Oldingi gap, gapdagi biron-bir so‘z, s o‘z birikmasi o‘rnidaqo‘llanib, unga ishora qiluvchi yoki biror so‘zni aniqlab keluvchi olmoshlar ko‘rsatish olmoshlari hisoblanadi.
so‘z ma’nosini aniqlab keluvchi olmoshlar o‘zi aniqlayotgan so‘zdan oldin qo‘llanadi. Masalan, Budaftarmeniki. Bu,shu,u,o‘sha,ana,manakabi so‘zlar ko‘rsatish olmoshlari sanaladi tabdilidagi qoida va o’quvchilarni qiziqtirish uchun mashqlar berilganini ko‘rishimiz mumkin.
‘‘ Ko‘rsatish olmoshlarining talaffuzi va imlosi’’haqida.
Yozuvda mana bu, mana shu, ana bu, ana shu olmoshlari ajratib yoziladi. Ba’zan bu olmoshlar og‘zaki nutqda manavi, anavi tarzida talaffuz qilinishi va shunday yozilishi mumkin.
Ushbu mavzuda olmosh turkumidan uchraydigan fonetik o‘zgarishlar haqida o‘quvchilarga ma’lumot berib o’tilganini ko‘rishimiz mumkin.
Egalik, kelishik hamda -day, -dek, -aqa, -cha qo‘shimchalariqo‘shilganda, asos bilan qo‘shimcha o‘rtasiga bir n tovushiorttirib talaffuz qilinadi va shunday yoziladi. Masalan: shunday,o‘shanaqa,buncha.31
15-dars ‘‘Kishilik olmoshlari’’ haqida.
Uch shaxsdan biriga ishora qiluvchi olmoshlar kishilik olmoshlari hisoblanadi. So‘zlovchi birinchi shaxs, tinglovchi ikkinchi shaxs, nutqdan tashqari barcha shaxs, narsa, voqea-hodisalar o‘zga, ya’ni uchinchi shaxs sifatida qaraladi.
Men, biz birinchi shaxs, sen, siz ikkinchi shaxs, u, ular uchinchi shaxs kishilik olmoshlari hisoblanadi. Bulardan men, sen, u birlik, biz, siz (lar), ular ko‘plik ma’nosini biidiradi.
Ba’zan biz, siz, ular birlik ma’nosida ham qo‘llaniladi. Biz birlik ma’nosida qo‘llanganda kamtarlik, bajargan ishida o‘zini ta’kidlamaslik ma’nosini bildiradi. Masalan, Mening uyim o‘rniga Bizning uyimiz. Men g‘olib chiqdim o‘rniga Bizg‘olib chiqdik. Shuningdek, siz, ular yakka shaxsga ishora qilib, hurmat ma’nosini bildiradi. Masalan, Senkeldingo‘rniga Sizkeldingiz,U keldio‘rniga Ularkeldilar.Sizhurmat ma’nosini bildirganda, ko‘pincha ko‘plik ma’nosini ifodalash uchun unga -larqo‘shimchasi qo‘shiladi. Masalan, Sizlarga doimobaxt yorbo‘lsin. Men, sen olmoshlariga -ni, -ning, -niki qo‘shimchalariqo‘shilganda, talaffuzda bir n tovushi tushib qoladi va shunday yoziladi.