2. O`quvchilarning berilgan savol va topshiriqlarga o`z so`zlari bilan javob berishi. Mashqning bu turi o`quvchilarda o`qilganlar yuzasidan muhokama yuritish ko`nikmasini o`stirishga, asarda qatnashuvchi qahramonlarni baholashga, muallif tasvirlagan hayotiy lavhalar bilan asar g`oyasi o`rtasidagi bog`lanishni aniqlashga imkon beradi. Ishning bu turida beriladigan savollar ma`lum maqsadga yo`naltirilgan va muayyan izchillikda bo`lishi, o`quvchilarni mustaqil fikrlashga undashi lozim. Boshlang`ich sinf o`qish darslarida savol va topshiriqlar qaysi maqsadga yo`naltirilganiga ko`ra quyidagicha tasnif qilinadi:
1. Asar mazmunini o`zlashtirish va qayta hikoyalashga doir savoltopshiriqlar.
2. Asar tilini o`rganish va o`zlashtirishga doir savol-topshiriqlar.
Sabab-natija tarzidagi savollardan ham foydalaniladi. Agar o `q ituvchi asar g`oyasini tushunishda o`quvchilarga yordam berishni ko`zda tutsa, savol sabab-natija tarzida bo`ladi. Anvar Obidjonning “Odobli bo`lish osonmi?” ertagi (4-sinf) g`oyasi o`quvchilarni salomlashish odobi bilan tanishtirish, ularda muomala madaniyatini tarbiyalashdir. Ertakdagi asosiy fikrni aniqlash uchun o`qituvchi “Anvar Obidjonaytmoqchi bo`lgan salom berish mavridlarini o`zso`zingiz bilan aytibbering”, “Nima uchun echki sichqonga nasihat qildi?”, “Toshbaqaningsichqoncha haqidagi fikrini gapirib bering” kabi savol-topshiriqlardan foydalanishi mumkin. Qambar O`tayevning “Non qayerdan keladi?”(4-sinf) she`ri asosida esa “Non nima? Uni t a`riflang”, “Non qayerdan kelar ekan?”, “Nonni nima uchun qadrlash kerak?”kabi savol topshiriqlardanfoydalanish katta ahamiyat kasb etadi.Boshlang`ich sinflarda savol-topshiriqlarga javob berishga katao`rin berilgan. O`qituvchining vazifasi ana shu savol-topshiriqlar ustidaishlash usullarini oldindan belgilab olishdir. Ijodiy xarakterdagi savollaro`quvchilarni mustaqil fikrlashga undaydi. 4-sinf “O`qish kitobi”dano`rin olgan “Qodir bilan Sobir” matni yuzasidan o`quvchilarni o`zfikrini aytishga undovchi “Sobir o`qishdan kechikish sababini ochiq aytib to`g`ri qildimi?”, “Uning o`mida siz bo`lganingizda nima qilardingiz?”kabi savollar o`quvchilaming fikrlash qobiliyatlarini, og`zakinutqini o`stiradi va matnni yaxshi o`zlashtirishlariga yordam beradi.Asardagi voqealar tizimiga oid savol-topshiriqlar tuzish va undan tahliljarayonida ijodiy foydalanish ham katta ahamiyatga ega. Masalan,4-sinf “O`qish kitobi”dagi Qudrat Hikmatning “Bahor” she`ri asosida “She`rda dastlab nimalar haqida gapiriladi?”, “She`rdagi fikr yuritilgan narsalarni ketma-ket aytib berin”, “Shoir bahomi tasvirlashda qanday tasvir usullaridan foydalangan?”kabi savol-topshiriqlardan foydalanisho`quvchilar faolligini oshiradi.Savol-topshiriqlar ustida jamoa, juft va yakka tartibda ishlashmumkin.