Temuriylar davrida madaniy hayot



Yüklə 32,67 Kb.
səhifə1/2
tarix04.04.2022
ölçüsü32,67 Kb.
#54698
  1   2
Temuriylar davrida madaniy hayot


TEMURIYLAR DAVRIDA MADANIY HAYOT.
REJA:

1. Temur va temuriylar davlatining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maishiy taraqqiyoti.

2. Me'morchilik, tasviriy san'at va amaliy san'at.

3. Ilm-fan va adabiyot.

4. San'at, falsafa va din.

Temur va temuriylar davri O‘rta Osiyo madaniyatida alohida davrni tashkil qiladi. Madaniyat tarixida klassik davr hisoblangan bu davr xususan, o‘zbek madaniyatining butungi huquqiy joylashuvida asos bo‘lib xizmat qildi. Avvalo, bu davr madaniyati Temur asos solgan kuchli davlatchilik tamoyillari asosida shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bilan bog‘liqdir. Amir Temur davrida O‘rta Osiyoning mustaqil bir davlat qilib birlashtirilishi mamlakatning iqtisodiy-madaniy taraqqiyotiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Ilm-fan, adabiyot va san'at, hunarmandchilik va me'morchilik ravnaq topdi. Mamlakat va poytaxt Samarqandning obodonchiligi yo‘lida mahalliy va chet mamlakatlardan ko‘plab fan va san'at ahllarini, hunarmand me'morlarni va musavvirlarni to‘pladi.

Temur markazlashgan davlat tuzish jarayonida ishlab chiqarishga, xususan qishloq xo‘jaligiga alohida e'tibor berdi. O‘rta Osiyoda qishloq xo‘jaligi sun'iy sug‘orishga bog‘liqligini yaxshi tushungan Temur Angor kanalini qazdirdi va Murg‘ob vodiysida sug‘orish ishlarini yo‘lga qo‘ydi. Samarqand va Shahrisabz shaharlari oqar suv bilan ta'minlavchi- Lalmikor yerlarda ariklar qazildi. Dehqonchiliqda donli ekinlar, paxga, zig‘ir ekilgan. Bo‘yoq uchun ro‘yan o‘simligi, shuningdek pillachilikda tutlar ko‘p ekilgan. Uzum, limon yetishgirshgan.

Ulug‘bek davrida Bog‘i maydonda turli o‘simliklar ekilib, Bog‘cha nomli bog‘ barpo etytgan. Temur Samarqand atrofida Bag‘dod, Sultoniya va Sheroz nomli qishloqlar qurdiradi. Temur va Ulug‘bek davrida qo‘ychilik va yilqichilikka alohida e'tibor berilgan.

Tog‘-kon ishlari yo‘lga qo‘yilib, turli ma'danlar qazib olinishi tufayli hunarmandchilik rivojlangan.

Obodonchilik, sug‘orma dehqonchilikning rivojlanishi iqtisodiy hayotda muhim soha-hunarmandchilik, savdo va tovar pul munosabatlarining taraqqiyotiga ijobiy ta'sir ko‘rsatdi hunarmandchilik tarmoqlarining ko‘payishi tufayli shaharlarda hunarmandchilik mahallalarining soni ortib, yangi bozor rastalari, tim va toqlar qurildi. To‘qimachilik, kulolchilik, chilangarlik, temirchilik va binokorlik sohalari asosiy o‘rin tuggan. Samarqand, Buxoro, Toshkent, Shohruhiya, Termiz, Shahrisabz, Karshi shaharlarida yangi hunarmandchilik mahalalari qurilib, savdo markaziga aylandi. Ip, jun, kanop tolasidan gazmollar to‘qilgan. Ipakdan shoyi gazlamalar atlas, kimxob. banoras, duhoba, horo, debo kabi gazmollar to‘qilgan.

XV asrda metall buyumlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari, asbob uskunalar, qurol-yarog‘lar ko‘plab ishlab chiqarilgan. Samarkand qurolsozlik markaziga aylanib, sovutsozlar mahallasi qurigan. Shaharlarda mis va jezdan buyumlar va mis chaqalar zarb qilingan. Temur farmoni bilan Usta Izzoddin Isfahoniy yasagan jez qozon va shamdon hozirgacha saqlanib qolgan. Misgar va chilangarlar metallni toblash, quyish, sirtiga naqsh solish, oltin va kumush suvi yuritish kabi murakkab ishlarni bajarganlar.

Masalan, Bibixonim masjidi eshiklari yetti xil madan qotishmadan tayyorlangan. Zargarlar oltin, kumush va jez qotishmalaridan nafis zeb-ziynat buyumlari yasaganlar. Oltin va kumush gardishli, qimmatbaho toshlar qadalgan idishlar sirtiga naqsh va yozuvlar ishlangan.

O‘rta Osiyo zaminida temuriylar davri ilm-fan, adabiyot, san'at sohalarida kamolot bosqichiga kutarildi. Temuriylar davlatining qudrati ayniqsa me'morchilikda namoyon bo‘ldi. Oqsaroy peshtoqida bitilgan «Qudratimizni ko‘rmoq istasang - binolarimizga boq!» degan yozuv Temur davlatining siyosiy vazifasini ham anglatar edi. Temur davrida Movarounnahr shaharlari qurilishida istehkomlar, shoh ko‘chalar, me'moriy majmualar keng ko‘lam kasb etadi. Ilk o‘rta asrlardagi shaharning asosiy qismi bo‘lgan «Shahriston»dan ko‘lam va mazmuni bilan farq qiluvchi «hisor» qurilishini Samarqand Shaxrisabzda kuzatish mumkin.

Qadamjolar me'morchiligi ham o‘ziga xos tuzilishga ega. Temur Buxoroda Chashmai Ayub (1380y.) yodgorligini qurdiradi. Shunigdek, Temur Shahrisabzda ziyorat va dafn marosimlari uchun «hazira»- «Dor us-Siyozat» (1389-1400) xilxonasini qurdirgan. O‘g‘li Jahongir vafot etgach Shahrisabzda maqbara (hazrati Imom) qurdirgan. Unda Xorazm me'morchiligi ananalarini ko‘rish mumkin.

Samarqanddagi Ulug‘bek rasadxonasi me'moriy san'atining noyob yodgorligidir. Rasadxona diametri 48 metrli aylana shaklda bo‘lib, uch qavatlidir.

Temuriylar davrida qurilgan saroylar ikki xil bo‘lgan. Birinchisi-ma'muriy-siyosiy maqsadda bo‘lib, qal'a yoki shahar ichida qurilgan. Ikkinchisi-shahar tashqarisidagi bog‘larda qurilgan qarorgohlarda qabul marosimlari, majlislar o‘tkazilgan va xordiq chiqarilgan. Shahrisabzdagi Oqsaroy gumbazining diametri 22 metr bo‘lib, toq va ravoqlari beqiyos bo‘lgan. Temur va Ulug‘bekning asosiy, qarorgohi Samarqanddagi Ko‘ksaroy va Bo‘stonsaroy deyiladi. Shuningdek, shahar tashqarisida Temur o‘n ikkita bog‘ va saroylar bunyod etgirgan.

Temur darvrida qurilgan Shirinbeka opa, Bibixonim, Tuman opa obidalarida naqqoshlik va xatgotlik bilan birga tasviriy lavhalar ham mavjuddir. Shirinbeka opa maqbarasida tasvir ko‘p ranglarda, qolgan ichki bino devorlarida oq va moviy rangdagi tabiat manzaralari tasvirlanadi.

Xattotlik san'ati taraqqiyotiga XV asrda an'anaviy nasxi, kufiy, devoriy xatlari bilan birga peshtoqlarni bezovchi suls va tezkor-nasta'liq noyob qulyozma asarlar ko‘chiriladigan maxsus ustaxonalar kitobotchilikning ravnaqiga ijobiy ta'sir ko‘rsatdi. Tarixiy shaxslarning qiyofalari ham miniatyuralarda aks etgan. Amir Temur qiyofasi tiriklik vaqtida aks etgan miniatyuralar hali topilmagan. Asl holatiga yaqin suratlar «Zafarnoma»ning dastlabki ko‘chirilgan nusxalarida uchraydi. Uning bir muncha yorqinroq qiyofasi Hirotda (1467 y.) ko‘chirilgan «Zafarnoma»da keltiriladi. Dastlab Mirak Naqqosh boshlagan va Behzod yakunlagan ushbu miniatyurada boy kompozitsiya va serjilo bo‘yoqlarning uyg‘unligi ajralib turadi.

XV asr miniatyuralarining aksariyatida sharq she'riyatining qahramonlari-Layli va Majnun, Xusrav va Shirin, Rustam, jang lavhalari tasvirlanadi. Umuman miniatyura san'ati Iroq, Eron, Xuroson, Movarounnahr va Hindistongacha hududda bir davrga xos badiiy- estetik hodisa edi. Bu hodisa Temuriylar bilan bog‘liq bo‘lib, temuriylarning Bag‘dod, Sheroz, Tabriz, Hirot, Samarqand, Dehli kabi markazlarida bir necha miniatyura maktablari vujudga keldi.

Samaqanddagi saroy musavvirlari Abul Xayya va uning shogirdlari Shayx Mahmud Taliliy, Pir Ahmad Bog‘i Shamoliy, Muhammad bin Mahmudshoh Darvesh Mansurlar ishlagan rasmlar nozik, bo‘yoqlar ustalik bilan qo‘llangan. Ularning miniatyuralari temuriylar dazriga xos ov-shikor mavzuida yaratilgan. 1420 yildan keyin Boysunqur Mirzo Hirotda xattotlik va naqqoshlik ustaxonasi tashkil qilgach bu rassomlarning ayrimlari Hirotga ko‘chib o‘tadi. Abul hayya tarixiy asarlariga ishlangan miniatyuralarda Amir Temur va temuriylarning qiyofalari aks etsa, badiiy asarlarga ishlagan rasmlarida ham ular turli holatlarda tasvirlanadi. Xalil Sulton davrida ishlangan ayrim miniatyuralar grafik tarzda, badiiy jihatdan o‘ziga xos «siyohi qalam» uslubida ishlangan. Temur hayotlik davrida uning saroy devorlarida shox va shahzodalar bor bo‘yida tasvirlanib, haqiqiy portret janrini Kamoliddin Behzod shakllatirdi. Umuman, Temur va temuriylarning qiyofalari tasvirlangan ko‘plab miniatyuralar dunyoning turli kutubxonalarida saqlanmoqda. Ularning aksariyatida rasm chizilgan davr yoki rassom, joy, maktab ko‘rsatilmagan. Biroq, bu miniatyuralarda nur sochib turgan quyoshsimon sherning boshi tasvirlangan tug‘ Temurning gerbi-uning saroyi peshtoqida, Xalil Sulton va Ulug‘bek zarb qilgan tangalarda uchraydi.

Samarqand maktabi miniatyurachilari vakillari kompozitsiya yaratish va manzara tasvirida mahoratlidirlar. Temuriylar davrida madaniyatning yuksalishi badiiy hunarmandchilikning turli shakllarida namoyon bo‘ldi. Badiiy hunarmandchilik asosan me'morchilik bilan bog‘liq bo‘lmay, koshinkorlik kulolchiligi, yog‘och va tosh o‘ymakorligi bilan ham bog‘liq edi. Qabr toshlariga qisman o‘simliksimon, asosan geometrik nazmlarda xattotlik namunalari bilan so‘zlar bigilgan. Bu yozuvlar chuqur, qusha o‘yiqlarida bitilgan. Qabrtoshlar sag‘ana yoki suna shaklida bo‘lib, bo‘z rangli marmardan, ayrim xollarda o‘ta noyob toshlardan tantana idishlar ishlangan. Yog‘och uymakarligida Go‘ri Amirda, Shohi Zinda, Yassaviy maqbaralari, eshiklari, shuningdek XV asrga oid uy ustunlari naqshlar bilan ishlangan. Temur va Ulug‘bek davrlarida metall o‘ymakorligi taraqqiy etadi. Buyum va idishlar oltinsimon bronza, latun, qizil misdan ishlangan. Naqshlar o‘yib, bo‘rtma usulda, qimmatbaho toshlar qadalib tayyorlangan.

Amaliy san'atning kulolchilik turi uchun yashil, zangori tusdagi yorqin sir ustiga sodda o‘simliknoma naqshlarni qora bo‘yoqlar bilan tushurishga yoki uyurma gullar ishlanishi, bu davrda paydo bo‘lgan oppoq idishlarga sir ustidan kobalt yordamida naqsh berilishi yangilik edi. Sopol buyumlardagi naqshlar mo‘yqalamda chizilgan. Oldingi asrlarda sopol buyumlariga chiziq naqshlar chizishgan, temuriylar davriga mansub chikkisimon sopol buyumlarda kulol-rassom turli uslubda och havorangdan to lojuvardga qadar ranglarni qo‘llaydi. Temur va temuriylar davrining amaliy san'at turlaridan to‘qimachilik, gilamdo‘zlik, kashtachilik yuksak san'at darajasiga ko‘tarildi.

Amir Temur ilm-fan rivoji uchun g‘amxo‘rlik qilishi tufayli Samarqand dunyoning ma'rifiy markaziga aylandi. Mashhur olimlar Samarqandga keldi. Masalan, Qozizoda Rumiy, tabib Xusomiddin Kermoniy, falaqiyotshunos Mavlono Ahmad, Ulug‘bek davrida turli mamlakatlardan kelgan 100 dan ortiq olimlar ilmiy va ijodiy faoliyat ko‘rsatgan. Temur va temuriylar zamonida tabiiy va gumanitar fanlar sohasida buyuk olimlar yetishib chiqdi hamda jahon faniga munosib hissa qo‘shdi. Falokiyotshunoslik fanida Ulugbek, Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid va Ali Qushchilar yangi kashfiyotlar qildi. Tarix ilmida Sharofiddin Ali Yazdiy, Hofizi Abro‘, Abdurazzoq Samarqanday, Mirxond, Xondamir, Zayniddin Vosifiy va boshqalar qimmatli asarlar yaratdi. Badiiy ijod va tilshunoslikda Jomiy, Navoiy, Davlatshoh Samarqandiy, Atoullo Husayniy, Koshifiy singari ijodkorlar yuksak san'at asarlari bilan mashhur bo‘ldi.

Temur va Temuriylar davridagi madaniy yuksalishning umumiy omillarini aniqlash shuni ko‘rsatadiki, ular o‘zaro uzviy bog‘langan va yaxlit bir butun holdagina qisqa vaqt ichidagi madaniy-ma'naviy yuksakligini yuzaga keltira olgan.

Bulardan birinchi navbatda siyosiy- ijtimoiy omilni ko‘rsatish mumkin. Movarounnahr va Xurosonda tarqoq, o‘zaro nizo va urushlar natijasida turli viloyat, amirliklarga bo‘linib ketgan va kelgindi hukmronlar - mo‘g‘illar tomonidan ayovsiz ezilgan xalqning mustamlakachiliqdan qutulishi, mamlakatda yagona birlashgan davlatning barpo etilishi, yagona davlatchilik asosida boshqarish qoidalarining joriy etilishi, zo‘ravonliklar, o‘zboshimchaliklar kabi illatlarning tugatilishi ijtimoiy yuksalishni ta'minladi.

Ikkinchi - iqtisodiy omil - Movarounnahr va Xurosonda yagona idora tizimining joriy etilishi iqtisodiy osoyishtalik, ishlab chiqarishni jadal rivojlanishga olib keldi. Davlat tomonidan dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiqning rivojiga e'tibor berilishi va bu sohada kator tadbirlarning amalga oshirilishi mamlakatning ma'naviy-madaniy taraqqiyoti uchun nihoyatda muhim ahamiyat kasb etdi.

Uchinchi - ma'naviy omil - avvalgi madaniy meros, ma'naviy qadriyatlar, boyliklardan keng foydalanish, ular asosida rivojlanishini amalga oshirishdan iborat bo‘ldi. Markatiy Osiyoda avvalgi asrlarda, xususan IX-XIII asrlarda yaratilgan madaniy – ma'naviy boyliklardan, Xorazmiy, Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Chag‘miniylar merosidan; arab, fors va turkiy tillarda yaratilgan Firdavsiy, Nizomiy Ganjaviy, Rumii, Tusiy, Attor kabi allomalar merosidan: Musulmon Sharqi ma'naviy merosida keng ahamiyat kasb etgan qadimgi yunon ilmiy-ma'naviy, boyliklaridan keng foydalanildi.

To‘rtinchi -g‘oyaviy omil bu omil ma'naviy omilning uzviy davomi bo‘lsa-da, uning muhim ahamiyatga ega bo‘lganligi va o‘z davri ma'naviy hayotida katta rol o‘ynaganligi uchun alohida ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir. Bu XV asrga kelib Movarounnahr va Xurosonda keng tarqalgan tasavvuf - xususan Naqshbandiya ta'limotidir. Markaziy Osiyoda Yusuf Hamadoniy, Abdu Xoliq G‘ijduvoniy ta'limotlarini rivojlantirish asosida shakllangan Naqshbandiya ta'limoti va uning yirik vakillari XIV-XV asrlardaga siyosiy-ijtimoiy hamda madaniy hayotda nihoyatda muhim rol o‘ynadi, ma'naviy o‘zgarishlar ma'lum erkinlik uchun g‘oyaviy asos, omil bo‘lib xizmat qildi. Temur va temuriy shahzodalar, ko‘p olim- fozillar, hunarmandlar naqshbandiya ta'limotidan ozuka oldilar, o‘z faoliyatlari, ijodlari bilan uni har tomonlama boyitdilar.

Temuriylar ma'naviy madaniyati to'g'risida gap borganda, dastawal, ona yurtimizda Uyg'onish davrining ikkinchi bosqichi bo'lgan bu oltin asrda ilm-fanning nechog'lik ravnaq topganligi hamda uning jahon ilmu urfoni taraqqiyotiga qo'shgan bebaho hissasi haqida har qancha g'ururlansak arziydi. Bu davrning yana bir muhim yutug'i—bu ijtimoiy fanlar, xususan, tarixshunoslik sohasida katta tadqiqotlarning yaratilganligidir.

Bu xayrli ishlarning yuzaga chiqishida ham temuriy hukmdorlar tashabbusi va rahnamoligi beqiyos bo'lgan. Jumladan, Amir Temurning «Tuzuklari», Mirzo Ulug'bekning «To'rt ulus tarixi», Bobur Mirzoning «Boburnoma»si ijtimoiy fanlar rivojiga ayricha ta'sir ko'rsatganligi shubhasizdir. Temuriylar davrida salmoqli iz qoldirgan alloma olimlardan Nizomiddin Shomiy va Sharafiddin Yazdiyning «Zafarnoma», Xofiz Abruning «Zubdat at-tavorix», Abdurazzoq Samarqandiyning «Matla ul-sa'dayn» va «Majma' ul-bahrayn» («Ikki saodatli yulduzning chiqish o'rni va ikki azim daryoning quyilish joyi»), Ibn Arabshohning «Amir Temur tarixi», Mirxondning yetti jildli «Ravzat ul-safo» («Poklik bog'i»), Xondamirning «Makorimul axloq» («Yaxshi fazilatlar»), «Xabibus siyar fi axboru afodul bashar» («Xabarlar va bashariyat odamlaridan dilga yaqin siyratlari») asarlari o'sha zamon tarixshunoslik ilmining yuksaklik darajasini o'zida ifoda etadi. Ularning har birida nafaqat u yoki bu hukmdorlarning davlat siyosati yohud harbiy yurishlari yohud shaxsiyatlariga oid ma'lumotlar aks etib qolmay, balki shu bilan birga o'sha davrning barcha murakkab, ziddiyatli jarayonlari, tarixiy voqealar, hodisalar silsilasi ham ishonarli tarzda yoritilganligi ayon bo'ladi.

Badiiy adabiyot. Amir Temur va temuriylar davri madaniy muhitining yorqin sahifasini turkiy (eski o'zbek) adabiyotining ravnaqisiz tasawur etib bo'lmaydi. Negaki, sarchashmalari ancha olis davrlardan boshlangan bu adabiyot bu vaqtga kelib yanada sayqal topib, uning badiiy imkoniyatlari yangi ufqlar kashf etib, yuksak rivojlanishga erishdi. Buning natijasida yangi-yangi nomdor shoiru adiblar ijod maydoniga kirib kelib, o'z betakror, umrboqiy asarlari bilan badiiy tafakkur xazinasiga salmoqli hissa qo'shdilar.

Sakkokiy singari zabardast turkigo'y shoirlar ijodining ravnaqi tufayli mumtoz adabiyotimiz yangi marralarga ko'tarildi va uning xilma-xil janrlarida bir-biridan go'zal va nafis badiiy asarlar yaratildi. Lutfiiyning turkiy devoni, Xorazmiyning «Mahzanul asror» (Sirlar xazinasi), Durbekning «Yusuf va Zulayxo» asarlari yohud Gadoiy va Atoiylarning ishq-muhabbat, hayot nash'u namosini, inson shaxsi va uning yuksak orzu-armonlari, intilishlarini kuylagan otashnafas she'r-g'azallari, qasidalari - bular mumtoz o'zbek adabi-yoti rivojining muhim yutug'idir. Mazkur asarlarda o'zbek tilining jarangdorligi, uning badiiy imkoniyatlarining benihoyaligi, qolaversa, uning halqchilligi, yuksak estetik qudrati va ta'sirchanligi to'la kuch bilan ifodalanganligi ko'zga tashlanib turadi.

O'zbek adabiyotning yanada yuksak darajaga ko'tarilib, keng e'tirof topishida ulug' o'zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy (1441-1501) ijodi alohida o'rin tutadi. Negaki she'riyat mulkining sultoni Navoiy o'ziga qadar bo'lgan turkigo'y shoirlar ijodi erishgan yutuqlarni o'zida mujassamlashtiribgina qolmay, balki ayni zamonda o'zining serqirra ijodi bilan bu adabiyotning yuksak kamol topishi va dovrug'ini ko'tarilishiga mislsiz ulush qo'shdi.

Navoiy «Xamsa»siga kirgan «Hayratul-abror», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sabbayi sayyor», «Saddi Iskandariy» doston-larining har biri o'zining bebaho ma'naviy qudrati, badiiy yuksakligi, til boyligining mukammalligi bilan ajrafib turadi. Eng muhimi, o'zbek tilida ilk bor «Xamsa» bitishdek g'oyatda mashaqqatli vazifani sharaf bilan ado etgan Navoiy dahosi har qancha tahsinga sazovordir. Ulug' mutafakkir asarlarini mutolaa qilar ekanmiz, ularda aks etgan, ilgari surilgan chin insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnat-sevarlik, hayotga oshuftalik, keng ma'nodagi ishq-rnuhabbat g'oyalari vujudimizni qamrab oladi, o'ziga maftun etadi. Bit ham Navoiy ijo dining umrboqiyligidan, umumbashariy qadriyatlar ruhi bilan chuqur sug'orilganligidan yaqqol dalolatdir.

Shu bilan birga, bu davrda fors-tojik adabiyoti ham an'anaviy tarzda rivojlanishda davom etdi. Bu adabiyot dovrug'ini baland ko'targan, yuksak badiiy ijod namunalarini yaratgan Kamol Xo'jandiy, Xofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy, Binoiy, Hiloliy va Vosifiy singari daho so'z san'atkorlari nomini alohida tilga olib o'tish joizdir. Ularrimg yuksak badiiy tafakkur ila yaratilgan umrboqiy asarlari, mana, necha asrlardirki, tarix va davrlar sinovidan o'tib, qanchalab avlodlar ongi: shuurini yorqinlantirib kelmoqda. Shunday qilib, Amir Temur va Temuriylar davri Vatanimiz xalqlarining hayotiy taqdirida, uiarning ijtimoiy taraqqiyotning yuksak marralariga ko'tarilib borishi davomida o'chmas iz qoldirgan alohida bir tarixiy bosqich bo'ldi. Eng muhimi, bu davr Amir Temurdek buyuk siymoni tarix maydoniga chiqardi. Bu zoti sharif va uning avlodlarining mislsiz sa'y-harakatlari, bunyodkorlik faoliyati tufayli Movarounnahr va Xuroson o'lkalari ulkan o'zgarishlarga yuz tutdi. Mo'g'ullarning bir yarirn asrlik bosqini va zulm-asoratidan butunlay xalos bo'lgan ona yurtimiz qudratli saltanat darajasiga ko'tarildi. Ayni chog'da, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma'naviy jihatlardan yuksalib, jahonga dovrug' taratdi. Ulug' ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan moddiy va ma'naviy madaniyatning yuksak namunalari, dur-u javohirlari mana necha asrlardirki, jahon ahlini hayratga solib, minnatdor avlodlar ardog'ida e'zozlanib kelmoqda.

Mustaqillik tufayli jahon ma’naviyati va ma’rifati sahnida o’z o’rinlariga ega bo’lgan komil ajdodlarimizni va ular qoldirgan boy ma’naviy-ma’rifiy merosni teran anglash, o’rganish va ulug’lash imkoniyati yuzaga keldi. Ota-bobolarimiz, xususan buyuk davlat arbobi, ma’rifat homiysi, yuksak ma’naviyat egasi Amir Temur va uning avlodlari qoldirgan merosi bugungi kunda xalqimiz uchun ruhiy-ma’naviy poklanish va milliy o’zlikni anglashning tugamas chashmasidir.

O’zbekistondagi tarixiy shaharlar, go’zal makonlarning ko’pchiligi Amir Temur va temuriylar davrida vujudga keldi. Temuriylar davri har sohada chinakam uyg’onish davri bo’ldi. 150 yillik mustamlakachilik, qaramlik yillarida shunday buyuk zot dunyoga mashhur davlat arbobi, ulug’ bunyodkor Amir Temur shaxsining asl mohiyatiga xolis va haqqoniy baho berish imkoniyatidan mahrum bo’lib yashadik. Sho’ro tuzumi sohibqiron haqidagi haqiqatni xalqdan yashirib keldi. Bobokalonimiz to’g’risida so’z aytilgan barcha manbalar ko’zdan yashirildi, ta’qiqlandi va soxtalashtirildi. Prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek: «Amir Temur nomi tarixiy sahifalaridan bo’yoq bilan o’chirildi, unutishga mahkum etildi. Maqsad xalqimizning oragidan milliy ong, milliy g’urur tuyg’usini yo’qotish, uni qaramlikka, tobe’likka ko’ndirish edi». Bu ishlarning tagidagi maqsad bizning o’zligimizni, tariximizni unuttirish, bizni manqurtga aylantirish edi. Shuning uchun ham biz Amir Temurning hurmatini joyiga qo’yar ekanmiz, birinchi galda shu savobli ish orqali xalqimizning, millatimizning izzat-hurmatini joyiga qo’ygan bo’lamiz. Buni hech qachon unutmaslik zarur. O’zligimizni anglashimiz, milliy qadriyatlarimizni tiklashimiz ham qarz, ham farz».

Amir Тemur ilm-fan rivoji uchun g’amxo’rlik qilishi tufayli Samarqand dunyoning ma’rifiy markaziga aylandi. Mashhur olimlar Samarqandga keldi. Masalan, Qozizoda Rumiy, tabib Хusomiddin Kermoniy, falaqiyotshunos Mavlono Ahmad, Ulug’bek davrida turli mamlakatlardan kelgan 100 dan ortiq olimlar ilmiy va ijodiy faoliyat ko’rsatgan. Тemur va temuriylar zamonida tabiiy va gumanitar fanlar sohasida buyuk olimlar yetishib chiqdi hamda jahon faniga munosib hissa qo’shdi. Falokiyotshunoslik fanida Ulug’bek, Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshid va Ali Qushchilar yangi kashfiyotlar qildi. Тarix ilmida Sharofiddin Ali Yazdiy, Hofizi Abro’, Abdurazzoq Samarqandiy, Mirxond, Хondamir, Zayniddin Vosifiy va boshqalar qimmatli asarlar yaratdi. Badiiy ijod va tilshunoslikda Jomiy, Navoiy, Davlatshoh Samarqandiy, Atoullo Husayniy, Koshifiy singari ijodkorlar yuksak san’at asarlari bilan mashhur bo’ldi.

Mirzo Ulug’bek davrida Samarqandda birinchi Akademiyaga asos solindi, Yer kurrasini o’lchash va falaqqiyotshunoslik jadvallarini tuzish ishlari amalga oshirildi. Samarqand rasadxonasining qurilishi ulkan madaniy voqea bo’lib, jihozi va ilmiy yutuqlari jihatidan unga teng keladigan rasadxona yo’q edi. Rasadxonada Ulug’bek matematika, geometriya, falaqqiyotshunoslikda chuqur bilimlar sohibi edi. Ali Qushchi, Muhammad Хavofiylar uning sevimli shogirdlari bo’lgan.

Mirzo Ulug’bek «Zij» asarida VIII-XI asrlarda boshlangan falaqqiyot ilmiga oid an’anani davom ettirib, yuqori darajaga ko’taradi. Matematikaga doir «Bir daraja sinusni aniqlash haqida risola», Falaqqiyotshunoslikka oid «Risolai Ulug’bek» va musiqa haqida «Musiqa ilmi haqida risola» kabi asarlar yozdi. Ulug’bek Samarqand, Buxoro va G’ijduvonda madrasalar qurdirib, ta’lim ishlariga rahbarlik qildi.

Тemur va temuriylar davrida xalq og’zaki ijodi namunalari yaratildi. Adabiyot badiiy uslub jihatidan takomillashdi, adabiyotshunoslik va tilshunoslikka oid ilmiy asarlar yaratildi. O’zbek tarjima adabiyoti vujudga keldi.

Bu davrda yetuk ijodkorlar Qutb, Sayfi Saroyi, Haydar Хorazmiy, Durbek, Amiriy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy, Bobur, Muhammad Solih va boshqalar yashab ijod qildi. Ayniqsa o’zbek yozma adabiyotining dunyoviy ko’lamini Alisher Navoiyning ijodi kamolot bosqichiga ko’tardi.

Movarounnaxr va Хurosonda o’zbek tili, adabiyoti va madaniyatining mavqei orta bordi. Хurosondagi turkiyzabon xalqlar va ularning ziyolilari Samarqand, Buxoro, Тurkiston va boshqa shaharlardagi olimlar shoiralar va san’atkorlar bilan o’zaro juda yaqin munosabatda bo’la boshladilar. Qaysi ijodkor o’ziga qaysi mamlakat yoki shaharni qulay deb bilsa, yosha yerda yashab ijod qildi.

Masalan, xorazmlik shoirlar Haydar va hofiz Хorazmiylar Sherozga, Ismoil Ota avlodlaridan bo’lgan shoir Shayx Atoiy Тurbatdan (Тoshkent yaqinidan) Balxga, Mavlono Lutfiy ham asli Тoshkentdan bo’lib Hirot yaqiniga borib yashab qolganlar.

Тemur va uning avlodlari adabiyot va san’atga, ilm-fanga yaqin kishilar edi. Тemuriylardan 22 ta ijodkor shoir bo’lib, ular o’zlari she’r yozish bilan birga ijodkorlarga xomiylik ham qilgan. Хalil Sulton, Husayn Boyqaro kabilar o’z she’rlaridan devon tuzganlar.

Хuroson va Movarounnaxrda forsiy va turkiyda ham ikkala tilda ijod qiluvchi shoirlar ko’p bo’lib, adabiy hayot yuksaladi. Sharq klassik adabiyoti tarjimalariga ham e’tibor kuchayadi. «Chaxor manoli» kabi adabiyot nazariyasiga oid asarlar yaratilgan. Badiiy ijodning g’azal, ruboiy, tuyuq kabi turlari rivoj topgan. Adabiy jarayonda shohlar ham, oddiy kosib va hunarmandlar ham, olim va fozillar ham qatnashgan.

Хurosondagi adabiy hayotning rivojida Boysung’ur Mirzo (Shohruhning o’g’li) ning o’rni beqiyos bo’lib, u o’z tashabbusi bilan fanlarning barcha sohalariga va san’at rivojiga katta hissa qo’shgan. Uning rahbarligida Firdavsiy «shohnomasi»ning ko’p qo’lyozmalarni qiyoslash asosida ishonchli ilmiy matni yaratildi. Boysung’urning o’zi ham forsiy va turkiyda she’rlar yozgan. Хullas, XV asr o’rtalarida Хurosonda o’zbek adabiyotining yangi maktabi yuzaga keldi.

Movarounnaxrda Ulug’bek davrida ko’plab forsiy va turkiy ijodkorlar to’plandi. Adabiy muhitni bevosita Ulug’bekning o’zi boshqarar, Samarqandda o’sha davrning eng yaxshi shoirlari yig’ilgan edilar. Shoirlarning sardori («Malik ul-kalom») qilib Mavlono Kamol Baraxshiy tayinlangan edi. Sakkokiy o’z qasidalaridan birida Ulug’bekning she’r yozishini va uning she’r haqidagi tushunchasi yuqori bo’lganligi ta’kidlab o’tgan. Ulug’bek Хurosondagi ijodkorlar bilan ham do’stona munosabatda bo’lgan. U Lutfiy she’rlarini XV asrning mashhur shoiri Salmon Sovajiy she’rlari bilan teng ko’rgan. Mumtoz shoir bilan tenglashtirish Lutfiy uchun katta sharaf edi.

Ulug’bek saroyidagi eng obro’li o’zbek shoiri Sakkokiyning lirik she’rlari bilan birga o’zbek tilidagi qasidalari ham bu she’riy janrning sezilarli yutug’i bo’ldi.

Navoiy «Majolisun-nafois» tazkirasida ko’proq xurosonlik shoirlar haqida ma’lumotlar bersa, Davlotshoh Samarqandiy «Тazkirat ush-shuaro» asarida o’tmishda o’tgan ijodkorlarga to’xtaladi. Yaqinda ma’lum bo’lgan Shayx Ahmad ibn Хudoydod Тaroziyning «Fukukul-balog’a» (1437 y.) asari temuriylar davri Movarounnaxrdagi adabiy hayotni o’rganish imkonitlarini ochdi.

Shayx Axmad Тaroziy asarida she’r nazariyasiga doir ilmiy masalalarni yoritish bilan birga, shu paytgacha noma’lum bo’lgan o’zbek va forsiyzabon shoirlarning she’rlaridan misollar keltiradi. Shayx Тaroziy o’z asarida bizga ma’lum bo’lgan mashhur shoirlardan tashqari, bizga noma’lum bo’lgan Muhammad Тemur Buzoning tuyuqlarini, Shams Qisoriyning «al-maqlubul-ba’z» she’riy san’ati namunalarini, Jaloliy degan shoirning ishqiy mazmundagi baytlarini, «mutasalsal» she’riy man’atiga o’zining g’azalidan namunalar keltiradi.

«Mutasalsal» san’ati qofiya bo’lib kelgan so’zlarning yoki uning bir bo’lagining keyingi bayt boshlanishida takrorlanishi bilan baytlarni bir-biriga bog’lashni anglatadi. Тaroziyning «Fukukul-balog’a» asari o’sha davr o’zbek adabiyoti tarixini yanada chuqurroq o’rganishda qimmatlidir.

XV asrning ikkinchi yarmi o’zbek adabiyotining eng rivojlangan davri bo’lib, bu yuksalik Тemuriy Boyqaro va o’zbek adabiyotining porloq quyoshi Navoiy nomlari bilan bog’liq. Boyqaro hukmronligi davrida adabiyot, san’at va fanning ko’p sohalari rivojiga katta ahamiyat bergan. «Husayniy» taxallusi bilan she’rlar yozgan, bu ulug’ zot o’z hukmronligi davomida Navoiyga «muqarrabi hazrati sultoniy» mansablarini berib birgalikda madaniyatning rivojlanishiga homiylik qilishgan. Navoiy ustozi Jomiy bilan hamkorlikda ma’naviyat taraqqiyotiga rahnamolik qildi. Ular timsolida badiiy adabiyot eng buyuk yutuqlarga erishdi. Navoiyning «Хamsa» va «Хazoyinul-maoniy» devoni, Jomiyning «hasht avrang» va she’riy devonlari shu davr adabiyotining eng buyuk namunalari bo’ldi. Husayn Boyqaro o’z «Risolasida» uning hukmronligi davrida shunday asarlar yaratilganidan cheksiz faxrlangani bejiz emas.

Bu boy adabiy meros o’zbek adabiyotining keyingi taraqqiyotiga ham o’zining chuqur ta’sirini ko’rsatdi. Boburning «Boburnoma» asari shu davr o’zbek adabiyoti va ilmining hayotbaxsh an’analari asosida yuzaga kelgan edi.

XV asrda o’zbek adabiyoti, ayniqsa Navoiy ijodi misolida adabiy janrlar rang-barangligi nuqtai nazaridan ham eng yuksak cho’qqiga ko’tarildi. O’zbek adabiy tili shakllandi. o’zbek nazmi va nasridagi adabiy uslubning xususiyatlaridan biri adabiy va ilmiy asarlarda fikr ifodasida forsiy va arabiy so’z va iboralardan, atamalardan, forsiy tilga xos jumla tuzilish qoidalaridan keng foydalandilar. Тemuriylarning adabiyot va madaniyat sohasidagi an’analari keyinchalik boburiylar tomonidan Afg’oniston va Hindistonda, XVIII-XIX asrlarda Хorazm va Qo’qon xonligida rivojlantirildi.

Тemuriylar davri adabiyoti o’zbek adabiyoti rivojida o’ziga xos alohida bir bosqichni tashkil etadi. Undagi ulug’vor insonparvarlik va xalqchillik, adolatparvarlik va ma’rifatparvarlik g’oyalari hamon o’z tarovatini yo’qotgani yo’q. Bu adabiy meros O’zbekistonda hali asrlar davomida o’zining boy mazmuni bilan, g’oyaviy-mafkuraviy teranligi va ilohiyligi bilan komil insonni tarbiyalashda katta ahamiyat kasb etadi.

Тemuriylar davrida yaratilgan adabiyot tasavvufning adabiyoti darajasini belgiladi. Adabiyot tasavvufning g’oyaviy mazmunida ilohiy masalalarni qamrab olib umuinsoniy tafakkurni ifodaladi.

Movarounnaxr va Хurosonda ХIV asrning ikkinchi yarmi va XV asrda ro’y bergan madaniy yuksaklik butun musulmon Sharqigina esas, ovropa mamlakatlarini hayratga soldi. Bu yuksaklik Markaziy Osiyoning so’nggi madaniy-ma’naviy rivojinigina belgilab bermay, qo’shni mamlakatlardagi madaniy taraqqiyotga ham katta turtki berdi.

Mustaqillik tufayli jahon ma’naviyati va ma’rifati sahnida o’z o’rinlariga ega bo’lgan komil ajdodlarimizni va ular qoldirgan boy ma’naviy-ma’rifiy merosni teran anglash, o’rganish va ulug’lash imkoniyati yuzaga keldi. Ota-bobolarimiz, xususan buyuk davlat arbobi, ma’rifat homiysi, yuksak ma’naviyat egasi Amir Temur va uning avlodlari qoldirgan merosi bugungi kunda xalqimiz uchun ruhiy-ma’naviy poklanish va milliy o’zlikni anglashning tugamas chashmasidir. O’zbekistondagi tarixiy shaharlar, go’zal makonlarning ko’pchiligi Amir Temur va temuriylar davrida vujudga keldi. Temuriylar davri har sohada chinakam uyg’onish davri bo’ldi. 150 yillik mustamlakachilik, qaramlik yillarida shunday buyuk zot dunyoga mashhur davlat arbobi, ulug’ bunyodkor Amir Temur shaxsining asl mohiyatiga xolis va haqqoniy baho berish imkoniyatidan mahrum bo’lib yashadik. Sho’ro tuzumi sohibqiron haqidagi haqiqatni xalqdan yashirib keldi. Bobokalonimiz to’g’risida so’z aytilgan barcha manbalar ko’zdan yashirildi, ta’qiqlandi va soxtalashtirildi. Prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek: «Amir Temur nomi tarixiy sahifalaridan bo’yoq bilan o’chirildi, unutishga mahkum etildi. Maqsad xalqimizning oragidan milliy ong, milliy g’urur tuyg’usini yo’qotish, uni qaramlikka, tobe’likka ko’ndirish edi». Bu ishlarning tagidagi maqsad bizning o’zligimizni, tariximizni unuttirish, bizni manqurtga aylantirish edi. Shuning uchun ham biz Amir Temurning hurmatini joyiga qo’yar ekanmiz, birinchi galda shu savobli ish orqali xalqimizning, millatimizning izzat-hurmatini joyiga qo’ygan bo’lamiz. Buni hech qachon unutmaslik zarur. O’zligimizni anglashimiz, milliy qadriyatlarimizni tiklashimiz ham qarz, ham farz».

O’zbekiston mustaqillikka erishishi bilanoq Prezidentimiz boy ma’naviy merosimiz, dinu-iymonimiz, qadriyatlarimiz, shu jumladan ulug’ bobomiz sohibqiron Amir Temur nomini, u haqidagi tarixiy haqiqatni tiklashga shaxsan rahnamolik qilib kelmoqda. O’zbekiston mustaqilligi bizga buyuk sohibqironni ham qaytarib bergani bilan alohida qadrga egadir. Amir Temurning siymosi xorijda yillar davomida teatr sahnalaridan tushmay kelgan, Evropa tillarida 500 dan ziyod, Sharq tillarida 900 ga yaqin kitoblar yozilgan, ko’p suvratlari ishlangan. Toshkentning markazidagi xiyobonda sohibqironga muhtasham haykal o’rnatildi, Amir Temur va temuriylar davri muzeyi barpo etildi. 1994 yilda Mirzo Ulug’bek tavalludining 600 yilligi, 1996 yilda sohibqiron tavalludining 660 yilligi munosabati bilan dunyo miqyosida ulkan tadbirlar o’tkazildi. Parijdagi YuNESKO qarorgohida o’tkazilgan yubiley tantanalari jahon miqyosida nishonlandi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko’ra «Amir Temur» xayriya xayriya jamg’armasi tashkil etildi. Dunyoning taniqli siyosat arboblari, olimlari, yozuvchilari, tarixchilari ishtirokida ilmiy-amaliy anjumanlar o’tkazildi. Prezident farmoni bilan yuksak mukofot – «Amir Temur» ordeni ta’sis etildi. Bularning barchasi Prezidentimiz boshchiligida mustaqillik tufayli o’zbek xalqining ma’naviy tiklanishi borasida olib borilayotgan keng jabhadagi xayrli ishlardan bir nishona xolos.


Yüklə 32,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin