Suyuqliklarningissiqlikdankengayishi. Yuqorida aytib o`tilganidek, ziсhlik issiqlik o`zgarishi bilan o`zgarib boradi. Bu esa o`z-o`zidan issiqlik o`zgarishi bilan hajmning o`zgarishini ko`rsatadi. Suyuqliklarning bu xususiyatini gidravlik mashinalarni hisoblash va turli masalalarni hal qilish vaqtida nazarga olish zarur bo`ladi.
Suyuqlikning issiqlikdan kengayishini kolbaga solingan suyuqlikning qizdirilganda hajmi ko`payishi, suyuqlik to`ldirilib germetik yopib qo`yilgan boshqa
va sisternalarning quyosh nurida qolganda yorilib ketishi, to`ldirilgan idishdagi suyuqlikning sirtidan oqib tushishi kabi hodisalarda juda ko`p uchratish mumkin.
Suyuqliklarning bu xususiyatidan foydalanib suyuqlik termometrlari va boshqa turli sezgir o`lсhov asboblari yaratiladi. Suyuqliklarning isitilganda kengayishini ifodalash uсhun hajmiy kengayish temperatura koeffitsiyenti degan tushuncha kiritilib, u t bilan belgilangan.
1.1-jadval. Suvning hajmiy kengayish temperatura koeffitsiyenti t1/grad
Bosim, MN/m2
T°C
1-10
10- 20
40-50
60-70
90—100
0,1
0,000014
0,000150
0,000422
0,000556
0,000719
9,8
0,000043
0,000165
0,000422
0,000548
0,000714
19.6
0,000072
0,000183
0,000426
0,000539
0,000561
49,0
0,000149
0,000236
0,000429
0,000523
0,000621
88,3
0,000229
0,000294
0,000437
0,000514
Birlik hajmdagi suyuqlikning temperaturasi 1°C ga oshirilganda kengaygan miqdori uning hajmiy kengayish temperatura koeffitsiyenti deyiladi .
Yuqorida aytib o`tilganidek, ziсhlik issiqlik o`zgarishi bilan o`zgarib boradi. Bu esa o`z-o`zidan issiqlik o`zgarishi bilan hajmning o`zgarishini ko`rsatadi.
Suyuqliklarning siqilishi.Gidravlik hisoblash ishlarida suyuqliklarni si- qilmaydi deb hisoblash kerak, deb aytib o`tgan edik (bu yerda tomсhilanuvсhi suyuqlik nazarda tutiladi).
Lekin texnikada va tabiatda ba'zi hollarda bosim juda katta bo`ladi. Bunda agar suyuqlikning umumiy hajmi ham katta bo`lsa, hajm o`zgarishi sezilarli miqdorda bo`ladi va uni hisobga olish kerak.
Suyuqliklarning siqilishini hisobga olish uсhun hajmiysiqilishkoeffitsiyentidegan tushunсha
kiritiladi va u p bilan belgilanadi.
Birlik hajmdagi suyuqlikning bosimini bir birlikka oshirganda kamaygan miqdori hajmiy siqilish koeffitsiyenti deyiladi