Fransuz tilida



Yüklə 21,08 Kb.
tarix24.11.2022
ölçüsü21,08 Kb.
#70411
Esse haqida tushuncha 1


Esse haqida


Esse – fransuz tilida “essai” – “tajriba”, ingliz tilida “essay”, “assay” – intilish, ijodiy sinov, ocherk; lotincha “exagium” – “o‘ylash” degan ma’noni bildiradi.
Esse – aniq mavzu yuzasidan shaxsiy fikr-mulohazalar asosida yoziladigan ixcham ijodiy ish hisoblanadi.


Essening tuzilishi


Kirish


Kirish – mavzuni mantiqiy va uslubiy jihatdan bog‘lab oydinlashtirish. Bu bosqichda qalamga olingan mavzuni yoritish uchun savolni to‘g‘ri qo‘yish muhim.
Tezis qo‘yish essening eng muhim shartlaridan biridir. Tezis – essening kaliti. Kaliti topilmasa, essening asosiy maqsadiga yetish qiyin. Tezis – muallifning shaxsiy nuqtayi nazarini bildirib, u asosiy qismda isbotlanadigan fikrni yo‘naltiruvchi g‘oya hisoblanadi. Tezis essening kirish qismida yoziladi.


Asosiy qism

Asosiy bo‘lim – mavzuning nazariy asosi va savolning mazmunini bayon etuvchi bo‘lim. Bunda mavzuga mos barcha bilimlar, asosiy fikr va muammoga bog‘liq dalil va faktlar jamlangan bo‘lib, unda dalillar, xabarlar, turli statistik ma’lumotlardan foydalanib, mavzu yoritiladi, ko‘tarilgan muammoning kelib chiqish sabablari oydinlashtiriladi.


Dalillar – o‘quvchi tomonidan aytilgan fikrni isbotlash uchun keltiriladigan ko‘chirma (maqol, sitata, hikmatli so‘z, rivoyat, she’riy parchalar va h.k.). Qo‘yilgan tezisga kamida ikkitadan dalillar keltirilishi kerak.
Asosiy qismni yoritish uchun kerakli ma’lumotlarni keltirish jarayonida qo‘yilayotgan masalaga o‘quvchining shaxsiy munosabatini bildiruvchi, shuning bilan birga, menimcha, mening fikrimcha, birinchidan, ikkinchidan, shu kabi, demak, biroq, unday bo‘lsa kabi kirish so‘zlardan foydalanish o‘rinli bo‘ladi.

Xulosa



Xulosa – mavzu bo‘yicha chiqariladigan yakuniy jumlalar bo‘lib, unda yangi fikr-mulohazalar bildirilmaydi, balki dalillarga suyangan holda yakun chiqarilib, uni yechish yo‘llari ko‘rsatiladi. Essening yakuniy qismida asosiy qismda berilgan muammoning yechimi tasdiqlanadi va mazmunning mohiyati ochiladi, ya’ni «Esse boshida ko‘tarilgan masala bo‘yicha nima deyish mumkin?» degan savolga aniq va tushunarli javob tarzida yozilishi kerak. Xulosa qismida quyidagi kirish so‘zlardan foydalaniladi: men shunday xulosaga keldimki.., qisqasi, asosiy fikrim shuki.., xulosa qilib aytganda... va boshqalar.

Esse yozish jarayonida quyidagilarga e’tibor berish kerak:




1. Kirish va yakuniy qismdagi fikr asosiy masalaga uzviy bog‘liq bo‘ladi. Masalan, kirish qismida “Men... haqida shuni aytmoqchiman” deb boshlansa, yakuniy qismda “Men ...xulosaga keldim” kabi tugallanadi.
2. Esse yozishda his-hayajonli/ta’sirchan va badiiy bo‘yoqdor so‘zlardan foydalaniladi.
3. Esse ko‘lamiga e’tibor berish. (200-250 ta so‘zdan iborat bo‘ladi. Kirish –60-70 ta so‘z, asosiy qism –100-130 ta so‘z, xulosa – 30-40 ta so‘z)
4. Esseda birgina mavzu atrofida fikr yuritiladi. Unda birgina fikr o‘rtaga tashlanadi va rivojlantiriladi. Uning bir necha mavzu va bir qancha g‘oyasi bo‘lishi maqsadga muvofiq emas.
5. Esse erkin kompozitsiya asosida yoziladi. Yaxshi esseni mavzuni yaxshi tushungan, uni har tomonlama idrok eta olgan, o‘z g‘oyalari bilan o‘quvchini o‘ylanishga majbur eta oladigan odamgina yoza oladi.
6. Esse yozishda bir qolipdagi so‘zlardan foydalanish, so‘zlarni qisqartirish, yuzaki xulosa chiqarishdan xoli bo‘lish kerak. Esse tili salmoqlilikni talab qiladi. Bunda esse mavzusini oydinlashtirish, hajmini va maqsadni aniq belgilab olish muhimdir.
7. Esseda badiiy to‘qima va fantaziya bo‘lmaydi. Unda adabiy til uslublaridan to‘g‘ri va o‘rinli foydalaniladi.
8. Esse ixcham hajmli bo‘lgani bois, fikr-mulohaza bildirishda batafsil hikoyalashdan cheklanish, keltirilgan ma’lumotni ipidan ignasigacha bayon etishdan saqlanish, bir aytilgan fikrni yana qayta takrorlashga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Uzundan uzoq, aralash turdagi qo‘shma gaplar o‘rniga qisqa va ixcham ifoda usulini qo‘llagan ma’qul.
9. Esse xatboshilarga to‘g‘ri ajratilishi kerak. Esseni yozib bo‘lgach, uni qayta-qayta o‘qib chiqish tavsiya etiladi.
10. Ensiklopediya va turli manbalardan olingan ma’lumotlar o‘z o‘rnida qo‘llanilishi kerak. Aks holda, essening badiiyligi va ta’sirchanligiga putur yetadi.

Esse yozishda quyidagi talablarga qat’iy rioya qilinadi:


• shaxsiy munosabatning bildirilishi;


• tezis – kalit so‘zni to‘g‘ri aniqlash;
• faktli dalillar (argumentlar);
• nazariyaga asoslanish;
• atamalarni o‘z o‘rnida qo‘llash;
• sitatalar keltirish;
• mantiqiy qonuniyatning saqlanishi;
• taqqoslash va xulosalash usullaridan foydalanish;
• savodlilik (uslubiy, imlo, tinish belgilari);
• yumor, o‘tkir hajv;
• foydalanilgan ilmiy manbalarga havolalar.
Yüklə 21,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin