Sotsiolingvistik tadqiqotlar o‘tkazishga tayyorgarlik 1) tadqiqot mavzusini tanlash:
a) kutubxona kataloglarini ko‘rib chiqish, hamkasb (yoki talabalar) bilan maslahatlashish;
b) masalani ilmiy rahbar bilan muhokama qilish;
d) nimaga e’tibor qaratishni aniqlash.
2) tadqiqot mohiyatini belgilash:
a) dastlabki savollar ro‘yxatini tuzish, ularni sinchiklab tekshirish;
b) muayyan shaxslar (ilmiy rahbar, hamkasblar) bilan muhokama qilish.
3) tadqiqot gipotezasi, maqsad va vazifalarini aniqlash:
a) aynan nimani va qaysi maqsadda o‘rganishni belgilash;
b) tanlangan soha bo‘yicha olingan bilimlarda kamchilik yoki bo‘shliq bo‘lsa, ularni qog‘ozga tushirish.
4) tadqiqot metodlarini belgilash va h.k.:
a) statistik ma’lumotlarni izohlash va tahlil qilish, so‘rov, test o‘tkazish va h.k.
1 Беликов В. И., Крысин Л. П. Социолингвистика. –М., 2001. –C. 170.
2 Рябова И. С. Различия в функциональном членении суахили в Танзании и Кении // Функциональная стратификация языка. –М., 1985. –С. 107.
3 Лафарг П. Язык и революция. –М.; -Л. 1930.
4 Селищев А. М. Язык революционной эпохи. –М., 1928.
5 Zybatow L. N. Russisch im Wandel. Die russische Sprache seit der Perestrojka. – Wiesbaden, 1995. Vol. II.