1.1) suvning; 2) karbonat angidrid CO2 ning; 2) osh tuzi NaCl ning nisbiy molekulyar massasi MGaniqlansin.
2.Sulfat kislota H2SO4 ning molyar massasi M topilsin.
3.1) karbonat angidrid; 2) osh tuzi molekulalarining massasi m1aniqlansin.
4. Sig’imiV=2 l bo’lgan idishda modda miqdori v= 0,2 mol bo’lgan kislorod bor. Gazning zichligi ρ aniqlansin.
5.Massasi m = 0,2 kg bo’lgan azotning modda miqdori ν va molekulalar soni N aniqlansin.
6. Sig’imiV=3 l bo’lgan idishda massasi m=4 g bo’lgan kislorod bor. Gazning modda miqdori ν va molekulalar soni N aniqlansin.
7. Kislorod normal sharoitda sigimi V= 11,2 l bo’lgan idishni tuldirib turibdi. Gazning modda miqdori v va uning massasi m aniqlansin.
8. Agar zichligi ρ= 6,65*10-3 kg/m3 bo’lsa, sig’imi V=3lbo’lgan idishni tuldirib turgan vodorodning modda miqdori v aniqlansin.
9. Sig’mi V=0,5 l bo’lgan kolbada normal sharoitdagi gaz bor. Kolbadagi gaz molekulalarining soni N aniqlansin.
10. 1 g massali: 1) geliy; 2) uglerod; 3) ftor; 4) poloniy gazlarning xar birida nechtadan atom bor?
11. Sig’imi V=5 l bo’lgan idishda modda miqdori v = 0,2 mol bo’lgan bir jinsli gaz bor. Agar gazning zichligi ρ= 1,12 kg/m3bo’lsa, u qanday gaz ekanligi aniqlansin.
12. m=10 g massali azotning uchdan bir qismi atomlarga parchalandi. Gazdagi barcha zarralarning soni N aniqlansin.
13. Suyuqlik molekulalarini bir-biriga tegib turuvchi sharchalar sifatida qarab, uglerod sulfid CS2molekulalari diametri kattaligining tartibi baxolansin. SHu farazlarda simob atomi diametri kattaligining tartibi baxolansin. Suyuqliklarning zichliklari ma’lum deb xisoblansin. ρ1=1,856 gr/sm3; ρ2=13,6 gr/sm3 14. Normal sharoitda suv bug’lari molekulalarining markazlari orasidagi o’rtacha masrfa aniqlansin va u molekulalarning uzining diametri d bilan solishtirilsin(d =0,311nm).
15. Sig’imiV=l,12 l bo’lgan idishda normal sharoitda azot bor. Muayyan xaroratgacha qizdirilgan gaz molekulalarining bir qismi atomlarga ajraldi (dissotsilandi). Dissotsiyalanish darajasi α=0,3. 1) Azotning qizigungacha bo’lgan v; 2) qizigandan keyingi molekulyar azotning vM0J1; 3) qizigandan keyingi atomlar azotning vAT 4) qizigandan keyin butun azotning v6yT modda miqdori aniqlansin.