ko’payadi, bu esa takrorlanuvchi hududlar tasviriga ta’siri yaxshi bo’lmaydi.
(masalan Shimoliy va janubiy Amerika hududlari). Hozirgi vaqtda egriligi kichik
bo’lgan parallellar SNIIGA i K ning (geodeziya, aeros’yomka va kartografiya
markaziy ilmiy-tekshirish instituti) erkin polikonik proyeksiyalari ko’proq
ishlatilmoqda, bu proyeksiyalar qutblarga qarab asta kattalashadi hamda burchak va
maydonlarining xatoligi kichik bo’ladi.
Yarim sharlar kartasini azimutli proyeksiyalarda tuzish tabiiy. Bular ichida
ko’p ishlatiladigani teng kattalikdagi azimutli va erkin proyeksiyalardir. Masalan,
sharqiy va g’arbiy yarim sharlarning fizik kartasi teng kattalikdagi ko’ndalang
azimutli Lambert proyeksiyalarda tuzilgan.
Aloxida
materiklar uchun, tasvirlanayotgan materikning markazi nul nuqtali
Lambertning teng kattalikdagi og’ma 7- azimutli proyeksiyasidan foydalaniladi.
Afrika uchun og’ma proyeksiya ko’ndalang proyeksiya bilan almashtiriladi.
Azimutli proyeksiyada xatolik, proyeksiya markazidan uzoqlashgan sari ko’payadi,
shuning uchun kartaning to’g’riburchakli ramkasi burchagida katta qiymatga ega
bo’ladi.
Yevroosiyo kartalari SNIIGA i Kning erkin proyeksiyalarida tuzilgan.
Qutbiy davlatlar kartalari (Arktika, Antarktika) uchun Postelning normal
teng kattalikdagi azimutal proyeksiyalaridan foydalaniladi. Shunga ko’ra kartadan
turli punktlar va qutb orasidagi to’g’ri chiziqli masofalarni o’lchash mumkin.
Dostları ilə paylaş: