2 soat Kerakli materiallar



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə2/3
tarix05.05.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#107714
1   2   3
5-sistematika

ISH TARTIBI:
1. Erkak qubba lupada ko‘riladi. Alohida sporofill nina bilan ajratib olinib, lupada ko‘riladi. Sporofillning ostki tomonida nima borligi, mikrosporangiy qanday shaklda ekanligi aniqlanadi.
Sporangiy ichida ona hujayralar bo‘lib, ularning reduksion bo‘linishi natijasida tetrada hosil bo‘ladi va u tetradalar mikrosporalarga aylanadi. Mikrosporalarning erkak gametofitda o‘sa boshlashi mikrosporangiyda boshlanadi. Bu vaqtda mikrospora hujayrasi ketma-ket to‘rtta hujayraga ajraladi. SHu tariqa hosil bo‘lgan to‘rtta hujayradan ikkitasi (murtakning vegetativ hujayralari) halok bo‘ladi, qolgan ikkitasidan bittasi vegetativ hujayra, ikkinchisi anterid hujayradir. Erkak murtakning rivojlanishi davomida ikkita parda - intina va ekzina paydo bo‘ladi. SHu vaqtda mikrosporangiydagi chang sochiladi. CHanglanish sodir bo‘lgandan keyin erkak murtak ikkinchi yili urug‘kurtakda yanada rivojlanadi. Bunda chang pardasi yirtiladi, vegetativ hujayra cho‘zilib, chang nayi hosil qiladi. CHang nayi nutsellusning mikropile hujayrasi ikkiga bo‘linadi: ulardan biri - anterid devorini hosil qiluvchisi emiriladi, ikkinchisi spermiylarning ona hujayrasi yana ikkiga bo‘linib, ikkita spermiy boshlang‘ichini beradi. Qarag‘ay spermiylari ilgari o‘rganilgan tiplarning spermiylaridan xivchinlarining bo‘lmasligi bilan farq qiladi. Ular chang nayining oldingi uchiga o‘tadi.
2. Urg‘ochi qubbaning o‘qida nima borligini, makrosporafillar qanday joylashganini e’tiborga oling. Alohida makrosporofillni ajratib oling. Uning yuqori tomonidan lupada ko‘ring. Mikrosporofillning asosida ikkita urug‘ kurtak mikrosporangiy bor. Urug‘kurtakning mikropilesi qubbaning asosiga tomon qaragan bo‘ladi. Etilmagan urug‘ kurtakda qoplag‘ich parda (integument) va nutsellus bo‘lib, hosil bo‘lish jihatidan, sporangiy devorining hosil bo‘lishiga o‘xshaydi. Nutsellusdan bitta hujayra makrosporaning ona hujayrasi ajaraladi.
U reduksion bo‘linadi, hosil bo‘lgan to‘rtta hujayradan uchtasi emiriladi, bittasi qoladi. Bu hujayra makrosporadir. Uning o‘sishi makrosporangiydan boshlanadi. Bunda makrospora ko‘p marta bo‘linib, ko‘p hujayrali tanacha - urg‘ochi murtak yoki endosperm hosil bo‘ladi.
Ulardan har birida bittadan tuxum hujayra bo‘lgan ikkita arxegon hosil bo‘ladi. Spermiy arxegonga kirgandan so‘ng tuxum xujayra bilan qo‘shilib, urug‘lanish jarayoni boshlanadi. Urug‘langan tuxum xujayradan urug‘murtak rivojlanadi. Endospermda (urug‘ murtakda) zaxira oziq moddalari to‘planadi. Urug‘langach qubba o‘sadi va yashil rangga kiradi. Kuzda qubba qo‘ng‘ir rangga kiradi. Makrosporangiyli makrosporofillning rasmi chizib olinadi.
Ko‘p tarqalgan ninabarglilarni qubbasi va bargiga qarab bir-biridan farq qila bilish lozim. Ninabarglilarni o‘rganishda quyidagi belgilarga: doimiy yashillik yoki bargning qishda to‘kilishi yoki to‘kilmasligiga, bargi tangachasimon yoki ninasimon bo‘lishiga, bargining uchi o‘tkir yoki o‘tmas bo‘lishiga, ko‘ndalang kesimining shakli, novdada barg yakka yoki to‘da bo‘lib joylashganiga, bir shoxda nechta barg borligiga e’tibor beriladi. Qubbani o‘rganishda quyidagilarga (quruqmi, seretmi, osilib turishi yoki tikka ekanligiga, uning shakli, uzunligi, qoplag‘ich tangachalari chiqqanmi, urug‘i, barg qirg‘og‘ining shakli, etilganda to‘kilishi va to‘kilmasligiga) e’tibor bering.





Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin