Texnologiya o‘quv predmetining asosiy vazifalari: materiallar va ularning xossalari, xususiyatlari hamda texnik ob’ekt va texnologik jarayonlarga oid ma’lumotlarni o‘rganish; texnik ob’ekt hamda texnologik jarayonlarda maxsus va umummehnat amallarini bilish; texnik va kreativ fikrlashni, intellektual qobiliyatlarini shakllantirish; texnologik jarayon va tayyorlangan mahsulotlarni bajarish ketma-ketligi hamda mahsulot sifatini tahlil qila olish; jarayonlarning bajarilishiga oid xulosalar chiqarish hamda mehnat operatsiyalarini, mahsulot sifatini baholay olish; kasb tanlashga yo‘naltirishdan iborat.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya fani boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida umumlashgan holda, 5-9-sinflarda “Texnologiya va dizayn”,
“Servis xizmati” yo‘nalishlarida o‘qitiladi.
Texnologiya fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim bitiruvchilariga qo‘yiladigan talablar
Estetik madaniyat va ijodkorlik kompetensiyasi mustaqil ishlashga ijodiy yondashib, kreativ fikrlay oladi; buyumlarni konstruksiyalash va modellashtirish ishlarini bajara oladi; xalq hunarmandchiligi turlari bo‘yicha buyumlarni loyihalay oladi; egallagan hayotiy odob-axloq qoidalari, mehnatsevarlikka oid asosiy tushunchalarga rioya etadi.
buyumlarni tashqi ko‘rinishiga ko‘ra baholay oladi;
hozirjavoblik, ishchanlik, faollik va muomala madaniyatiga amal qila oladi.
O‘z-o‘zini rivojlantirish va asrash kompetensiyasi turli materiallarga ishlov berishda, asbob-uskuna, moslama, mexanizm, mashinalarda texnika xavfsizligi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilgan holda ishlay oladi; zamonaviy texnika va texnologiyalarni farqlay oladi; mustaqil va ongli qaror qabul qila oladi;
kasb-hunar turlarining inson salomatligiga qo‘yadigan talablarini, o‘z
imkoniyatlarini psixologik va fiziologik jihatdan baholay oladi.
Amaliy faoliyatni rivojlantirish kompetensiyasi turli materiallardan yasaladigan buyumlarni o‘lchash, rejalash,
yelimlash, sodda loyihalash ishlarini bajara oladi; turli materiallardan yasaladigan buyumlarni qurish-yasashda ishni
ketma-ketlikda bajarish rejasini tuzadi; sodda buyumlarni tikadi; kichik hajmdagi buyumlarni to‘qiydi; o‘tkir va tig‘li asboblardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalari
va sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilgan holda foydalana oladi.
tabiiy va turli materiallarning xususiyatlarini tavsiflaydi va farqlay oladi; materiallarni saralay oladi;
buyum va mahsulotlarni texnologik loyihalay oladi;
materiallarga issiq va sovuq ishlov berish usullarini bajara oladi; detallarni bir-biriga yopishtirishda maxsus yelimlardan foydalana oladi; texnik ob’ektlarni biladi va texnologik jarayonlarni qo‘llay oladi; kichik hajmdagi sodda buyumlarni tikadi va to‘qiy oladi; asbob-uskunalarni saqlash va ta’mirlash ishlarini bajara oladi; elektrotexnika, avtomatika va robototexnika turlarini tavsiflay oladi; sodda elektrotexnika ishlarini bajara oladi;
sxema asosida oddiy va harakatlanuvchi modellarni yasay oladi; zamonaviy bozor munosabatlariga moslashadi hamda faoliyat yurita oladi;
o‘z mehnat harakatlarini o‘quv topshiriqlari asosida muntazam
takrorlay oladi; o‘quv-amaliy topshiriqlarni tizimli, tartib-intizom asosida bajara oladi; kasblar olami va kasblarda mehnat turlarini biladi, kasb-hunarlarga oid ma’lumotlarni to‘playdi va tavsiflay oladi.