1-MAVZU: OLMOSHNING TA’RIFI, LEKSIK-GRAMMATIK XUSUSIYATLARI
REJA:
Olmosh haqida umumiy ma’lumot.
Olmoshning ma’no turlari.
Olmosh o‘rnida qo‘llaniladigan so‘zlar.
Sodda va qo‘shma olmoshlar. Ularning imlosi.
Olmoshlarning ma’no xususiyatlari
Tayanch so‘z va iboralar: olmosh, o‘zlik olmoshi, ko‘rsatish olmoshi, so‘roq olmoshi, belgilash olmoshi, bo‘lishsizlik olmoshi, gumon olmoshi.
OLMOSH - Boshqa so‘zlar, shuningdek, so‘z birikmasi va gap o‘rnida almashinib qo‘llaniluvchi, ularga ishora qiluvchi yoki so‘roq bildiruvchi so‘zlar olmosh hisoblanadi. Masalan, Kitobni ko‘p o‘qisangiz, undan ko‘p hikmat topasiz. Istagim shuki, doimo tinchlik bo‘lsin. Birinchi gapda undan olmoshi kitob so‘zi (ot) o‘rnida, ikkinchi gapda shuki olmoshi doimo tinchlik bo‘lsin gapi o‘rnida qo‘llanilgan. Olmoshlarning aniq atash ma’nosi bo‘lmaydi. Uning qaysi ma’noda kelayotganligi matnda qaysi so‘z yoki gap o‘rnida almashinib kelishiga qarab belgilanadi. Olmoshlar ma’nosiga ko‘ra quyidagi yetti guruhga bo‘linadi:
Olmoshlar ma’nosiga ko‘ra quyidagi yetti guruhga bo‘linadi:
Turlari
|
Olmoshlar
|
Kishilik olmoshlari
|
men, sen, u; biz, siz (sizlar), ular
|
O‘zlik olmoshi
|
o‘z
|
Ko‘rsatish olmoshlari
|
Bu, shu, u, o‘sha, ana, mana, mana bu, mana shu, manavi, anovi
|
So‘roq olmoshlari
|
kim? nima? qayer? qanaqa? qayda? qaysi? qalay? qancha? necha? nega?
|
Belgilash olmoshlari
|
hamma, barcha, bari, har bir, har nima, har narsa, har qanday, har qaysi
|
Bo‘lishsizlik olmoshlari
|
hech kim, hech narsa, hech qachon, hech qanaqa, hech qaysi
|
Gumon olmoshlari
|
kimdir, nimadir, allakim, allaqanday, qaysidir, allanarsa, allaqancha, allaqaysi
|
Dostları ilə paylaş: |