Reja: Kirish I BOB. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA SHAXS VA NARSANING HARAKATINI BILDIRGAN SO`ZLARNI O`RGATISHNING NAZARIY ASOSLARI I.1. Boshlang‘ich sinflarda shaxs va narsaning harakatini bildirgan so`zlarni o‘qitishning maqsad va vazifalari
I.2. Boshlang‘ich sinf ona tili va o`qish savodxonligi darslarida fe’l soz turkumini o`rganishning ahamiyati
II BOB. 2-SINFDA «NARSA VA SHAXS HARAKATINI BILDIRGAN SO‘ZLAR» MAVZUSINI O‘RGATISH METODIKASI II.1. Boshlang‘ich sinflarda fe’l so‘z turkumini o‘raganishda interfaol metodlardan foydalanish
II.2. 2-sinflarda «Narsa va shaxs harakatini bildirgan so‘zlar»ni o‘rgatishda mashq materiallarining o`rni va ahamiyati
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq jamiyatni istiloh qilish va yangilash jarayonining eng muhim bo‘g‘ini,jamiyatdagi o‘zgarishlarning, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning, Respublikani jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvining zarur va majburiy sharti sifatida ta’lim sohasini istiloh qilish siyosati izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda ushbu dastur yosh avlodga uzluksiz ta`lim berish va uni tarbiyalash jarayonini qamrab oladigan yagona ta`lim majmui hisoblanadi. Bunda ta`lim tizimining har bir bo`g`ini alohida o`rin va ma`suliyatga egadir. Dasturni to`liq amlga oshirish, qo`yilgan vazifalarga erishish anashu bo`g`inlarni holati va rivojlanish darajasiga, ularning o`zaro uyg`unligiga bog`liqdir.
Uzoq tarixga ega bo‘lgan o‘zbek xalqi ijtimoiy-siyosiy va g‘oyaviy to‘siqlarga qaramay, O‘rta Osiyodagi boshqa xalqlar kabi ilg‘or fikr egalarini, dunyoga mashhur buyuk olim, shoir va san’at ahllarini yetkazdi, insoniyatga ilm-fan, madaniyat va adabiyot sohasida o‘lmas yodgorliklar taqdim etdi. Abu Nasr Forobiy, Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Zamaxshariy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Munis Xorazmiy kabi olim va shoirlar o‘z asarlarida o‘sha davr maktablaridagi ta’lim - tarbiya, ilmiy va badiiy asarlarni o‘qish 7 va o‘rganish haqida fikrlar bildirib, metodik fikrning rivojiga ta’sir ko‘rsatdilar. Ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy yoshlarning asar matnini ifodali o‘qish san’atini egallashlariga diqqatni tortdi. Ulug‘ shoir o‘zining «Lisonut tayr» asarida asar mazmunini tushunib o‘qish usulini egallashga chaqirdi. «Mahbubul qulub» asarida «Xushnavis kotib so‘zga oroyish berur va so‘zlaguvchiga osoyish yetkurur» deb chiroyli yozishning va yozma nutq malakasini egallashning barchaga «osoyish» berishini ta’kidladi. «Muhokamatul lug‘atayn» asarida talaffuz va imlo, so‘z qudrati va nutq madaniyati, so‘z ma’nolaridan to‘g‘ri foydalanish, nutqni to‘g‘ri tuzish kabi masalalarning ilmiy sharhini berish bilan turkiy (o‘zbek) tilni chuqur o‘zlashtirish metodikasiga ulkan hissa qo‘shdi.