2 sinf darslarida men,sen va ular olmoshlarining o'rrganilishi kurs ishim



Yüklə 203,61 Kb.
səhifə13/22
tarix20.11.2023
ölçüsü203,61 Kb.
#161877
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
2 SINF DARSLARIDA MEN,SEN VA ULAR OLMOSHLARINING O\'RRGANILISHI...KURS ISHIM..

Fаlоn so‘zi –chi аffiksini оlib, shахsni аniq аtаmаsidаn, uning ismi o‘rnidа ishlаtilаdi. Маsаlаn: Fаlоnchi, оtа-оnаsi bo‘lmаsа hаm, o‘ksimаy o‘sdi, dеyishаdi. (O‘.Hоshimоv). Yozgаndа hаm, fаlоnchini mаqtаymаn, dеgаn o‘yim bo‘lgаn emаs. (М.М.Do‘st)23.
Eski o‘zbek tilida gumon olmoshlarining quyidagi shakllari istemolda bo‘lgan: kimsa, kimarsa, neersa, biragu, birav, falan.
Gumon olmoshlarining bir guruhi shaxsga nisbatan, boshqa guruhi narsa, jonivor, voqea-hodisalarga nisbatan qo‘llanadi, ba’zilari har ikkala ma’noda ham qo‘llanadi.
Gumon olmoshlarining ko‘pchiligi kelishik qo‘shimchalari bilan ham ishlatiladi, ayrimlariga ko‘plik va egalik affikslari ham qo‘shilishi mumkin.
Olmoshdan leksik ma'no emas, balki mavhum grammatik ma'no anglashiladi. Har bir lug‘aviy leksemalar turkumining o‘z so‘roq olmoshlari bo‘ladi:

  1. ot so‘roq olmoshlari: kim•, nima;

  2. sifat so‘roq olmoshlari: qanday, qanaqa, qaysi;

  3. sonso‘roqolmoshlari: necha, qancha, nechtadan, nechanchi;

  4. ravish so‘roq olmoshlari: qachon, nega, nimaga, nechuk, qanday qilib, qay tarzda;

  5. fe‘l so‘roq olmoshlari: nima qildi, nima qiladi, nima qilayotir.

Olmoshlarning quyidagi ma’no turlari so‘roq olmoshlari asosida hosil qilingan:

  1. Gumon olmoshlari:

  1. so‘roq olmoshi oldiga alla- affiksoidini qo‘shib: a) ot so‘roq olmoshiga: allakim•, allanima•, b) sifat so‘roq olmoshiga: allaqanday, allaqaysi, d) son so‘roq olmoshiga: allaqancha, allanechanchi, e) ravish so‘roq olmoshiga: allaqachon kabi;






23 Qalandar Sapayev “Hozirgi o’zbek tili” 122-130-betlar

  1. so‘roq olmoshi oxiriga -dir gumon yuklama-affiksini qo‘shib: a) ot so‘roq olmoshiga: kimdir, nimadir, b) sifat so‘roq olmoshiga: qandaydir, qaysidir, d) son so‘roq olmoshiga: qanchadir, nechanchidir; e) ravish so‘roq olmoshiga: qachondir, negadir, nimagadir kabi.

-dir asli gumon yuklamasi bo‘lgani sababli ot so‘roq olmoshiga sonlovchi va turlovchi affiksdan keyin qo‘shiladi: kimlargadir kabi.

  1. Belgilash olmoshlari so‘roq olmoshlaridan oldin har ta’kidlov affiksoidini keltirib hosil qilinadi: a) ot so‘roq olmoshi oldidan: har kim•, har nima•, b) sifat so‘roq olmoshi oldidan: har qanday, har qaysi, d) son so‘roq olmoshi oldidan: har qancha, e) ravish so‘roq olmoshi oldidan: har qachon kabi.

Hamma, barcha, bari kabi leksemalarni olmoshlar qatoridan chiqarib, ko‘p, bir talay kabi miqdor ravishlari qatoriga qo‘shish to‘g‘ri, chunki bular mavjud miqdordagi kabi leksik ma’noni anglatadi.

  1. Bo‘lishsizlik olmoshlari so‘roq olmoshlari oldidan hech inkor affiksoidini keltirib hosil qilinadi: a) ot so‘roq olmoshi oldidan: hech kim•, hech nima•, b) sifat so‘roq olmoshi oldidan: hech qanday, hech qaysi, d) son so‘roq olmoshi oldidan: hech qancha, e) ravish so‘roq olmoshi oldidan: hech qachon kabi.

Yuqoridagi tasvirdan anglashiladiki, gumon olmoshlari, belgilash olmoshlari, bo‘lishsizlik olmoshlari o‘z ichida ot olmosh, sifat olmosh, son olmosh, ravish olmosh turlariga ajratiladi. Olmoshlarning grammatik tabiati qaysi turkum olmoshi ekaniga bog‘liq.
Kishilik olmoshlari ot olmoshlarning maxsus turi bo‘lib, shaxs, son, o‘rni bilan modal ma'nolarni ifodalaydigan quyidagicha paradigmani hosil qiladi:


Yüklə 203,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin