Darsning mavzusi: Nadim Norxo’jayevning hayoti va ijodi. Mustahkamlash Ta’lim maqsad: O’quvchilarga bastakorning hayoti va uning ijod namunalari bilan tanishtirish, musiqa savodxonligi, musiqa tinglash madaniyati, qo’shiq kuylash qobilyatlarini rivojlantirish.Yangi mavzuni bilishga qiziqish va ishtiyoqlarini uyg’otish, milliy mumtoz kuy va qo’shiqlarni zamonaviy ohanglarda uyg’unlashtirgan xolda ta’lim berishdan iborat.
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni darsda intizomga rioya qilishni, musiqa tinglash, qo’shiq kuylash kabi jarayonlardagi qoidalarga amal qilishga o’rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning nutq aparatlarini ustirish, xotira proseslarini shakllantirish, tasavvurlarini boyitish, qobilyatlarini rivojlantirish, ona vatanga, oilga, ona tabiatga bo’lgan mehr-muhabbatlarini uyg’otish, milliy urf-odatlar, an’analar va qadryatlarimizni o’rgatish va shu asnoda tarbiyalash.
Dars turi: Aralash ( “musobaqa, “sayohat”, “savol-javob”)
Darsda foydalanadigan metodlar: Klaster, bumerang,……
Darsda foydalanadigan jihozlar:Texnika vositalari, musiqa asboblar, slaydlar, ko’rgazmali qurollar,tarqatma materyallar…..
1.Tashkiliy qism. O’quvchilar bahor faslini madh etuvchi kuy jo’rligi ostida musiqa xonasiga kirib keladilar.O’qituvchi o’quvchilar bilan musiqa ohangida salomlashadi. -O’qituvchi:_Musiqa_ohangida_salomlashiladi….._Salom_bolalar_hush_kelibsizlar….._-_O’quvchilar:_Salom_muallim_keldik_bir_pastda_Ildammiz_har_dam,o’tirdik_asta'>-O’qituvchi: Musiqa ohangida salomlashiladi….. Salom bolalar hush kelibsizlar….. - O’quvchilar: Salom muallim keldik bir pastda Ildammiz har dam,o’tirdik asta Do, re, mi, fa, sol, la, si gacha Kuylab sozlaymiz bizlar ohista……. O’quvchilar salomlashib bo’lgach ular o’z o’rindiqlarida o’ltiradilar
-O’qituvchi: Aziz bolajonlar, shirindan shakar, zukko va aqlli o’quvchilar,kayfiyatlaringiz a’lomi?