2.’’ Ziyoviddin temir yo’l masofasi,, haqida ma’lumot Ziyoviddin temir yo’l vazifasi



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə4/4
tarix11.05.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#111681
1   2   3   4
amaliyot 4











Strelkali o‘tkazgichlarni ekspluatatsiyasi. Strelkali o‘tkazgichlar va boshi berk kesishuvlarni ekspluatatsiyasi taqiqlanadigan, nosozliklari. Strelkali o‘tkazgichlar bo‘yicha harakatlanishning ruhsat etilgan tezliklari

Maqsad: Strelkali o‘tkazgichlarni ekspluatatsiyasi. Strelkali o‘tkazgichlar va boshi berk kesishuvlarni ekspluatatsiyasi taqiqlanadigan, nosozliklari. Strelkali o‘tkazgichlar bo‘yicha harakatlanishning ruhsat etilgan tezliklarini o‘rganish.


Asosiy va stantsiya yo‘llaridagi rels va strelka o‘tkazgichlar quvvati va holati bo‘yicha foydalanish sharoitlari (yuk tashish ko‘lami, o‘qqa tushgan kuch, poyezdlar harakati tezliklari) ga mos kelishi kerak.
Relslar va strelka o‘tkazgichlarning yedirilish me’yorlari AJ tomonidan belgilanadi.
Strelka o‘tkazgichlari quyidagi krestovina markalariga ega bo‘lishi kerak:
asosiy va qabul qilish-jo‘natish yo‘lovchi yo‘llarida – 1/11 dan keskin bo‘lmagan, kesishuvchi o‘tkazgichlar va kesishuvchi o‘tkazgichlarning davomi hisoblangan yakka o‘tkazgichda 1/9 dan keskin bo‘lmagan; qaysiki yo‘lovchi poyezdlar faqat to‘g‘ri yo‘li bo‘ylab o‘tadigan strelka o‘tkazgichlari 1/9 krestovina markalariga ega bo‘lishlari mumkin. Strelka o‘tkazgichlarini 1/11 markaga o‘tkazish uchun strelka bo‘g‘zini qayta qurishga to‘g‘ri kelsa va ayni vaqtda buning iloji bo‘lmasa, yo‘lovchi poyezdlarning 1/9 markali strelka o‘tkazgichi bo‘yicha yon yo‘lga o‘tishiga ruxsat beriladi;

  • yuk harakatining qabul qilish-jo‘natish yo‘llarida 1/9 dan, simmetriklarida esa 1/6 dan keskin bo‘lmasligi kerak;

  • boshqa yo‘llarda – 1/8 dan, simmetriklarida esa 1/4,5 dan keskin bo‘lmasligi kerak.


Stansiyalarda strelka o‘tkazgichlari va berk kesishuvlarni o‘rnatish va olib tashlash AJ raisi farmoyishi bilan amalga oshiriladi.
Stantsiyalarda o‘rnatilgan va qayta qurilgan strelka o‘tkazgichlari va berk kesishuvlar hamda peregonlardagi strelka o‘tkazgichlari AJ MTU boshlig‘i tomonidan saylanadigan xay’at tomonidan foydalanishga qabul qilinib, o‘zaro ishlashga kiritiladi. Vaqtincha o‘zaro ishlashga kiritilmagan strelka o‘tkazgichlari xay’at tomonidan qabul qilinishi mumkin, lekin bunda AJ MTUboshlig‘i tomonidan ayrilarni mahkamlash, ko‘rikdan o‘tkazish va ushbu strelkalarni tekshirish tartibi belgilanadi.
Quyidagi markazlashtirilmagan strelkalar nazorat strelka qulflari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak:

  • poyezdlarning qabul qilish va jo‘natish yo‘llarida joylashgan strelkalar, shuningdek, qo‘riqlanadigan strelkalar;

  • xavfli yukli vagonlarning turishi uchun ajratilgan yo‘llarga olib boruvchi strelkalar;

  • tiklash va o‘t o‘chirish poyezdlari uchun mo‘ljallangan yo‘llarga olib boruvchi strelkalar;

  • muhofaza va tutib qoluvchi berk yo‘llarga olib boruvchi strelkalar;

  • defektoskop-vagonlar, yo‘l o‘lchovchi vagonlar, yo‘l mashinalarining turishi uchun mo‘ljallangan yo‘llarga olib boruvchi strelkalar.

Strelkalar va krestovina qo‘zg‘aluvchan o‘zaklari (tepalik va saralash yo‘llarida joylashganidan tashqari), shu jumladan, markazlashgan va nazorat qulfiga ega bo‘lganlari osma qulflar bilan berkitilishi uchun kerakli moslamalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Bu moslamalar ostryakning rama relsiga, krestovina qo‘zg‘aluvchan o‘zagining usovikka zich yopishib turishini ta’minlashi kerak.
Markazlashtirilmagan strelkalar stantsiyaning texnik-boshqaruv aktlarida ko‘rsatilgan yoritiladigan va yoritilmaydigan strelka ko‘rsatkichlari bilan jihozlanishi kerak.
Elektr markazlashuviga ulangan strelkalar va saralash parklarining tepalik yoni bo‘g‘zidagi strelkalar ko‘rsatkichlar bilan jihozlanmaydi.
Strelka o‘tkazgichlari va berk kesishuvlarni ta’mirlash va joriy saqlash, strelka ko‘rsatkichlari, tushiruvchi ostryaklar, boshmoqlar, buriluvchi bruslar, sharnir-tirsakli ulagichlarni o‘rnatish, ta’mirlash va saqlash yo‘l distantsiyasi tomonidan bajariladi.
Ushbu qurilmalarda mavjud bo‘lgan STSB vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash signallash va aloqa distantsiyasi tomonidan amalga oshiriladi.







Korxonaning moliyaviy faoliyati nazorati Yo‘l Xo‘jalik Boshqarmasi, «O‘ZBEKISTON TEMIR YO‘LLARI” DATK ichki auditorlik apparati tomonidan amalga oshiriladi.

Likvidatsiya va reorganizatsiya (qo‘shilish, bo‘linish, ajralib chiqish) Yo‘l Xo‘jalik Boshqarmasi tomonidan belgilangan qonuniy tartibda amalga oshiriladi.

Likvidatsiya yoki reorganizatsiya vaqtida ishdan bo‘shatilayotgan ishchilarning huquqi O‘zbekiston Respublikasi amaldagi Qonunchilikka asoan kafolatlanadi.

Haqiqiy Nizom Yo‘l Xo‘jaligi Boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan kundan boshlab kuchga kiradi va 17-son YQMS faoliyati davri mobaynida amal qiladi.

Yangi elektrovozlarning ta'mir aro umumiy yo'l bosish ko'rsatgichlaridagi yuqori ekspluatatsion tavsiflari, elektrovozlarni texnik xizmat ko'rsatish harajatlarini yog'-moy va boshqa yonilg'i komponentlarini kam iste'mol qilish hisobidan amalda yarim baravarigacha qisqartiradi.


Yangi Toshguzar –Boysun-Qumqo’rg’on temir yo’l liniyasi tog’li hududda qurilgan birinchi liniya hisoblanadi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining tabiiy chegarasi vazifasini o’tovchi 1800 m balandlikdagi tog’ni kesib o’tadi. 10-18.5 % qiyalikdagi yo’llarning uzunligi tahminan 64 kmni tashkil etadi, 5-10 ‰ qiyalikda tahminan 35 km. Yangi temir yo’l qurilish trassasida 37 ta ko’prik, galereya va tunnel barpo qilingan.
Ko’prik qurilish zonalari kuchli ajralma relefli Hisor to’g tizmalari bilan ifodalanadi. Akravat dovoni yaqinida trassa Chashmaihafizan, Akravat, Sho’rab, Sherobod Daryo vodiylari bo’ylab o’tadi. Tog’ qiyaliklari asosan 1.3-1 tikkalikka, daryo vodiylari- baland cho’qqilarning keskin o’zgarishlari va juda tik tog’ yon bag’irlari 18,5‰ qiyalikka egadirlar.
Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, mamlakatda uzun metall ko’priklarning qurilishi ilk bor amalga oshirilgan edi. Bizning mamlakatimizda metall ishlab chiqarish va o'rnatish tajribasi bundan oldin faqat bir misol bilan bog'liq bo’lgan va u Amudaryo ustidan o’tkazilgan ko'prikdir.
Yangi liniyalarda metal ko’priklarning qurilishi sifat nazorati va qurilish jadvaliga rioya qilish uchun yetarli tajribaga ega bo’lgan Yaponiya kompaniyalari texnologiyalari yordamida o'zlashtirildi.
Yangi Toshguzar - Boysun - Qumqo'rg'on temir yo’lining ishga tushirilishi turli sanoat sohalarining rivojlanishda, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari transport xizmatlari rivojlantirishda, Respublikaning suvereniteti va mustaqilligini mustahkamlashda, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida samaradorlikni oshirish hamda sezilarli darajada transport va iqtisodiy aloqalarni butun chizmasini o'zgartirishda qulay shart-sharoitlar yaratib beradi.
Temir yo’lda elektr tortishning teplovoz tortishga nisbatan ishonchli va samaradorligiga shubha yo’q. Umuman olganda, elektrovozlar oddiyroqdir, ekspluatatsiya qilish jarayonida qulayroq va ayniqsa shahar sharoitida muhim omil bo’lgan narsa- atrof muhitni kamroq ifloslantiradi.
O'zbekiston temir yo'llarni doimiy oqimda elektrlashtirish 1971 yilda boshlangan. Xorijiy investitsiyalar va "O'zbekiston temir yo'llari"AJning o’z mablag’lari evaziga amalga oshirilgan so'nggi loyihalaridan biri To'qimachi temir yo'l uchastkasini elektrlashtirish edi.Ushbu temir yo'l uchastkasini foydalanishga topshirish evaziga elektrlashtirilgan uchastkalarning umumiy uzunligi 1601 km ga yetdi.

Loyihaning maqsadi bu uchastkada mavjud bo’lgan dizel tortishni o’zgaruvchan tokli elektr tortishga o’zgartirish edi, bu Toshkent hududida barcha temir yo'l liniyalarini zamonaviy texnologiyalarga o’tishni yakunlashga olib keladi.


Yangi temir yo'l liniyasi qurilishini amalga oshirishning muhim natijasi bu loyihaning to'liq O'zbekiston Respublikasi korxonalari tomonidan amalga oshirilganligidir. Turli darajadagi rahbarlar, dizaynerlar, muhandislar, quruvchilar, montajchilar, turli ixtisoslikdagi ishchilar, haydovchilar, mexaniklar va temir yo'l qurilishida ishtirok etgan boshqa mutaxassis ishchilar baland to’glarda qiyin iqlim sharoitida qurilish ishlari, ko'priklar, galereyalar va boshqa murakkab inshootlarni qurish-montaj ishlarini olib borish sohasida bebaho tajriba orttirdilar.
Quruvchilar zamonaviy texnologiyalar va usullar bilan ish ko'nikmalarini olishgan, ular turli uskunalar bilan ishlashni o'zlashtirishdi. Bu temir yo'l infratuzilmasini yanada rivojlantirish uchun muhim hissa bo'ladi chunki Afg'onistondagi Hayraton -Mozori Sharif yangi temir yo'l liniyasi qurishda ushbu orttirilgan tajriba mutaxassislarga as qotdi.
2003 yil iyun oyida, Afg'oniston, Eron va O'zbekiston prezidentlari Transafg'on transport yo'lagi tashkil etish to'g'risida bitim imzoladi. Bu masalani Afg'oniston yirik shaharlarini ulaydigan Hayraton- Mozori Sharif - Hirot - Qandahor yo'nalishi bo'yicha yangi temir yo'llar qurish bilan hal qilinishi mumkin va O'zbekiston va Eron avtomagistrallariga chiqishni ta’minlaydi. Kelajakda Pokistonga chiqadigan Mozori Sharif-Qobul yo’nalishida temir yo’l qurilishi mumkin, natijada O’zbekiston orqali Afg’oniston 3 ta yirik mintaqani bog’laydi,shimolda Turkmaniston, Qozog'iston, Rossiya,sharqda Pokiston va Hindiston hamda g'arbda Eron.
“O’zbekiston temir yo’llari” AJ va Afg'oniston Islom Respublikasi Hukumati o'rtasida Hayraton- Mozori Sharif temir yo'l qurish loyihasi shartnomasi imzolandi. Qurilishga rasmiy start 2010 yil 22 yanvarda berildi, 2010 yil 4 noyabrda temir yo’l buyurtmachiga topshirildi. Bu temir yo’l liniyasini qurishda "O'zbekiston temir yo'llari" AJning O'zbekiston Respublikasi tashqarisida amalga oshirgan birinchi loyihasidir. Loyiha Afg'oniston O'zbekiston chegarasida Hayraton temir yo'l stantsiyasi va Mozori Sharif shahri o’rtasida yangi bir yo’lli temir yo’l liniyasini qurish, Hayratondagi stantsiyani modernizatsiya qilish, Mozori-Sharif aeroporti yaqinida ayri yo’l(raz’ezd) qurish va yangi yuk hovlining qurilishini o'z ichiga oladi.
Yangi tezyurar poezd bu marshrut orqali xizmat ko’rsatadigan boshqa elektr poezdlar bilan birga, Toshkent va Samarqand shaharlari o'rtasida harakat qiladi. Yuqori tezlikdagi «Afrosiyob» poezdi ikki soat va o'n besh daqiqa ichida 344 km temir yo'l masofasini bosib o’tadi. Maksimal tezligi soatiga 250 kilometrni tashkil etadi.
«Afrosiyob» tarkibiga 2 ta lokomotiv va 9 ta qulay vagonlar kiradi:

  • 2 VIP klass vagon (vagonda 11 o'rin);

  • 2 Biznes klass (vagonda 26 o'rin);

  • 4 ekonom klass (vagonda 36 o'rin); 

  • 1 vagon-bistro

Poezdga zamonaviy ko'rinishni, avvalo, uning aerodinamik, ta'sir bosim to'lqinlar va yon shamollar uchun optimallashtirgan dizayni beradi. Elektro poezd uzunligi 157m ni, balandligi 4 m ni tashkil qiladi. Barcha salonlari yumshoq, qulay yonboshlaydigan o'rindiqlar va o’rnatilgan stol, shuningdek video ko'rish uchun monitor bilan jihozlangan. Poezdning barcha hududlari chekmaydiganlar hududi hisoblanadi.
Vagonlarning barcha salonlari kiyim uchun ilgichlar va katta yuk saqlash uchun joy, shuningdek an'anaviy yuk javonlari bilan jihozlangan. Vagonda nogiron insonlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan, uchinchi vagonda nogironlar aravachasini joylashtirish uchun temir yo’l xodimini chaqirish tugmasi o’rnatilgan maxsus tutqichli joylar ham mavjud. Poezd hududida pollarning bir xil balandlikda bo’lganligi nogironlar aravachasini tashishga yordam beradi.


Xulosa
Bu amaliyot davomida men avvalo biz nazariy bilimlarimni amaliyotda mustaxkamladim. Korxona ishchi-xodimlarining ish faoliyatlari bilan tanishib chiqdim va o’zimizni ham oz bo’lsada ishchi sifatida tasavvur qildim. O’zimni qiziqtirgan savollarga ishchi xodimlardan javob oldim. Men kelajakda temir yo’l transportini xafsiz yurishida yo’l ko’rsatkichlarini yaxshilagan holda hududimizdan xafsiz hududni taminlash uchun bor bilim ko’nikmalarimni astoiydil sarflayman va bu sohada o’z o’rnimni topishga ishonaman, harakat va mehnat qilishdan hech qachon charchamayman. Bo’lg’usi ishlarimda bu bitiruv oldi amaliyotimdan saboq olgan holda o’z faoliyatimni har tomonlama qiziqgan xolda boshlashga harakat qilaman. Temir yo’l transporti sohasini yanada rivojlantirish, o’z hissamni qo’shish uchun chin dildan mehnat qilaman.

Foydalanilgan adabiyotlar

https://www.railway.uz/ru/informatsionnaya_sluzhba/novosti/21670/?print=Y


https://www.railway.uz/uz/gazhk/istoriya/
https://ru-ru.facebook.com/ttyl.mchj.1
https://lex.uz/m/acts/1624724?ONDATE=13.05.2010%2000

1.



2

3

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin