2 soat Reja: Xiva xonligining xududi, ma’muriy tuzilishi va aholisi



Yüklə 230,5 Kb.
səhifə14/14
tarix25.02.2023
ölçüsü230,5 Kb.
#85555
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
4- maruza

Mahtumquli Firog`iy (1733-1793) Xiva xonligi hududida yashab ijod qilgan qardosh turkman xalqining ulug` shoiri va mutafakkiridir. U Turkmanistonning Xojigavsxon degan joyida tug`ilgan. Otasi Davlatmamed Ozodiy o`z davrining mashhur shoirlaridan bo`lgan. Otasi ta`sirida ijodiy ong shuuri erta yaproq yozgan Mahtumquli dastlab ovul maktabida, keyichalik esa Xiva, Buxoro, Andijon madrasalarida ta`lim oladi. Turli fanlar bilan bir qatorda zargarlik hunarini ham puhta egallaydi. Maxtumquli Ozorbayjon, Eron, Afg`oniston, Hindiston kabi mamlakatlarni kezib chiqadi. O’rta Osiyo, Eron, Ozor o`lkalari folklorini, adabiyotini zo`r ishtiyoq bilan o`rganadi. Nizomiy Ganjaviy, Alisher Navoiy, Firdavsiylar yaratgan badiiy so`z durdonalaridan bahramand bo`lgan Mahtumquli kelajak avlodlarga kattaadabiy-badiiy meros qoldiradi. Mahtumqulining ijodiy merosi 20 ming misrani tashkil etadi. U sof muhabbatni, mardligu matonatni, ezgulikni, adolat, insofu diyonatni, imonu e`tiqodni kuylagan xalqparvar shoirdir.
Shoir o`sha davr o`zaro qirg`inbarot urushlardan faryod qiladi. U xalqlarni birlik birodarlik tinchlik osoyishtalikka, insofu diyonatga chorlaydi. Buni Mahtumqulining «Tursa kerakdir» she`ridan quyida keltirilgan bir necha satrlarda ochiq-oydin ko`ramiz:
Qardoshlar, kun-kundan battar bo`lmoqda,
Yil-yildan balolar kelsa kerakdir.
Sharob ichgan, zino qilgan jahonda,
Shunday mashhur bo`lib tursa kerakdir.
Musulmon qardoshlar, do`nmang bu yo`ldan,
Kecharsiz sirotdan-ul nozik qildan,
Dajjol kelar derlar bir necha yildan,
Olamga bir g`avg`o solsa kerakdir.
Mahtumquli xalq ruhiyati yo`g`rilgan shunday go`zal ohanglar yaratadiki, bu she`riy ohanglar umumturkiy adabiyotning betakror namunasi sifatida e`zozlanmoqda. «U nimadir», «Boshladi», «Go`zalsan», «Turkmanning», «Ko`zim tushdi», «Elingni», «Ayrilma» kabi yuzlab she`rlar shular jumlasidandir. Xullas, Mahtumquli o`zining o`tkir satirik nafasi, xalqchil asarlari, qimmatli nasihatnomalari bilan yillar oshaavlodlar, xalqning sevimli shoiri bo`lib kelmoqda.XVIII asr va XIX asrning birinchi yarmida Buxoro amirligi hududida ham fan, adabiyot va madaniyatga munosib hissa qo`shgan allomalar o`tgan.



2Аbulgozi Bаhodirxon. Shаjаrаi turk. Toshkent, «Cho’lpon», 1992. 2-bet.

1Vamberi G. «Iatoriya Buxari ili Movarounnaxra». M.,1964,str.115

2Olim Shаrofiddinov. O’zbek аdаbiyoti tarixi xrestomаtiyasi. Toshkent, II jild, 1945, 531-bet.



1Bistаrizаrrinzаr-bilаnto`qilgаnto`shаk.

2Xob-uyqu uxlamoq.

3G’ani-boy,davlandmand.

4Qоqim-olmaxonga o’xshagan hayvon terisidan tikilgan po’stin.

Yüklə 230,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin