Reja; pirls xalqaro baholash dasturi haqida



Yüklə 26,43 Kb.
səhifə1/3
tarix30.01.2023
ölçüsü26,43 Kb.
#81642
  1   2   3
PIRLS tadqiqotlari


MAVZU; PIRLS xalqaro baholash dasturlari ga doir test namunalari bilan tanishtirish.
REJA;
1.PIRLS xalqaro baholash dasturi haqida.
2.PIRLS xalqaro baholash dasturi testlari.
3.Boshlang’ich sinflarda PIRLS dasturining ahamiyati.

PIRLS tadqiqotlarida 2021 yil O‘zbekistondagi 180 ta maktabda tahsil oluvchi 4-sinf o‘quvchilari ishtirok etishi ko‘zda tutilmoqda. PISA tadqiqotining tajriba-sinov jarayonida 15 yoshli o‘quvchilarning qatnashishi belgilangan. O‘quvchilar savodxonligini baholash bo‘yicha PIRLS xalqaro tadqiqoti qanday o‘tkaziladi? PISA xalqaro tadqiqoti-chi, qaysi fanlar bo‘yicha o‘quvchi savodxonligi baholanadi, kabi savollarga quyida javob olishingiz mumkin. PIRLS xalqaro baholash dasturida 60 dan ortiq davlatlar qatorida ilk bor O‘zbekiston o‘quvchilari ham qatnashadi.


«PIRLS bo‘yicha Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) hamda PISA bo‘yicha Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) bilan hamkorlikda respublikamizdan tadqiqotlarda ishtirok etuvchi maktablar va o‘quvchilar tasodifiylik tamoyillari asosida tanlab olindi.Joriy yilning aprel oyida bo‘lib o‘tadigan PIRLS tadqiqotlarida O‘zbekistondagi 180 ta maktabda tahsil oluvchi 5 948 nafar 4-sinf o‘quvchilari hamda ularning ota-onalari, maktab direktorlari va sinf rahbarlari ishtirok etishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, PISA tadqiqotining tajriba-sinov jarayonida 15 yoshli o‘quvchilarning qatnashishi belgilangan», deydi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Odil Qo‘ysinov.
O‘quvchilar savodxonligini baholash bo‘yicha PIRLS xalqaro tadqiqoti qanday o‘tkaziladi?
Hozirda inspeksiya huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi tomonidan o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida o‘tkaziladigan jarayonlar uchun barcha tadqiqot materiallari: baholash daftarlari va so‘rovnomalar tegishli tillarga moslashtirilgan holda tarjima qilinib, xalqaro sertifikatsiyadan o‘tkazilgan.PIRLS asosiy tadqiqoti qog‘oz shaklida o‘tkaziladi va unda 4-sinf o‘quvchilari matnni o‘qib tushunish darajalarini baholovchi test topshiriqlarini bajarishadi hamda ta’limga qiziqishlari, uy va maktab sharoitlari to‘g‘risidagi shaxsiy fikrlarini namoyon etuvchi o‘quvchi so‘rovnomasini to‘ldirishadi.Shuningdek, ishtirokchi maktablar rahbarlari va tanlangan sinf rahbarlari ta’lim muassasasidagi ta’lim muhitini o‘rganuvchi maktab va o‘qituvchi so‘rovnomasini, o‘quvchilarning ota-onalari yoki vasiylari esa farzandlarining ta’lim olish sharoitlarini o‘rganuvchi uy so‘rovnomasini to‘ldirishadi. 2021 yilda o'tkaziladigan PIRLS xalqaro baholash dasturida 70 ga yaqin davlatlar qatorida mamlakatimizdagi 4-sinf o'quvchilari ham ilk marotaba ishtirok etadi.
Har besh yilda o'tkaziladigan PIRLS dasturi 4-sinf o'quvchilarining o'qib tushunish ko'nikmasini xalqaro darajada baholaydi.
Mazkur dastur 4-sinf o'quvchilarining matematika va tabiiy fanlardan bilim darajasini baholaydigan TIMSS dasturini to'ldirishga yo'naltirilgan bo'lib, Boston kollejidagi TIMSS va PIRLS xalqaro markazi, IEA tashkilotining Gamburg va Amsterdam shaharlaridagi idoralari bilan yaqindan hamkorlikda boshqariladi.
O'quvchilarning erishgan yutuqlarini baholash barcha o'quvchilardan emas, balki ushbu qatlam vakillari sifatida tanlab olingan o'quvchilardan ob'ektiv testlarni o'tkazish orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, maktab direktorlari, o'qituvchilar, o'quvchilar, hattoki ota-onalardan so'rovnomalar o'tkazilib, ta'lim sifatiga ta'sir etuvchi omillarga doir qimmatli ma'lumotlar to'planadi.
PIRLS xalqaro tadqiqoti boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qib tushunish ko'nikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi ma'lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, o'qish va o'qitishni yaxshilashda ta'lim sohasidagi davlat siyosatiga xizmat qilishi mumkin bo'lgan tahlillarni taqdim etadigan yirik xalqaro baholash dasturi hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda PIRLS ta'rifiga ko'ra, o'qish savodxonligi jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma til shakllarini tushunish va ulardan foydalanish, shuningdek, matnlardan turli shakllarda ma'no hosil qila olish qobiliyati hamdir.
Tadqiqot doirasida asosiy e'tibor tushunishni namoyon qilishdan o'zlashtirilgan ma'lumotlarni qanday qilib yangi loyihalar va vaziyatlarda qo'llay olish qobiliyatlarini namoyon qilishga qaratilmoqda.
O'quvchi bu jarayonning faol qatnashuvchisi bo'lib, ma'no yaratadi, matn ustida mushohada yuritadi va samarali o'qish strategiyalarini ongli ravishda tanlab qo'llaydi. Har bir matn turi odatiy shakl va qoidalarga amal qilgan holda o'quvchiga matnni sharhlashga yordam beradi. Har qanday matn turli shaklga ega bo'lishi mumkin. Bular an'anaviy kitoblar, jurnallar, hujjatlar va gazetalar, shuningdek, raqamli ko'rinishdagi yozma shakllarni ham o'z ichiga oladi.
PIRLS boshlang'ich sinf o'quvchilarining sinf va sinfdan tashqari o'qishini baholashda ikkita keng qamrovli maqsadga, ya'ni “badiiy tajriba orttirish”, “axborotni olish va undan foydalanish”ga qaratiladi. O'z navbatida, ushbu maqsadlarning har biri to'rtta keng tushunish jarayonini birlashtiradi. Bular:

diqqatni jamlash va aniq ko'rsatilgan ma'lumotlarni topish;

to'g'ridan-to'g'ri xulosalar chiqarish;

kontent va matn elementlarini baholash va tanqid qilish;

g'oyalar va axborotni talqin qilish va uyg'unlashtirish.

Tadqiqotdagi matnlar murakkabligiga ko'ra, o'rtacha 500 dan 800 tagacha, o'quvchilarning o'qish savodxonligi darajasi past bo'lgan mamlakatlar uchun 400–500 ta, ePIRLSda esa, taxminan 1000 ta so'zdan iborat bo'ladi.
Matnning mazmuni 9-10 yoshdagi o'quvchilarga mos, ayrim madaniyatlarga juda xos bo'lgan mavzulardan chetlashgan, shuningdek, qiziqarli hamda o'quvchiga unchalik tanish bo'lmaydi.
PIRLS tadqiqotida o'qish savodxonligining darajalari quyidagicha tavsiflanadi:
Eng yuqori daraja (625 ball va undan yuqori) – O'quvchilar matnni yaxlit o'zlashtira oladi va ayni paytda uning alohida qismlarini bir-biri bilan bog'liq holda tushunadi. Muallifning g'oyasini izohlashda o'z fikrini asoslash uchun matnga tayana oladi.
Yuqori daraja (550 ball) – O'quvchilar matnning ahamiyatli xabarlarini tushunadi, matnga asoslanib o'z xulosalarini chiqaradi, matn mazmuniga ham, shakliga ham baho bera oladi, uning ayrim til xususiyatlariga e'tibor qarata oladi.
O'rta daraja (475 ball) – O'quvchilar matndan axborot topa oladi, matn shakli va tilining ba'zi xususiyatlaridan foydalanib, matnga asosan o'z xulosalarini chiqaradi.
Quyi daraja (400 ball) – O'quvchilar matnda aniq berilgan va cheklash oson bo'lgan xabarni ajratib oladi.
Tadqiqotda O'zbekistonning boshlang'ich sinf bitiruvchilari boshqa davlatlardagi tengdoshlariga nisbatan qanchalik darajada yaxshi o'qiydi? O'zbekiston o'quvchilarining o'qish savodxonligi qay darajada? O'qish 4-sinf o'quvchilari uchun sevimli mashg'ulotmi? Oila tomonidan savodxonlikni rivojlantirishga qanday hissa qo'shilmoqda? Bugungi kunda bizning mamlakatimizda o'qishni o'rgatish jarayoni qanday tashkil etilgan? O'zbekiston o'qishni o'rgatish jarayonining boshqa davlatlarga nisbatan o'ziga xosligi bormi, agar shunday bo'lsa u nimada namoyon bo'ladi? Boshlang'ich sinflarimizning o'qituvchilari foydalanayotgan metodlar boshqa mamlakat o'qituvchilari foydalanayotgan metodlardan farq qiladimi? kabi asosiy masalalar o'rganiladi.
Shuningdek, tadqiqotda ta'lim sifatiga ta'sir etuvchi omillarni o'rganish va tahlil qilish maqsadida anketa so'rovnomalari ham o'tkaziladi. Jumladan, o'quvchilar so'rovnomasi orqali ishtirokchi haqida ma'lumotlar, oiladagi ta'limiy resurslar, maktabga, o'qituvchiga, o'quv faniga munosabat, o'quvchilar o'rtasidagi munosabat, o'quv fanlari bo'yicha o'zini baholash, sinfdan tashqari mashg'ulotlar to'g'risida ma'lumotlar to'planadi.
O'qituvchilar so'rovnomasi o'qituvchilar haqidagi ma'lumotlar, maktabning jihozlanishi, xavfsizlik, maktab muhiti, o'qitish usuli, malaka oshirish masalalarini o'z ichiga oladi.Ota-onalar so'rovnomasida ota-onalar haqidagi ma'lumotlar, oiladagi ta'limiy resurslar, farzandini maktabga tayyorlash, maktabga qabul qilinishidan avvalgi ko'nikma va malakalari, ota-onalarning maktabga va o'qishga munosabati o'rganiladi.
Maktab ma'muriyati so'rovnomasi orqali maktab quvvati, joylashuvi, jihozlanishi, ta'limiy resurslar, maktabda o'quv jarayonining tashkil etilishi, maktab muhiti o'rganilib, tahlil etiladi.Tadqiqotning 2016 yil natijalariga ko'ra, 50 ta mamlakat ichida, Rossiya, Singapur, Gonkong, Irlandiya va Finlyandiya mamlakatlari yuqori natijalarni qayd etgan bo'lsa, shular orasida rossiyalik va singapurlik o'quvchilar matnni o'qish va tushunish bo'yicha eng yuqori natijalarni ko'rsatdi. Shuningdek, Rossiyaning boshlang'ich sinf o'quvchilari ushbu mezon bo'yicha dunyoda yetakchilik qildi.
Mazkur davlatlarda o'qish savodxonligi bo'yicha yuqori natijalar quyidagi omillar bilan bog'liq: uydagi kitoblar va raqamli qurilmalarning mavjudligi, ziyoli ota-onalar va ularning kitobga bo'lgan muhabbati, bola maktabga borgunga qadar o'qish-yozishni o'rganganligi hamda maktabgacha ta'lim muassasalariga qamrab olish ko'rsatkichining yuqoriligi.PIRLS tadqiqotida O'zbekiston Respublikasining ishtirok etishi ta'lim sifatini oshirish, xalqaro miqyosda mamlakat nufuzini mustahkamlash bilan birga, o'quvchilar bilimini xalqaro talablar darajasiga olib chiqishga xizmat qiladi.
 XALQARO BAHOLASH PIRLS NING MAZMUN MOHIYATI VA TALABLARI

Ayni davrga kelib globallashuv jarayoni jamiyatning barcha sohalarida avj olmoqda va o’z navbatida, fan va texnikaning rivojlanishiga, iqtisodiyotning yuqori darajada o’sishiga hamda ta’lim sohasidagi integrasiya jarayoning yanadachuqurlashishiga olib kelmoqda. Ta’limning sifati, uning kompetentligi, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining muhim omili sifatida raqobatga chidamli malakali mutaxassislarni tayyorlash globallashuv davrining muhim xususiyatlariga aylandi.Shuningdek, globallashuv jarayoni kelajak egalari sifatidayosh avlodni tayyorlashda dunyo mamlakatlarining maqsadlarini umumiylashishiga olib keldi. Dunyo davlatlari ta’limning jamiyat taraqqiyoti va inson rivojlanishidagi muhim o’rnini e’tiborga olib, ta’lim sifatiga e’tibor qaratdi. Ayni davrda ta’lim sohasida sifat tushunchasi global fenomen sifatida ko’rilmoqda.Yoshavlodning intelektual faolligini shakllantirish nafaqat muayyan bir mamlakat balki xalqaro hamjamiyat uchun ham muhim masalaga aylandi.Shuning uchun ta’lim sifati, ta’lim sifatini baholash kabi masalalar bilan ko’pgina xalqaro tashkilotlar davlatlarida ta’lim sohasida baholashning PIRLS, TIMSS, PISA, TALIS, PIAAC, ICCS, SITES, IALS, ALL kabi xalqaro baholash dars turlari amaliyotga tatbiq etilgan.Zamonaviy globallashuv va o’sib borayotgan xalqaro raqobat sharoitida “Xar tamonlama rivojlanish konsepsiyasi” yosh avlodning bilim darajasiga bog’liq bo’lib qolmoqda. Shu maqsadda O’zbekiston Respublikasida yosh avlodni XXI asr bilim va ko’nikmalarini egallashlari uchun zarur shart-sharoit yaratish maqsadida ta’lim sohasida tizimli islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrda “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori asosida O’zbekiston Respublikasi VazirlarMahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro taqdiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi tashkil etildi.Bunday markazning tashkil etilishi o’quvchilarning ta’limdagi yutuqlarni baholash va nazorat qilish imkonini beradi. Bundan ko’rinadiki, mamlakatimizda ta’lim sifatini baholashning yangicha tizimi shakllanmoqda.Hozirda zamon talablariga javob beradigan munosib milliy baholash tizimini takomillashtirish maqsadida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari rivojlantirilmoqda. Jumladan, 2018-yil 12-noyabrda Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti o’rtasida Xalqaro talabalar bilimini baholash dasturi (programme for international student assessment (PISA) da ishtirok etish to’g’risida kelishuv imzolandi.O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida bunday xalqaro baholash tendensiyalariga amal qilish yosh avlodni intelektual faolligini oshirish, ularning ta’limdagi kompetentligini va kreativligini rivojlanishiga hissa qo’shadi. Yuqorida keltirilgan xalqaro baholash dasturlari tahsil oluvchilarning shu kabi qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan. Bugungi kunda bu baholash dasturlarini ta’lim jaraoyoniga integratsiya etsih zarur hisoblanadi. Quyida bu baholash dasturlari haqida bilb olamiz.
PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study-Xalqaro o’qish savodxonligini o’rganishdagi taraqqiyot) bu 4-sinf o’quvchilarning matnni o’qish va tushunishdarajalarini baholab beruvchi xalqaro qiyosiy baholash mezonidir.
PIRLS- (inglizcha – Progress in International Reading Literacy Study – matnni o’qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot) mazkur xalqaro tadqiqotning maqsadi turli xil ta’lim tizimidan iborat bo’lgan davlatlarda boshlang’ich maktab o’quvchilarining matnni o’qish va qabul qilish bo’yicha tayyorgarligi hamda o’quvchilarning har xil yutuqlarga erishishga sabab bo’luvchi ta’lim tizimidagi o’ziga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat. Albatta, bunday tadqiqot xalq ta’limi sohasidagi ishchilar, olimlar, metodistlar, o’qituvchilar, ota-onalar va jamoat vakillari uchun katta ahamiyatga egadir.PIRLS tadqiqotlari Xalqaro ta’lim institutlari assosiatsiyasi (IEA) tomonidan muvofiqlashtiriladi. Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assosasiyasi (IEA- International Association for the Evaluation of Educational Achievement) tomonidan tashkil etilgan. Xalqaro tadqiqotni tashkil etish uchun barcha mas’uliyat Chestnut Hill (Maccachucetc, AQSH) Boston kollejiga yuklatilgan.Tadqiqot uchun topshiriqlarni tayyorlash Germaniya (Gamburg) ma’lumotlar markazida amalga oshiriladi.Ilk bora tadqiqot 2001-yilda o’tkazilgan.Tadqiqot har 5 yilda bir marotaba o’tkaziladi.PIRLS tadqiqotda ishtirok etuvchi turli mamlakatlarda boshlang’ich sinfga maktab o’quvchilarini qabul qilish yoshi turlicha. Ko’plab mamlakatlarda maktabga olti yoshdan qabul qilishadi va to’rtinchi sinfni 10.5 yoshda tugatishadi.Biroq, Angliya, Yangi Zelandiya, Trinidad Tobagoda- maktabga 5 yoshdan qabul qilishadi va ahamiyatli jihati PIRLS xalqaro tadqiqotida ushbu mamlakatlarning 5-sinf o’quvchilari xalqaro tadqiqotda ishtirok etishadi.Shvesiya, Daniya va ko’plab Sharqiy davlatlarda- maktabga 7 yoshdan qabul boshlanadi va ushbu mamlakatlarning o’quvchilari qolgan tengdoshlariga nisbatan eng katta (10,7-10,9) yoshni tashkil etadi.
PIRLS tadqiqotida ishlatiladigan matnlar uchun quyidagi mezonlar belgilangan:

Yüklə 26,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin