- sifatlar va olmosh-ravishlar deb alohida turkumlarga ajratishlari (A.A.Shaxmatov), ayrim tilshunoslar tomonidan ot xarakteridagi olmoshlargina ‘‘olmosh” turkumi ichida o‘rganilib, ravish va sifat xarakteridagi olmoshlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ravish va sifatga (V.V.Vinogradov) kiritilishi bejiz emas. Hatto E.D.Polivanov olmoshni alohida so‘z turkumi sifatida olmay, otga (aniqrog‘i ot tarzidagi olmoshga) kiritadi.21 Boshqa turkum leksemalariga beriladigan so‘roqni bildiruvchi va shunday leksemalar o‘rnida ishlatiluvchi birliklarga olmosh leksemalar turkumi deyiladi. Olmoshdan leksik ma’no emas, balki mavhum grammatik ma’no anglashiladi.
Har bir lug‘aviy leksemalar turkumining o‘z so‘roq olmoshlari bo‘ladi:22 ot so‘roq olmoshlari: kim-,nima-;
sifat so‘roq olmoshlari: qanday,qanaqa,qaysi;
son so‘roq olmoshlari: necha,qancha,nechtadan,nechanchi;
Olmoshlar ma’no va grammatik xususiyatlariga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:
22 Бобомуродова А.Я. Она тили таълими жараёнида ўйин-топишмоқлардан фойдаланиш. - Пед. фан.номзоди ... ёзилган дисс. – Т., 1996. – 8-бет.
Kishilik olmoshlari: men, biz (I shaxs); sen siz (II shaxs); u, ular (IIIshaxs);
Ko‘rsatish olmoshlari: bu, shu, o‘sha, mana shu, mana bu, ana shu kabilar;