2. Tijorat banklarining depozit va nodepozit operatsiyalarining tavsifi


Tijorat banklarining depozit va nodepozit operatsiyalarining tavsifi



Yüklə 96,34 Kb.
səhifə3/6
tarix17.05.2023
ölçüsü96,34 Kb.
#114849
1   2   3   4   5   6
Tijorat banklarining passiv va aktiv operatsiyalari bo\'yicha foiz

2 Tijorat banklarining depozit va nodepozit operatsiyalarining tavsifi.
Depozitlar (omonatlar)ga doir foiz stavkalari banklar tomonidan depozitorlar bilan kelishuvga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan qayta moliyalash stavkasini, bankning narx siyosatini hisobga olgan holda belgilanadi.
SHartnomada ko‘zda tutilgan foizlar miqdori qonunchilik asosida kamaytirilgan hollarda, foizlarning yangi miqdori, depozitorlarga foizning kamayishi haqida xabar berilganidan so‘ng qo‘yilgan depozitlarga nisbatan qo‘llaniladi. Ushbu xabargacha qo‘yilgan depozitlarga nisbatan kamaytirilgan foizlar miqdori bank omonat shartnomasida boshqa muddat ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, tegishli xabar berilgan vaqtdan boshlab bir oy o‘tgach qo‘llanadi.Agar shartnomada boshqa holatlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, depozitorning birinchi talabiga ko‘ra depozit hisobvaraqlaridan omonatning butun summasi yoki uning bir qismini olishga doir hech qanday cheklashlar belgilanmaydi.
Depozitlarning barcha turlari bo‘yicha jismoniy shaxslar vasiyatnoma tuzish huquqiga egadirlar.
Depozitlarning turlari:
talab qilib olinguncha depozitlar;
jamg‘arma depozitlari;
muddatli depozitlar;
jamg‘arma (depozitli) sertifikati;
boshqa depozitlar.
Talab qilib olinguncha depozitlar
Talab qilib olinguncha depozitlar yuridik va jismoniy shaxslarning kundalik maqsadlar uchun hohlagan vaqtda talab qilib olishlari mumkin bo‘lgan talab qilib olinguncha hisobvaraqlardagi mablag‘laridir. Bank depozitorning birinchi talabiga ko‘ra (depozit shartnomasida boshqa muddatlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, depozitorning tegishli ko‘rsatmasi bankka kelib tushgan kunning ertasidan kechikmagan holda) uning to‘lovlar bo‘yicha topshirig‘ini bajarishi zarur.
Talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i bo‘yicha xizmat ko‘rsatish uchun haq to‘lash shartnomada belgilangan miqdorda amalga oshiriladi. Hisobvaraqqa undagi qoldiqning o‘rtacha miqdori oldindan kelishilgan holda bank bepul xizmat ko‘rsatadi. Mijoz tomonidan ushbu shartlarga rioya qilinmagan taqdirda, ya’ni hisobvaraq qoldig‘ining kelishilgan miqdori kamaytirilsa, mijoz bankning pul-hisob-kitob operatsiyalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha operatsiyalari xarajatlarini bank bilan mijoz o‘rtasida tuzilgan shartnomada belgilangan miqdorda to‘laydi.
Talab qilib olinguncha depozitlar mijozning topshirig‘iga ko‘ra shartnomaning oldindan kelishilgan shartlari asosida ushbu mijozning boshqa turdagi depozitlariga o‘tkazilishi mumkin.
Jamg‘arma depozitlari.
Davriy badallar asosida shakllanadigan jamg‘arma depozitlari muayyan maqsadni amalga oshirish uchun depozit hisobvaraqda ma’lum miqdorda pul summasini jamlash maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar nomiga ochiladi.Agar shaxs nomiga berilgan omonat daftarchasi yo‘qolsa yoki taqdim etish uchun yaroqsiz holga kelib qolsa, bank omonatchining arizasiga ko‘ra unga yangi omonat daftarchasini beradi.
Jamg‘arma depozitlarining asosiy shakllari quyidagilardan iborat:
omonat daftarchalaridagi depozitlar (taqdim etuvchining nomiga berilgan, egasi ko‘rsatilgan);
hisobvaraq holati ko‘chirma qilinadigan depozitlar;
xabarli depozitlar.
Jamg‘arma depozit hisobvarag‘i ochilganda bank jismoniy shaxsga bankning barcha operatsiyalari aks ettiriladigan omonat daftarchasini beradi. Hisobvaraq yopilgan taqdirda, omonat daftarchasi bankka qaytarilishi lozim. Depozitor omonat daftarchasiga hech qachon biron-bir yozuv kiritmasligi zarur, chunki bank noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan va tan olinmagan yozuvlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.
YUridik shaxslar jamg‘arma depozit hisobvarag‘ini shartnoma asosida belgilangan tartibda ochadi.Hisobvaraqdagi holati ko‘chirma qilinadigan depozitlar omonat daftarchalari depozitlaridan farqli ravishda shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi, ulardan ko‘chirmalar shartnoma shartlarida ko‘rsatilgan muddatlarda davriy ravishda depozitorning manziliga jo‘natib turiladi. Bu depozitorlarni bankka qatnashdan ozod qiladi va ular bilan pochta orqali aloqa bog‘lab turish imkonini beradi. Bank pochta orqali omonatchining hisobvarag‘idan ko‘chirmalarni jo‘natish xarajatlarini uning hisobvarag‘idan undiradi. Xabarli jamg‘arma depozitning o‘ziga xosligi shundaki, depozitni hisobvaraq hisobidan chiqarish oldindan xabar berish orqali shartnomada kelishilgan muddatda amalga oshiriladi. Xabar qilish muddati qanchalik uzoq bo‘lsa, depozit uchun foizlar stavkasi shuncha yuqori bo‘lishi mumkin.
Hisobvaraqdan olingan ko‘chirmalar va summaga doir daftarchadagi barcha o‘zgarishlarni depozitor o‘rganib chiqishi hamda har qanday nomuvofiqlik to‘g‘risida zudlik bilan xabar qilishi kerak. Xabar qilingan nomuvofiqlikni bank birlamchi hujjatlar asosida bartaraf qilishi zarur.
Muddatli depozitlar
Banklar tomonidan jalb qilingan muddatli depozitlar - yuridik va jismoniy shaxslarning shartnomada qat’iy kelishilgan muddat va unda ko‘rsatilgan foizlarni to‘lashga doir mablag‘laridir. Muddatli depozit hisobvarag‘i ochilganda jismoniy shaxsga omonat daftarchasi beriladi.
Depozitor bank bilan muddatli depozitlar bo‘yicha shartnoma tuzganidan so‘ng, shartnomada ko‘rsatilgan depozit summasini qo‘yishi kerak. Biroq tratta, cheklar, pul topshiriqnomalari, davlat xazina kafolatlari va boshqa shakllardagi depozitlar undirib olish shartlari asosida qabul qilinadi hamda summa bankka kelib tushmaguncha ushbu depozitga qo‘yilgan hisoblanmaydi. Depozitor shartnomada ko‘rsatilgan depozit summasining o‘z vaqtida kelib tushishi uchun to‘liq javob beradi va uning naqdligi hamda qonuniyligini kafolatlaydi.
Qo‘shimcha badallarni qabul qilish asosiy depozit shartnomasiga qo‘shimcha bitimlar kiritish bilan rasmiylashtiriladi.Banklar depozitorlarga belgilangan muddat etib kelgunga qadar muddatli depozit hisobvaraqlaridan mablag‘larni olishga ruxsat etadilar, bunday hollarda depozitor muddatli depozit hisobvarag‘idan muddatidan oldin mablag‘ olinishi mumkinligi haqida bankni ogohlantirishi lozim. Mablag‘lar muddatidan oldin olinganda omonat bo‘yicha foizlarni, shartnomada boshqa hollar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, bank talab qilib olinguncha depozitlar bo‘yicha to‘laydigan foizlar miqdorida to‘laydi.
Muddatli depozitlar qo‘yidagi muddatlar bo‘yicha tasniflanadi:
muddati 30 kungacha bo‘lgan depozitlar;
muddati 90 kungacha bo‘lgan depozitlar;
muddati 180 kungacha bo‘lgan depozitlar;
muddati 365 kungacha bo‘lgan depozitlar;
muddati 365 kundan ortiq bo‘lgan depozitlar.
Agar muddatli depozit muddati o‘tganidan so‘ng mijoz tomonidan talab qilib olinmasa, shartnomada boshqa hollar ko‘zda tutilmagan taqdirda, uning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.

O‘tgan yilda Markaziy bank tomonidan pul massasini prognoz ko‘rsatkich doirasida ushlab turish maqsadida amalga oshirilgan sterilizatsiya operatsiyalarining hajmi 2011 yilga nisbatan 1,4 martaga oshib, 2013 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra 5,9 trln. so‘mni tashkil qildi.


Majburiy rezervlar. Majburiy rezerv talablari tijorat banklarining kredit resurslari miqdoriga ta’sir ko‘rsatish orqali iqtisodiyotdagi pul taklifini tartibga solishda pul-kredit siyosatining muhim instrumentlaridan biri sifatida qo‘llanilmoqda.
2012 yilda inflyasiya va pul massasining maqsadli parametrlaridan kelib chiqib hamda tijorat banklarida uzoq muddatli resurs bazasini yanada kengaytirish maqsadida, majburiy rezervlar normasi, yuridik shaxslarning talab qilib olinguncha va 1 yilgacha bo‘lgan muddatga jalb qilingan depozitlar uchun – 15 foiz, 1 yildan 3 yilgacha bo‘lgan depozitlar uchun – 12 foiz, 3 yildan ortiq bo‘lgan depozitlar
uchun – 10,5 foiz miqdorida o‘zgartirilmasdan qoldirildi.
2012 yilda tijorat banklarining Markaziy bankdagi majburiy rezervlari hajmi 443 mlrd. so‘mga yoki yil boshiga nisbatan 31,8 foizga ko‘paydi.
O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobvarag‘iga qo‘shimcha ravishda 3 176 mln. AQSH dollari miqdoridagi mablag‘lar yo‘naltirilishi pul massasini prognoz ko‘rsatkichdan ortiqcha o‘sishining oldini olishga va shu orqali ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlashga xizmat qildi.
SHuningdek, Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi instrumentidan ham pul bozoridagi foiz stavkalarini boshqarishda hamda iqtisodiy o‘sish jarayonlarini rag‘batlantirish maqsadida keng foydalanildi.
Inflyasiya darajasi, pul massasi hajmining va boshqa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning belgilangan maqsadli parametrlaridan kelib chiqib Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi 2012 yilda yillik 12 foiz miqdorida saqlab qolindi.
Qayta moliyalash stavkasining ushbu darajada ushlab turilishi pul bozorida moliyaviy resurslarga bo‘lgan talab va taklifning muvozanatini saqlashga, real sektor korxonalarining investitsion imkoniyatini oshirishga, iqtisodiyotni kreditlash hajmini yanada kengaytirish va ayni paytda tijorat banklarining resurs bazasining barqarorligini ta’minlashga xizmat qildi.
Aholi real daromadlarining o‘sishi, bank tizimiga bo‘lgan ishonchning ortib borishi hamda iqtisodiyotdagi inflyasion kutilmalarning pasayishi kabi omillar ta’sirida, 2012 yil davomida jismoniy shaxslarning tijorat banklaridagi depozitlari bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkasi yil boshidagi 9,6 foizdan dekabr oyining oxirida 6,4 foizgacha, yuridik shaxslarning jamg‘arma va muddatli depozitlar bo‘yicha stavka esa 6,8 foizdan 6,0 foizgacha pasaydi.
Natijada, 2012 yil davomida tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotning real sektori sub’ektlariga ajratilayotgan jami kreditlar bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkasini ham yil boshidagi 14,3 foizdan dekabr oyiga kelib 13,6 foizgacha pasayishi kuzatildi.
Jumladan, tijorat banklarining kredit portfelida uzoq muddatli kreditlar ulushining oshishini rag‘batlantirishga qaratilgan foiz siyosatining olib borilishi natijasida uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkasi 13,5 foizdan 12,2 foizga pasaydi.
2012 yil davomida bank tizimida amalga oshirilgan islohotlar doirasida tijorat banklarining kapitallashuv darajasini oshirish bo‘yicha aniq belgilangan chora-tadbirlar davom ettirildi.
Xususan, aksiyadorlik-tijorat banklari tomonidan bank ustav kapitalini oshirish maqsadida 2012 yil davomida 500 mlrd. so‘mlik qo‘shimcha aksiyalar chiqarildi.
Muomalaga chiqarilgan aksiyalarning 25 foizidan kam bo‘lmagan qismi “Toshkent” respublika fond birjasi orqali birlamchi ochiq savdolarda joylashtirildi.
2013 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, 17 ta tijorat bankining aksiyalari “Toshkent” respublika fond birjasi listingiga kiritilgan bo‘lib, ushbu banklarning qimmatli qog‘ozlari muntazam ravishda birjada kotirovka qilinib, ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilib borilmoqda.



Yüklə 96,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin