4. Matnni tasvirlash. Matnni tasvirlash matn ustida ishlashda katta ahamiyatga ega bo`lib, o`quvchilaming ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradi, undan to`g`ri foydalanish esa asarda yozuvchi tasvirlagan hayotiy manzaralarni o`quvchilar aniq tasawur qilishlari uchun qulay imkoniyat yaratadi. Matnni ikki xil tasvirlash mumkin: 1) so`z bilantasvirlash; 2) grafik tasvirlash. So`z bilan tasvirlash o`ziga xos murakkab ish turi bo`lib, unda manzarani so`z yordamida aniq qayta tiklash talab etiladi. So`z bilan tasvirlash, shuningdek, grafik tasvirlash uchun ham o`quvchi matnni, undagi voqea sodir bo`lgan vaziyatni, qatnashuvchilarning tashqi ko`rinishini, xarakterli xususiyatlarini yaxshi bilishi zarur. So`z bilan tasvirlashda so`zlarni aniq tanlash talab qilinadi, bu esa o`quvchilar nutqini rivojlantirishda foydali vositalardan biri hisoblanadi. Tasvirlashdan o`qituvchi turli maqsadlarda, chunonchi, reja tuzishga asos sifatida, qayta hikoyalashga tayyorlashda, voqea yuz bergan sharoitni aniqlashda foydalanadi. Tasvirlashdan mustaqil ish sifatida ham foydalaniladi: o`qituvchi matnning ma`lum qismidan o`quvchilarga juda ma`qul bo`lgan manzarani so`z bilan yoki grafik tasvirlashni, unga muallif so`zini tanlashni hamda turli tabiat manzaralarini, qatnashuvchi kishilarning tashqi ko`rinishini, voqea sodir bo`lgan joylarni tasvirlashni topshiriq qilib berishi mumkin. Matnni so`z bilan tasvirlashga o`rgatishni darslikda berilgan rasmni matndagi shu rasmga mos qism bilan taqqoslab tasvirlashdan boshlash kerak. So`z bilan tasvirlash bosqichma-bosqich, maxsus tayyorgarlikdan so`ng amalga oshiriladi:1. Matndan manzara, vaziyat yoki qahramonlaming tashqi ko`rinishi tasvirlangan o`rinlar aniqlanadi. 2. Nisbiy tugallangan o`rinlar ajratiladi.3. Tasvirlashga leksik-uslubiy tayyorgarlik ko`riladi, ya`ni yozuvchi,shoir qo`llagan lug`aviy birliklarga o`quvchilar diqqati tortiladi va ular tahlil qilinadi. Tasvirlashda so`zni aniq tanlashga yordam beriladi; 4. So`z bilan tasvirlashga o`rgatishning dastlabki paytida xattaxtaga foydalaniladigan so`zlar yozib qo`yilishi zarur. So`z bilan tasvirlash qayta hikoyalashga aylanib qolmasligi lozim.