KO‘RSATISH OLMOSHLARI Oldingi gap, gapdagi biron-bir so‘z, so‘z birikmasi o‘rnida qo‘llanib, unga ishora qiluvchi yoki biror so‘zni aniqlab keluvchi olmoshlar ko‘rsatish olmoshlari hisoblanadi. So‘z ma’nosini aniqlab keluvchi olmoshlar o‘zi aniqlayotgan so‘zdan oldin qo‘llanadi. Masalan, Bu daftar meniki. Bu, shu, u, o‘sha, ana, mana kabi so‘zlar ko‘rsatish olmoshlari sanaladi.
KISHILIK OLMOSHLARI Uch shaxsdan biriga ishora qiluvchi olmoshlar kishilik olmoshlari hisoblanadi. So‘zlovchi birinchi shaxs, tinglovchi ikkinchi shaxs, nutqdan tashqari barcha shaxs, narsa, voqea-hodisalar o‘zga, ya’ni uchinchi shaxs sifatida qaraladi. Men, biz birinchi shaxs, sen, siz ikkinchi shaxs, u, ular uchinchi shaxs kishilik olmoshlari hisoblanadi. Bulardan men, sen, и birlik, biz, siz (lar), ular ko‘plik ma’nosini bildiradi. Ba’zan biz, siz, ular birlik ma’nosida ham qo‘llaniladi. Biz birlik ma’nosida qo‘llanganda kamtarlik, bajargan ishida o‘zini ta’kidlamaslik ma’nosini bildiradi. Masalan, Mening uyim o‘rniga Bizning uyimiz. Men g‘olib chiqdim o‘rniga Biz g’olib chiqdik. Shuningdek, siz, ular yakka shaxsga ishora qilib, hurmat ma’nosini bildiradi. Masalan, Sen kelding o‘rniga Siz keldingiz, U keldi o‘rniga Ular keldilar. Siz hurmat ma’nosini bildirganda, ko‘pincha ko‘plik ma’nosini ifodalash uchun unga -lar qo‘shimchasi qo‘shiladi. Masalan, Sizlarga doimo baxt yor bo‘lsin. Men, sen olmoshlariga -ni, -ning, -niki qo‘shimchalari qo‘shilganda, talaffuzda bir n tovushi tushib qoladi va shunday yoziladi.
O‘ZLIK OLMOSHI Kishilik olmoshlari o‘rnida qo‘llanilib, ko‘pincha shaxsni, ba’zan predmetni ko‘rsatuvchi о’z so‘zi o‘zlik olmoshi sanaladi. O‘zim, о zing, o‘zi so‘zlari ba’zan egalik qo‘shimchalariga mos kishilik olmoshlari bilan mening о’zim, sening о’zing, sen o‘zing, uning o‘zi, и o‘zi tarzida qo‘llaniladi va bu vaqtda ko‘pincha kishilik olmoshlariga ta’kid ma’nosi yuklanadi.
SO‘ROQ OLMOSHLARI Shaxs, narsa-hodisa, belgi-xususiyat, miqdor, sabab, maqsad, o‘rin, payt haqida so‘roqni bildiruvchi olmoshlar so‘roq olmoshlari sanaladi. So‘roq olmoshlari ishtirok etgan gaplar so‘roq gap hisoblanadi. Bunday gaplar so‘roq ohangi bilan talaffuz qilinadi va yozuvda gap oxiriga so‘roq belgisi qo‘yiladi.