2 sinf darslarida men,sen va ular olmoshlarining o'rrganilishi kurs ishim



Yüklə 203,61 Kb.
səhifə20/22
tarix20.11.2023
ölçüsü203,61 Kb.
#161877
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
2 SINF DARSLARIDA MEN,SEN VA ULAR OLMOSHLARINING O\'RRGANILISHI...KURS ISHIM..

25-dars ‘‘Mustahkamlash’’ darsi.




1-topshiriq. Gaplarni ko‘chiring. Olmoshlarni topib, ma’no guruhlarigaajrating.
1. U har yili ta’tilni o‘z qishlog‘ida, ota-onasi bag‘rida o‘tkazadi. (A. Qo- simov) 2. Akajon, akajon! U bizning laylak emas. Siz aqllisiz-ku! o‘sha qochoq bilan teng bo‘lasizmi? (S. Sirojiddinov) 3. Qiziq, unda nimaga asoslanib shunday qarorga keldingiz? (A. Karimov) 4. Har kim bilganicha maslahat bera boshladi. (N. Norqobilov)
    1. Akademik litseyda olmosh so‘z turkumining berilishi.


27-dars ‘‘Olmoshlarning ma’no xususiyati’’ haqida.
Dars maqsadi: Olmoshlarning ma’no xususiyatlari haqidagi talabalarning bilimlarini mustahkamlash.





32Bu ma‘lumot 7-sinf darsligining 24-darsidan olindi.
Barcha mustaqil so‘z turkumlari va hatto yordamchi so‘zlar hamda gap o‘rnida almashinib kelgan so‘zlarga olmosh deyiladi.Olmoshlar ot, sifat, son, ravish, fe’l o‘rnida va ba’zan yordamchi so‘z, gap o‘rnida almashinib keladi. Masalan, Gul ochildi. Uning ochilishi kishilarga rohat bag‘ishladi. Gullarning ko‘pi pushti rangda. Ana shu rang menga juda yoqadi. Karim gullarni uza boshladi. Bu esa bog‘bonning jahlini chiqardi. Va bog‘lovchisi o‘zaro teng ma’noli gaplarni bog‘laydi. Bu teng bog‘lovchilar sirasiga kiradi. Bu gaplarning birinchisida gul (ot) o‘rnida u, ikkinchisida pushti (sifat) o‘rnida ana shu, uchinchi gapda uza boshladi (fe’l) o‘rnida bu so‘zlari, to‘rtinchi gapda va bog‘lovchi o‘rnida bu olmoshi almashinib kelyapti.
Olmoshlar bevosita atash ma’nosiga ega bo‘lmaganligi uchun “ichi bo‘sh so‘zlar” deb ham yuritiladi.Aynan ana shu qoidaga alohida e’tibor qaratib ketish kerak.O‘quvchilar ichi bo‘sh so'z deganda nima nazarda tutilayotganini bilishmaydi.Buni alohida misollar orqali o‘quvchilarga tushuntirib berishimiz kerak.Masalan, men deganda aniq bir shaxs nazarda tutilmasligini, men deb hamma o‘zini ayta olishini tushuntirib berishimiz kerak yoki siz deganda aniq bir shaxsni emas har qanday insonga qarab siz deb murojat qilamiz misolida.
Olmoshlar qanday so‘zlarning o‘rnida almashinib kelishi va qanday ma’noni ifodalashiga ko‘ra bir necha ma’no turlariga bo‘linadi.33
282-mashq. Matnni o‘qing, olmoshlarni topib, ularga tavsif bering.



Yüklə 203,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin