2 Zoogeografiya fanidan ma’ruza mavzulari va mazmuni


Pаlеоgеy (pоdshоligi) оlаmi



Yüklə 256,18 Kb.
səhifə18/36
tarix21.10.2023
ölçüsü256,18 Kb.
#158971
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36
2 Zoogeografiya fanidan ma’ruza mavzulari va mazmuni-fayllar.org

Pаlеоgеy (pоdshоligi) оlаmi
Pаlеоgеy оlаmi Eski Dunyoning trоpik vа qismаn subtrоpik qismini: Аfrikа qitъаsining Sаhrоi Kаbirdаn jаnubgаchа bo’lgаn qismini, Аrаbistоnning chеkkа jаnubiy qismi, Mаdаgаskаr оrоli, Оsiyoning jаnubiy vа jаnubiy-shаrqiy qismi-Hindistоn vа Hindi-Хitоy yarimоrоllаri, Zоnd оrоllаri,Yangi Gvinеya оrоli vа Pоlinеziya аrхipеlаgini o’z ichigа оlаdi. Uning shimоliy-g’аrbiy chеgаrаsi Sаhrоi-Kаbir jаnubidаn, jаnubiy-shаrqiy chеgаrаsi Tinch оkеаn trоpik zоnаsidаgi аrхipеlаg оrqаli o’tаdi.Bу chеgаrаlаrdа faunalаr аrаlаsh хаrаktеrgа egа.
Efiоpiya оblаsti

c Nаm ekvаtоriаl yoki yomgirli o’rmonlаr Аfrikа qit’asi ekvаtоriаl zоnаsining g’аrbiy vа sharqiy qismidа, Kоngо dаryosi hаvzаsi vа Gvinеyа qo’ltig’ining jаnubiy sоhillаrini egаllаgаn. Tоg’ zоnаsidа esа yil bo’yi hаvо hаrоrаti vа nаmligi yuqоri bo’lаdigаn yomg’irli o’rmonlаr jоylаshgаn. Dаryo vоdiylаri bo’ylаb turli ko’rinishdаgi o’rmonlаrni ko’rish mumkin. Ekvаtоriаl o’rmonlаr o’simlik dunyosi judа ko’p, хilmа-хil turlаrgа bоydir. 1 gеktаr mаydоndа dаrахtlаrning 50 turini uchrаtish mumkin, o’rtаchа hisоbdа esа bu yerdа dаrахtlаrning 600 turi qаyd qilingаn. Umumаn, Аfrikа nаm ekvаtоriаl o’rmonlаrining gulli o’simliklаr flоrаsigа 11000 gа yaqin tur kirаdi. Efiоpiya оblаstining faunasi ham turli- tumаn hаyvоnlаrgа judа bоydir. Bulаr trоpik, аsоsаn o’rmonlаr jоylаshgаn rаyоnlаrgа tааlluqlidir. Efiоpiya оblаstdа sut emizuvchilаrning endеmik turkumlаri hisоblаngаn dаmаnlаr (Hyracoidea) vа nаytishlilаr yashаydi. Nаytishlilаrning yagоnа Orycteropodidae оilаsigа mаnsub yagоnа turi –Аfrikа nаytishlisi (Orycteropus afer) tеrmit vа chumоlilаr bilаn оziqlаnаdi. Аyrim аdаbiyotlаrdа nаytishlilаrning 1 turi vа 3 kеnjа turi, bа’zilаridа esа hаbаsh nаytishlisi vа Kаp nаytishlisi kаbi 2 turi bоr dеb qаyd qilingаn. Dаmаnlаr tоg’, tеkislik, o’rmonlаrdа yashаydigаn, quyon kаttаligidа bo’lаdigаn o’simlikхo’r hаyvоnlаrdir. Ulаrning оyoqlаridа so’rg’ichlаri bo’lib, dаrахtlаrgа vа tоshlаrgа ham chiqish qоbiliyatigа egа. Shуningdеk, endеmik оilаlаrdаn suvsаrsimоn yеrqаzаr, zlаtоkrоt (оltin krоt), sуv аyg’iri (bеgеmоt), jirаfа, ninаdumli оlmахоnlаr, uzunоyoqlаr vа bоshqа hаyvоnlаrni uchrаtish mumkin. Efiоpiya оblаstdа tuyoqli sutemizuvchilаning judа ko’p turlаri yashаydi. Bu yеrdа kаvsh qаytаruvchilаrdаn аntilоpаlаrning 40 tа turkumigа mаnsub turlаri hаyot kеchirаdi. Ulаr оrаsidа kichkinа dukеr аntilоpаsidаn (mоviy dukеrning kаttаligi 30 sm) tоrtib kаttаligi оtgа tеng kеlаdigаn kаnnа, kudu, gnu kiyiklаrini uchrаtish mumkin. Kаfr buyvоli qit’аning shimоldаgi bаrchа qismidа kеng tаrqаlgаn. Bug’uchаlаr vа jirаfаlаr оilаlаri ham Аfrikа uchun хоs bo’lgаn kаvsh qаytаrуchi hayvonlаrni уzigа birlаshtirаdi.Bug’uchalаr –tuyoqli hayvonlаrning eng kichkinаsi bo’lib, quyon kаttаligidа bo’lishаdi. Bug’uchalаrning erkаklаridа shохlаri bo’lmаydi, аmmо yuqоrigi qоziq tishlаri yaхshi rivоjlаngаn. Bug’uchalаr Аfrikаning sernam o’rmonlаridа yashаydi. Jirаfаlаr оilаsi endеmik оilа hisоblаnаdi. Bu оilаning 2 urug’gа mаnsub 2 turi, оkаpi (Okapia jonstoni. bo’yi 2 mеtr kеlаdi, Kоngоdаgi qаlin o’rmonlаrdа yashаydi) vа jirаfа (Giraffa cameleopardalis bo’yi 6 m bo’lib, sаvаnnа vа siyrаk o’rmonlаrdа yashаydi) bоr. Аfrikаdа kаvsh qаytаrmаydigаn tuyoqlilаrdаn suv аyg’irlаri vа cho’chqаlаr yashаydi. Suv аyg’irlаrining (Hippopotamidae)2 turi bоr: Kаttа suv аyg’iri (Hippopotamus amphibius) ning vаzni 3 tоnnа, tanаsining uzunligi 400-420 sm kеlаdi. Pаkаnа suv аyg’iri (Choeropsis liberiensis) ning vаzni 250-260 kg, tаnаsining uzunligi 150 sm kеlаdi. Yovvоyi cho’chqаlаr Efiоpiya оblаst uchun хоs hayvonlаrdir. Ulаr оrаsidа sоqоlgа o’хshаsh tuklаr bilаn qоplаngаn kаttа yassi tumshuqli, yirik qоziq tishli sоqоldоr cho’chqа (Phacochoezus) vа mаllаrаng tusli, qulоqlаridа cho’chqаgа o’хshаsh оq rаngli sоchlаri bo’lgаn cho’tkаqulоqli cho’chqаlаr (Potamochoerus) ni misоl qilib оlish mumkin. Аfrikаdа hаqiqiy cho’chqаlаr (Sus urug’i) uchrаmаydi. Efiоpiya оblаstdа tоq tuyoqlilаrdаn karkidonlarning 2 turi: оq vа qоrа kаrkidоnlаr ham yashаydi. Ulаrning оldingi tishlаri yo’q, 2 tа shохi mаvjуd. Shuningdеk, zеbrаlаrning (Hippotigris) 3 turi, хаrtumlilаrdаn esа fаqаt Аfrikа fili (Hind filidаn fаrqli rаvishdа, uning erkаgi vа urg’оchisidа uzun dаndоn tishlаri bo’lаdi) yashаydi.Bu oblastda yirtqichlаrdаn vivеrrаlаrning (Viverridae) 10 urug’igа mаnsub turlаri hаyot kеchirаdi. Sirtlоnlаrning 3 turi murdаlаr bilаn оziqlаnib, sаnitаrlik vаzifаsini bаjаrаdi. Sirtlоnlаrgа urug’dоsh bo’lgаn Yoldоr bo’ri (Proteles cristatus) vivеrrаlаrgа ham yaqin turаdi. Аfrikаdа bo’rilаr yo’q, аmmо bu oblast uchun endеmik bo’lgаn sirtlоnsimоn itlаr Lycaon pictus uchrаtish mumkin. Tulkilаr judа ko’p tаrqаlgаn bo’lsа, mushuksimоnlаr tur sоni kаm bo’lib, ulаr Аfrikа chеgаrаlaridаn ham tаshqаri hududlarda tаrqаlgаn.
Mushuksimonlardan savannada va chalacho’llarda yashovchi sher, (ko’pchilik rayonlarda ular qirilib yuborgan), gepard, qoplon, serval, kichik mushuklarning bir necha turlari yashaydi. Afrika yovvoyi mushugi uy mushuklarining ajdodi sanaladi. Ushbu oblastda kemiruvchilarning jayralar (Histricidae) va quyidagi: tikandumli olmaxonlar Anomaluridae, uzunoyoqlar (Pedetidae), qamish kalamushlari (Thryonomyiae), tog’ sichqonlari (Petromyidae), taroqbarmoqli kalamushlar (Ctenodactylidae), peskoroylar-qumqazirlar (Bathyergidae) ga mansub endemik oilalariga mansub hayvon turlari tarqalgan.
Efiopiya oblastida Hasharotxo’rlar turkumining 3 ta endemik oilasi mavjud. Ular orasida zlatokrotlar – oltinkrotlar (Chrysochloridae) diqqatni o’ziga tortadi. Mo’ynasi oltinga o’xshab tovlanib turadigan bu hayvonlarni 30 turi Janubiy Afrikadan Ugandagacha tarqalgan. Yevrosiyodagi krotlar bilan zlatokrotlar orasida konvergent o’xshashlik mavjud. Zlatokrotlar ham yer qazib hayot kechiradi. Suvsarsimon yerqazirlar (Potamogalidae) ham Efiopiya oblasti uchun endemik hisoblanadi, ular G’arbiy Afrika suvlarida yashaydigan, aktiv suzib baliqlar va qisqichbaqasimonlar bilan oziqlanadigan hayvonlardir. Endemik oilalardan fil yerqazirlar yoki xartumli prigunchiklar – sakrovchilarning (Makroscelididae) 40 turi yashaydi. Ular tashqi ko’rinishidan qo’shoyoqlarga o’xshab ketadi, ammo tumshug’ining xartumga o’xshab cho’zilganligi bilan farq qiladi.
Efiopiya oblastida lorilar (Lorisidae) oilasiga mansub chala maymunlar yashaydi. Ular Hind-Malayya oblastida ham uchraydi. Qizig’i shundaki, Afrika chala maymunlari Madagaskar maymunlaridan keskin farq qilsa, Hindistonda tarqalgan turlariga nisbatan yaqindir va o’xshashdir. Bu oblastda chala maymunlarning potto va galago endemik urug’lariga mansub bir necha turi yashaydi. Yuqori primatlarning Cercopithecidae (Eski Dunyo maymunlari) va Pongidae (odamsimon maymunlar) oilalariga mansub bo’lgan turlar ko’pchilikni tashkil qiladi. Shulardan gorilla va shimpanze urug’larining 1 turi va kenja turlarini misol qilib olishimiz mumkin. Gorilla oila bo’lib, shimpanzelar gala bo’lib hayot kechirishadi. Afrikada Eski Dunyo maymunlaridan martishkalar (100 ga yaqin turi), pavian, mandrilla, kolobuslar yashaydi. Efiopiya oblastida haqiqiy krotlar, ayiqlar, yenotlar, qunduzlar, bug’ular, tuyalar uchramaydi. Bir o’rkachli tuya – Shimoliy Afrikada uy hisoblanadi.
Efiopiya oblastida qushlarning juda ko’p turlari mavjud. Qushlarning endemik urug’lari va turlari ko’p bo’lsada ularning areali qisqarib ketgan. Qushlardan Afrika tuyaqushi Struthionidae (1 turi), kotib yoki mirzo qush (Sagittaridae), turako (Muzophagidae), kitboshli qushlar (Balaenicipitidae) va bolg’aboshli qushlar (Scopidae), sesarkalar (100 dan ziyod turi), to’qimachi qushlar, nektarxo’rlar, asalko’rsatkichlar (medoukazchiklar), karkidon qushlar yashaydi.
Shuningdek, kosmopolit turlardan – kakku, qizilishtonlar, ko’ktarg’oqlar, zimorodoklar; tropikopolit turlardan to’tiqushlar, trogonlar, borodatka va pittlar hayot kechiradi. Qishki mavsumda Afrika ornitofaunasi Yevropadan uchib kelgan ko’p sonli qushlar masalan, laylak, turna, qaldirg’och va boshqalar hisobiga boyiydi.
Efiopiya oblastida reptiliyalarning xameleonlar kabi turlari keng tarqalgan. Ayniqsa eng katta turi Madagaskarda yashaydi, ular Janubiy Ispaniya, Arabiston, Hindiston, Shri-Lankada ham tarqalgan. Bu oblastdav gekkonlar, endemik turlardan belbog’li (Cordylidae) va oyoqsiz chuvalchangsimon kaltakesak (ko’r stsinklar Feylinidae), agama va kattaligi 2 m keladigan ulkan Nil echkemarlari yashaydi. Uzunligi 80 sm keladigan tropikopolit oila vakili – ko’rilon (Typhlops humbo) ham yashaydi. Bu yerda Eski Dunyo va Avstraliyada yashaydigan pitonlarning (Pythonidae) Python urug’iga mansub bo’lgan, uzunligi 1,5 m bo’lgan kichik piton, qirol pitoni, karlik pitonlardan tortib, uzunligi 7-9 m keladiga ieroglifpitonlarini ham uchratish mumkin. G’arbiy Afrika o’rmonlarida yer kovlab yashaydigan Kalabaria urug’iga mansub Calabaria reinhardti hayot kechiradi. Tuxumxo’r ilonlarning 2 urug’ga mansub turlari Afrikada, 1 tasi esa Hindistonda yashaydi. Ularning 2- bo’yin umurtqasini maxsus o’simtasi qiziloi’ngachdan chiqib turadi. Afrikada aspidsimonlarning 10 urug’ga mansub 20 turi yashaydi. Bularga haqiqiy kobralar, suv kobralari, mamba, chipor aspidlar (Elaps) misol bo’ladi.
Haqiqiy qorailonlar (Viperidae) faqat Eski Dunyoda tarqalgan bo’lib, Efiopiya oblasti ularning kelib chiqish markazi hisoblanadi. Bu ilonlar Madagaskarda uchramaydi. Afrikada efa, qorailonlarning Causus, Atrastaspis, Bitis (uzunligi 2 m keladigan Gabon qora iloni), shuningdek shoxdor Cerastes va Atheris urug’lariga mansub turlari yashaydi. Ushbu oblastda quruqlik toshbaqalari (Testudinidae) ning 4 urug’ga mansub bir necha turi va yumshoq terili toshbaqalari (Trionychidae) ning 2 endemik urugiga mansub turlari tarqalgan. Pelomeduzalarning (Pelomedusinae) Afrikadan tashqari, Madagaskarda, Janubiy Amerikada ham yashovchi turlari bor. Timsohlarning 2 turi Afrikada tarqalgan. Efiopiya oblastida amfibiyalarning (Phrynomeridae) endemik oilasiga mansub turlari, tiriktug’ar qurbaqa (Nectophrynoides), haqiqiy baqalar, rakoforidlar yoki eshkakoyoqlilar, torog’izlilar (Breviceps) juda ko’p turlari, junli baqalarning (Astylosternus) yashaydi. Dumli amfibiyal uchramaydi, tropik zonalar uchun xos chervyagalar ko’p uchraydi.
Efiopiya ixtiofaunasini cho’tkaqanotlilar (Polypteridae) ning shu’laqanotli va kalamoixtlar, ikki xil nafas oluvchi baliqlar – Protopteruslar (yozgi uyqusi 6-9 oy davom qiladi), primitiv hisoblangan Isospondyli kenja turkumiga mansub kneriyasimonlar, krameriyasimonlar, fraktolemasimonlar kabi endemik oilalari vakillari, Suyaktilli baliqlardan kapalak-baliq (Pantodontidae), ingichkatumshuqlilar (Mormyridae), gimnarxlarsimonlar (Gymnarchidae – tanasida elektr toki hosil qiladi, masalan: elektrik laqqabalig’i - Malapteruridae), laqqasimonlarning 6 oilaga mansub 250 turi, Characidae, Cichlidae va labirintlilar (Anabantidae) hayot kechiradi.
Efiopiya oblasti umurtqasiz hayvonlari – chayonlarning juda ko’p turlari masalan Isometrinae qadimiy kenja oilasiga va Scorpionidae oilasiga taalluqli turlar keng tarqalgan. Ular ichida eng kattasi pandinus- Imperatorning kattaligi 16 sm dir. Shunigdek, salpuglar (Madagaskarda uchramaydi), o’rgimchaklarning turli vakillari – yirik, zaharli qushxor o’rgimchak (Theraphosa), halqa to’r to’quvchi o’rgimchak; ulkan ko’poyoqlar – kivsyaklar (mahalliy aholi ovqatga ishlatadi), zaharli skolopendralar mavjud
Hasharotlar faunasini – termitlar (500 turi tarqalgan), chigirtkalarning juda ko’p turlari, jumladan, shistotserkalar, qoratanli qo’ngizlar –chernotelkalar (Tenebrionidae) masalan – Bronza qo’ng’izlar (uzunligi 10-11 sm keladigan Goliaf), bug’u qo’ng’izlar, mo’ylovdorlar, qo’shqanotlilardan se-se pashshasi keng tarqalgan. Kunduzgi kapalaklarning esa tur soni bu yerda kamdir. Quruqlik mollyuskalri orasida Axatina urug’iga mansub turlari yashaydi.
Efiopiya oblasti landshaftining xarakteriga, o’simlik qoplami xususiyatlariga va faunasidagi o’ziga xosliklarga qarab 3 ta kichik oblastlarga ajratiladi.
1. Sharqiy Afrika
    1. G’arbiy Afrika


    2. Janubiy Afrika yoki Kap


Sharqiy Afrika kichik oblasti Afrika qit’asining Sahroi – Kabirdan tortib janubda tropik qismgacha bo’lgan huduni egallaydi. Bu kichik oblast savannalar va tog’ tizmalari va tani hisoblanadi. Savannalar va tog’ tizmalari shimoliy-sharqida va buyuk ko’llar rayonida joylashgan. Afrika savannalari tashqi ko’rinishidan Yevrosiyo o’rmon dastlariga o’xshasada, kam miqdorda o’t o’simliklar va daraxtlar tur tarkibining ko’pligi bilan ajralib turadi. Bepoyon kengliklar orasida bahaybat baobablar, soyabonsimon shaklli akatsiyalar, mimozalar, daraxtsimon sutlamalar va boshqalar o’sadi. Biroz sernam rayonlarda siyrak or’monlar, qurg’oqchil zonalarda esa past bo’yli o’t o’simliklar o’sadigan cho’llangan savannalar joylashgan. Ana shu formatsiyalardagi o’ziga xos xususiyat namliknining davriy ravishda o’zgarib turishidir. Qurg’oqchilik va namgarchilik mavsumlarining gallanib kelishi savannada hayot kechiradigan hayvonlar hayotida muhim rol o’ynaydi.


Sharqiy Afrika kichik oblasti faunasi juda ko’p xilma-xil turlarga ega. Savannalarda yirik o’txo’r hayvonlar – antilopa, buyvol, jirafa, Afrika fili, karkidon, zebralar; yirtqichlardan – sher, qoplon, gepard uchraydi. Suv ay;girlari, sirtlonlarning 2 turi – yo’l-yo’l va chipor sirtlonlari tarqalgan. Mazkur oblastda naytishlilar, turli pavianlar, qoyatoshlarda esa damanlar hayot kechiradi.
Qushlardan – kitboshli qushlar, shoxdor qarg’a, bulduruq, tuvaloqlar, sesarkalar, marabou, to’qimachi qushlar (kvelia, amaranth, olovrang to’qimachi), afrika tuyaqushlari; yirtqich qushlardan – skomorox, nayrangchi burgut yoki figlyar tarqalgan.
Reptiliyalar faunasi – agamalar, gekkonlar, kobralar, mambalar, qorailonlar
yashaydi. Baliqlardan ikki xil nafas oluvchi baliq Protopteruslar va Ko’pshulalilarni hayot kechiradi. Keyingi 100 yil ichida Sharqiy Afrika faunasi tubdan o’zgardi, ko’pchilik hayvonlarni endi milliy bog’lar va qo’riqxonalarda uchratish mumkin.
G’arbiy Afrika kichik oblasti Afrikaning ekvatorial zonasidan markaziy va G’arbiy qismida – Gvineya qo’ltig’ining janubiy sohillari va Kongo havzasida joylashgan. O’simliklar formatsiyasining asosiy qismini nam tropik o’rmonlar tashkil qiladi. O’rmonlarning ko’p yarusli bo’lishiga qarab, hayvonlar ham yaruslar bo’ylab joylashadi.
Sut emizuvchi hayvonlar faunasi – cho’tkaquloqli cho’chqalar, pakana yoki Liberiya begemoti, Afrika bug’uchasi, o’rmon antilopasi – dukerlar, yirik antilopa – bongo, o’rmon jirafasi – okapi, eng yirik odamsimon maymun - gorilla, Kongo havzasini sharqiy qismidagi o’rmonlarda Afrika tovusi, turli maymunlar – kolobuslar, martishkalar, diana, mona, shimpanze; chala maymunlardan galago va potto; daraxtlar orasida tikandumli va haqiqiy olmaxonlar, ko’rshapalaklar – krilanlar yashaydi.
Qushlar faunasi – kaptar, to’tiqushlar (masalan kulrang jako), bananxo’rlar, karkidonqushlar, borodatkalar kabi mevaxo’r qushlar tarqalgan. Hasharotxo’r qushlardan ko’ktarg’oq,.bulbul, kurkunak, drongo, lichinkaxo’rlar; yirtqich qushlardan – maymunxo’r burgut martishka va kolobuslarni ovlab yeydi. Shuningdek medoukazchiklar – asalko’rsatkichlar diqqatni jalb qiladi.
Reptiliyalardan – xameleonlarning juda ko’p turlari, xlorofis iloni, yashil mamba, daraxt qora iloni, to’mtoq tumshuqli timsohlar hayot kechiradi.
Umurtqasizlar faunasi – kapalaklarning ko’pchiligi G’arbiy Afrikaning tropik o’rmonlari bo’ylab tarqalgan. Ularning 4/3 qismi (75%) endemik hisoblanadi. Areallar orasidagi uzilishlar uchlamchi davrda Afrika va Janubiy Osiyodagi nam tropik nam o’rmonlari o’rnida bepoyon kengliklar bo’lganligi va har ikkala qit’a birlashgan holda yagona qit’adan iborat bo’lganligi bilan tushuntiriladi.
Kap kichik oblasti – Afrikaning janubiy tropik qismidan to janubigacha bo’lgan qismini o’z ichiga oladi. Ushbu kichik oblast florasi o’ziga xos bo’lib, alohida floristic oblast sanaladi. Kap kichik oblastining florasining asosiy qismini spetsifik sukkulent o’simliklar – vereskdoshlar, amarillisdoshlar tashkil qiladi. Namibiya, Kalaxari va Karru sahrolari bo’ylab, cho’l o’simliklarining juda ko’p guruhlari tarqalgan.
Kap kichik oblasti faunasi Sharqiy Afrika faunasiga yaqin bo’lsada, endemism yaqqol ko’zga tashlanadi. Sutemizuvchilardan – uzunoyoq, zlatokrotlar; tuyoqli sutemizuvchilardan endemik hisoblangan shpringbok; endemik urug’lardan surikat viverrasi, endemik turlardan tog’ zebrasi, Burchella zebrasi (bir necha kenja turi bor), qo’ng’ir giyenalar yashaydi.
Qushlardan – medoukazchiklar yani asalko’rsatkichlar va sichqonqushlarni uchratish mumkin.
Amfibiyalardan – junli baqa va shporli baqa (Xenopus) ham ushbu kichik oblastda tarqalgan.
Kap kichik oblastida umurtqsizlarning son-sanoqsiz turlari yashaydi. Shulardan birlamchi traxeyalilar (Protracheata) ga mansub peripatuslar, bug’u qo’ng’izlar (Chiastognathidae) aytish mumkin. Peripatuslar amfiboreal ravishda tarqalgan. Kap kichik oblasti chigirtkasimonlarining juda ko’p endemik urug’lariga mansub ayrim turlari qanotsiz bo’lib, tanasining shakli sukkulent o’simliklar novdasiga o’xshab ketadi.
Madagaskar oblasti
Mazkur oblast hududiga Madagaskar oroli, Hind okeanidagi bir qator arxipelaglar hamda Komor, Seyshel, Maskaren va boshqa kichik orollar kiradi. Madagaskar oroli 587 ming kv.km maydonni egallaydi. Uning tabiiy sharoiti ham xilma-xildir. Markaziy qismda tog’liklar, sohil qismlarida esa tekisliklar joylashgan. Orolning markaziy qismida balandligi 1000-1500 m bo’lgan yassi tog’liklar joylashgan bo’lsada (ayrim cho’qqilarning balandligi 2600 m), o’rmonlari mavjud emas. Sharqiy qismida qalin tropik o’rmonlar mavjud. Orolning janubiy qismida sahrolar mavjud. Mozambik bo’g’ozi (kengligi 420 km) Madagaskar orolini Afrikadan, Hind okeani esa Hind-Malayya oblastidan (oraliq masofa 3700 km) ajratib turadi. Madagaskar florasi juda boy bo’lib, o’simliklarning 6000 turi aniqlangan. Bular jumlasiga palmalar, bambuklar, orxideyalardan tashqari endemik hisoblangan sayyohlar daraxti ham o’sadi.
Madagaskar oroli faunasi ma’lum miqdorda endemiklarga ega tipik orol bo’lib, Efiopiya faunasidan yaqqol ajralib turadi. Fitofaglar orasida daraxtlarda yashovchi mevax’orlar ko’pchilikni tashkil qiladi. O’txo’rlar deyarli uchramaydi, yirik yirtqichlar ham, o’laksaxo’r tasqaralar ham umuman yo’q.
Oblastning aborigen hayvon turlari 4 turkumga mansub bo’lib, barcha ularning turlari endemikdir. Ushbu oblastda hasharotxo’rlardan tenreklar (Tenrecidae) ning 13 urug’ga mansub 30 turi yashaydi. Ekologik moslashishiga ko’ra ularning tipratikan, krot, yerqazir, suvsar tipidagi turlari ham bor.
Madagaskarda primatlar turkumining haqiqiy lemurlar (Lemuridae), indrilar (Indridae), ay-aylar (Daubentoniidae) kabi 3 ta oilasiga mansub turlari hayot kechiradi. Haqiqiy lemurlar 6 urug’ga kiruvchi 15 turdan iborat. Ularning eng kattasi vari va kattadir. Indrilar oilasiga 4 tur, ay-aylar oilasiga esa 1 tur- qiloyoq yoki rukonojka kiradi. Madagaskarning pleystotsen davriga oid qatlamlaridan lemur va indrilarning suyak qoldiqlari topilgan.
Kemiruvchilardan endemik hisoblangan Mesomyinae kenja oilasining 12 turi yashaydi.
Yirtqich hayvonlari Vivarralar oilasiga taalluqli 7 ta endemik urug’ga kiruvchi turlardan iborat. Tipik vakili – fossa hisoblanadi. Ayrim hayvonlar tasodifan yoki odamlar bilan kelgan. Bular kalamushlar, sichqonlar, cho’tkaqanotli cho’chqalardir. Ayniqsa, ko’rshapalaklarning juda ko’p turlari bor. Pleystotsen davriga oid qatlamlaridan begemotlarning suyak qoldiqlari topilgan. Madagaskarda fillar, karkidonlar, mushuklar, itlar, sirtlonlar, naytishlilar, antilopalar uchramaydi.
Madagaskar qushlarining 50% endemikdir. Qolganlari asosn Efiopiya oblastidan (bolg’aboshli qush, bulduruq, drongo, to’qimachi, nektarchi qushlar) va Hind-Malayya oblasti (oqko’z, salangan) qushlaridan iborat. Ayrim qushlar: tuyaqushlar, kotib qushlar, turako, karkidonqushlar, asalko’rsatkichlar –medoukazchiklar umuman uchramaydi. Madagaskarning tipik qushlaridan 3 ta endemik oilasi – Madagaskar pittalari (Philepittidae), suvmoshaksimon kakliklar (Mesoenatidae), vangilar (Vangidae – 9 urug’ga mansub 11 turi bor) ni misol qilish mumkin. Pleystotsenda yashagan va qirilib ketgan gigant uchmaydigan epiornis va dodo ham oblastning endemik qushlari hisoblanadi. Kosmopolit turlar esa – qo’ng’irlar, qoravoylar, qarchig’aylar, ko’ktarg’oqlar, laylaklar, qarqaralar, kaptarlar, yapaloqqushlar, kakkular, qaldirg’ochlar yashaydi.
Madagaskar reptiliyalari faunasi – xameleonlar, gekkonlar, toshbaqalar (quruqlik va yon bo’yinli) ning juda ko’p turlari, Nil timsohlari (Komor va Seyshel orollarida ham uchraydi) tarqalgan. Haqiqiy kaltakesaklar, zaharli ilonlar, asl bo’gma ilonlar Constrictor, pitonlar uchramaydi. Boidae bo’gma ilonlaridan faqat Madagaskar bo’g’ma ilonlari (Sanciinae) endemiklar hisoblanadi. Bu kenja oilaning 4 urug’i mavjud bo’lib, 2 tasi Madagaskarda, qolgan urug’lari Reyunon va Mavrikiy yaqinidagi Raund orolida yashaydi.
Madagaskarda amfibiyalar kam sonli bo’lib, ularning barchasi baqalar hisoblanadi, ularning bu oblastda 150 turi qayd qilingan. Ko’pchilik turlari esa endemik bo’lib, ulardan eshkakoyoqli baqalar yoki rakoforidlar, burchaktishlilar (Brevicipitadae) misol bo’ladi.
Mazkur oblastda haqiqiy chuchuk suv baliqlari yo’q, xromis va karptishlilarning bir necha turlari hayot kechiradi.
Madagaskar oblastidagi umurtqasiz hayvonlarning ko’pchiligi Efiopiya oblastidan kelib qolgan, salpuglar uchramaydi. Chayonlarning Grosphus, Heteroscorpius urug’lari ham endemik hisoblanadi.
Madagaskar entomofaunasini Hindo-Malayya oblasti bilan faunistik aloqada ekanligini ko’rish mumkin. Ulardan Brancsikia aeroplana beshiktebratarining oldingi yelka qismi bargga o’xshab kengaygan. Yer yuzidagi tovusko’z kapalaklarning eng yirigi – to’q sariq tovusko’z Argema mittrei kapalagi (kattaligi 26 sm) ham shu yerda tarqalgan. Maskaren orollari vulkan natijasida paydo bo’lgan bo’lib, ilgarilari o’rmon bilan qoplangan. Maskaren orollarida quruqlikda yashovchi sutemizuvchilardan faqat ko’rshapalaklar mavjud. Amfibiyalar va asl chuchuk suv baliqlari uchramaydi. Bu orollarda tarixiy davrlarda gigant toshbaqalar yashagan, keyinchalik ular inson tomonidan butunlay qirib yuborilgan. Bo’g’ma ilonlarning Madagaskar kenja oilasiga mansub Casarea va Bolyeria kabi endemik urug’lariga kiruvchi turlari, stsinklar, gekkonlar yashaydi.
Darlington fikriga ko’ra, Yer yuzining biron bir qismida Maskaren orollari faunasiga teng keladigan yoki o’xshash bo’lgan ornitofauna yo’q. Shu bilan birga Yer yuzining biron bir qismida mahalliy qushlar Maskaren orollari qushlariga o’xshab, inson tomonidan tez va qisqa fursat ichida batamom qirib yuborilgan emas. Bular Mavrikiy orollarida yashagan dodo, Reyunon orolida yashagan pustinnik, Rodriges orolida yashagan oq dodo, Mavrikiy, Burbon, Rodriges orollarida yashagan dront qushlarini misol qilib olish mumkin. Hozirgi kunda Maskaren orollarida ayrim suv qushlari, yirtqich qushlar, yapaloqqushlar, kaptarlar, to’tiqushlarning bir necha turi, chumchuqlarni uchratish mumkin.
Seyshel orollari faunasini amfibiyalarning qadimgi guruhiga mansub bir nacha turi tashkil qiladi. Uchmaydigan qushlar, quruqlikda yashovchi sutemizuvchilar umuman uchramaydi. Hasharotlar faunasi jihatidan Hindiston formalarini eslatadi, Seyshel orollari qushlarini Efiopiya bilan yoki Hind-Malayya oblasti bilan faunustik jihatdan aloqadorligi ko’zga tashlanadi, ko’rshapalaklari esa Hind-Malayya oblastidan kelib chiqqan. Seyshel orollari faunasining Efiopiya bilan aloqasi Madagaskar bilan aloqasiga nisbatan yaqqol ko’zga tashlanadi. Buning sababi, Seyshel orollari qadimgi davrlarda Afrika va Hindistonning birlashtirib turgan katta arxipelag qoldiqlaridir deb taxmin qilinadi.
Hind-Malayya oblasti
Hind-Malayya oblasti Osiyoning tropik va subtropik qismi, shuningdek, Hind va Tinch okeanlaridagi bir qator arxipelag va orollarni o’z ichiga oladi. Mazkur oblastning sharqiy chegarasida aniqrogi Tar sahrosida Hind faunasi Old Osiyo faunasi bilan aralashib ketgan. Shimoliy chegarasi esa Himolay cho’qqilariga yetib boradi. Ko’pchilik zoogeograflar Hindo-Malayya oblasti janubiy chegarasini Xuanxe va Yantszi daryolari ortasida, subtropik o’rmonlarning shimoliy chegarasida deb ta’kidlaydilar. Oblastning janubiy-sharqiy chegarasi hali hanuzgacha bahs munozaralarga sabab bo’lmoqda. Uolles davridan boshlab, janubiy sharqiy chegara Bali va Lombok, Kalimantan va Sulavesi orollarini ajratib turuvchi bo’goz orqali o’tgan deb ta’kidlanar edi. Keyinchalik Geksli bu chegaralarini “Uolles liniyasi” deb ataldi va chegara Filippin orollari o’rtasidan o’tadi degan.
Boshqa olimlar taklifiga ko’ra, sharqiy chegara Sulavesi, Kichik Zond va Molukka orollaridan keyin o’tkazilishi lozim. Buni “Veber liniyasi” deb atashadi. Bu liniya statistik usulda, Osiyo va Avstraliya faunasi elementlari nisbatiga asoslanib aniqlangan. Fitogeograflar Paleotropik dominionga Yangi Gvineya hamda Tinch okeanning tropik qismi chegarasigacha bo’lgan orollar va arxipelaglarni o’z ichiga oladi. Polineziya orollari bunga kirmaydi. Buning sababi, floristik tarkibning bir-biriga o’xshashligidir. Yangi Gvineya, Molukka va boshqa orollarni (Sharq tomonda Fiji oroligacha) faunasi o’tish xarakteriga ega. Ammo hayvonlarning reptiliyalar, hasharotlarning tarqalishini o’rganish natijasida bu rayonni Avstraliyaga emas, Hind-Malayya oblastiga kiritish to’gri ekanligi ma’lum bo’ldi. Buni B.Belishev (1961), O.L.Krijanovskiy (1976) o’z tadqiqotlari natijasida isbotlashgan. Papua kichik oblastining ko’p sonli endemiklari kelib chiqishi va qon-qarindoshlik aloqalariga ko’ra Avstraliyaga emas, balki Paleotropikaga kirishi ma’lum bo’ldi. Keyingi ma’lumotlarga ko’ra, Filippin, Zond orollari va Yangi Gvineya kiradi. Oblastning shrqiy qismida ekvatorial o’rmonlar ulkan massivi mavjud. Himolayning sharqiy qismida va HindiXitoyda boy o’simlik qoplamiga ega baland tog’lar mavjud. Hindistonda esa o’rmonlar o’rnini quruq va ulkan kengliklar, hatto sahrolar egallaydi. Landshaftlarning bunday xilma-xilligi fauna tarkibining ham xilma-xil bo’lishiga olib kelgan.
Hind-Malayya oblastining sutemizuvchilari 46 oilaga mansub bo’lib (Simpson, 1945), ularning 5 tasi xaltalilar va teshiklilar Avstraliya uchun xos bo’lib, faqat Papua kichik oblastida uchraydi. Endemik oilalar soni 4 tani tashkil qiladi. Qolgan oilalar Efiopiya, Golarktika va Neotropika olamlari uchun umumiydir. Hind-Malayya oblastining janubiy-sharqiy qismida bir teshiklilar yoki tuxumqo’yuvchi sutemizuvchilardan Yangi Gvineya proexidnasi (Proechidna) va exidnalar (Tachyglossus), shuningdek sutemizuvchilarning xaltali sichqonlar (Dasyuridae), bandikutlar (Peramelidae), Falangistlar (Phalangeridae) va kengurular (Makropodidae) kabi oilalarga mansub hayvonlar yashaydi. Oblast hududida tipratikanlar (endemik hisoblangan Echinosoricidae kenja oilasi turlari), krotlar, junqanotlar, mevaxo’r ko’rshapalaklar Pteropidae uchraydi. Bu yerda primatlar turkumining endemik hisoblangan Tupaylar oilasi – Tupaiidae turlari, chala maymunlardan Loris va Nucticebus urug’lariga kiruvchi ingichka va yo’g’on lorilar yashaydi.
Uzuntovonlar oilasi – Tarsidae vakillari faqat Malayya arxipelagida va Filippinda yashaydi, yuksak primatlardan makaki, odamsimon maymunlardan orangutan, gibbon tarqalgan.
Yashchurlar yoki pangolinlar manidae Afro-Osiyo faunistik aloqalarga egadirlar. Oblast hududi va uning tarkibibdagi bir qancha orollarda jayralar, qumsichqon, uchar tiynlar, kalamushlarning juda ko’p turlari yashaydi.
Hind – Malayya oblastida endemik Cuon urug’iga kiruvchi qizil bo’ri, suvsar, viverrasimonlar (masalan hind mangustasi), mushuksimonlardan yo’lbars, qoplon, gepard va boshqa turlar yashaydi. Oblastning g’arbiy qismida arslonlar saqlanib qolgan. Oblast hududida Hind fili, Sumatra va Molukka yarim orolida tapirlarning bir turi, karkidonlarning 3 turi hayot kechiradi. To’ng’izlar-cho’chqalar barcha qismda uchraydi. Yovvoyi buqalardan buyvol, banteng, gayal va boshqalar tarqalgan, ammo antilopalar turlari kamdir. Yovvoyi echkilar va qo’ylar shimoldan kelgan golarktik turlardir.
Hind-Malayya oblastining qushlar faunasini janubiy-sharqda ko’kraktojsiz qushlardan kazuar Casuariidae bir necha turi, xas tovuqlar yoki megapodlar, qirg’ovullar, tovuslar, baliqxo’r boyqush (Ketupa) yashaydi. Avdotkalar (Burhinidae) va bulduruqlar (Pteroclidae) ochiq yalangliklarda yashovchi turlar bo’lsa, to’tiqushlar, bulbullarga o’xshash ko’k qushlar (Irenidae) o’rmonlarda yashaydi.
Hind –Malayya oblastining tropikopolit qushlari trogon, nektarnitsa, zimorodok – ko’ktarg’oq va boshqalardir.
Reptiliyalar faunasi: ilonlar, kaltakesaklar, toshbaqalar, timsohlar keng tarqalgan. Toshbaqalarning 2 ta endemik oilasi – Katta boshli toshbaqalar (Platysternidae- yagona turi Hindi-Xitoyda tarqalgan) va ikki tirnoqli toshbaqalar (Carettochelyidae – bu oilaning yagona turi Yangi Gvineyada tarqalgan) tor arealga ega bo’lsa, Tryonychidae va quruqlik toshbaqalari (Testudinidae) keng tarqalgan. Oblastda kaltakesaklarning 2 endemik oilasi mavjud: Dibamidae – yer kovlab hayot kechiradigan 3 tur; faqat Kalimantan orolida tarqalgan Lanthanotidae oilasining yagona turi quloqsiz echkemarlardir. Bu oblastda gekkonlar, agamalar, stsinklar ko’pchilikni tashkil qiladi. Agasimonlardan uchar ajdaho (Draco volans) Janubiy Osiyo o’rmonlarida (20-25 m gacha uchib boradi), Uzunligi 365 sm keladigan Komodo echkemari Flores va Komodo orollarida yashaydi.
Ilonlar faunasini ko’rilonlar (Typhlopidae), yer kovlab hayot kechiruvchi Anilidae oilasi vakillari – silindrsimon ilon va ammoxilus, Uropeltidae oilalariga mansub turlar tashkil qiladi. Umuman olganda, mazkur oblastda ilonlarning 35 endemik turi hayot kechiradi. Uzunligi 5-6 m keladigan matrap piton, suvilonlar (Colubridae), aspidsimonlar (Elopidae – bularga qirol kobrasi, asl kobralar, Bungarus urug’iga mansub kraytlar kiradi), qorailonlar (Viperidae), shaqildoq ilonlar (Crotalidae – bular orasida Trimeresurus urug’iga kiruvchi kufiya yoki taqaboshli ilonlar) shular jumlasidandir.
Hind-Malayya oblastida asl timsohlarlar, baliqxo’r gaviallar, alligatorlar tarqalgan, ularning 1 turi Xitoyning Yantszi daryosi havzalarida hayot kechiradi. Amfibiyalarning barcha turkumlariga mansub vakillari uchrasa ham, ular orasida endemik oilalari uchramaydi.
Chеrvyagalardan sеylon ilon balig’i (Ichthyophis urug’i) daryo va ko’llar qirgoqida 20-30 sm chuqurlikda yashaydi. Yashiirin jabralilar oilasiga mansub turlar Sharqiy Xitoy va Shimoliy Amеrikada, salamandralar esa Yevropa, Osiyo, Shimoliy Afrika, Shimoliy Amеrikada tarqalgan. Dumsiz amfibiyalar ko’pchilikni tashkil qiladi. Bular haqiqiy baqalar Rana va eshkakoyoqli baqalar Rhacophoridae bo’lib 150 ga yaqin turi bor. Shu bilan birga chеsnochnitsa va tor og’izli baqalarning ham ko’pchilk turlari bu oblastda yashaydi.
Ixtiofaunaning o’ziga xosligi – arxaik yani qadimgi guruhlar uchramaydi, 3 ta oilasi endemik sanaladi. Karpsimonlarning (Cuprinidae) ko’pligi, losossimonlarning umuman uchramasligidir.
Hindo-Malayya oblasti entomofaunasi –
Kapaklarning kavalerlar oilasi (Papilionidae) ning qushqanotlilar Troides yoki Ornithoptera urug’iga mnsub turlari. (Zond va Yangi Gvineyada), Danaida kapalaklari, yirik tovusko’z lapalaklari – Atlas (Attacus atlas);
Qo’ng’izlardan bargxo’r qong’izlar, tillaqo’ng’izlar, mo’ylovdorlar, bug’u qo’ng’izlar, vizildoqlar (Mormolyce), karkidon qo’ng’izlar (Chalcosoma) ni uchratish mumkin. Shuningdek, plochniklar, beshiktebratarlarning har xil shakldagi turlari, termitlar, chumolilar hayot kechiradi. Oecophylla smaragdina chumolisi o’simlik barglaridan uya to’qiydi.
Ushbu oblastda birlamchi traxeyalilar (Peripatidae), Charilinidae endemik oilasiga kiruvchi chayonlar, telifonlar, solpuglar, paxmoq qushxo’r o’rgimchaklar uchraydi. Hindiston va Seylon orolida gigant yomg’ir chuvalchanglari (Megascolecidae) tarqalgan.
Hind-Malayya oblasti faunasi tarkibiga ko’ra Hindiston, Malayya, Hindi-Xitoy va Papua kichik oblastlariga bo’linadi.
Hindiston kichik oblasti – Old Hindiston va Shri Lanka orolini o’z ichiga oladi. Uning g’arbiy va shimoliy chegarasi oblast chegarasi bilan mos keladi. Sharqiy chegarasi Gang daryosi del’tasi va Braxmaputra daryosining yuqori oqimi bilan chegaralangan. Bu hududning asosiy qismi yassi tog’liklar va past-tekisliklar bilan chegaralangan. Uning shimoliy qismi Himolay tog’lariga to’g’ri keladi. Hindistonning janubiy qismi g’arb va sharq tomondan tog’ choqqilari Sharqiy va G’arbiy Gata bilan chegaralangan. Uning shimoliy sharqiy qismidagi tekisliklar o’simliklar va yakka siyrak butalardan iborat sahrolar bilan qoplangan. Hind vodiysida qachonlardir to’qay bo’lgan yerlarda hozirda palmalar o’sib yotadi. Gang vodiysi palma va bambuklar o’sib yotgan daraxtlar bilan qoplangan. Himolay etaklarida o’tib bo’lmaydigan jangalzorlar – junglilar van am tropik o’rmonlar joylashgan. Himolayning yuqori qismida subtropik va mo’tadil o’rmonlar zonasi joylashgan. Hindiston markazi Dekan yassi tog’ligi quruq iqlimga ega bo’lib, savanna bilan qoplangan. Hindiston, Shri-Lanka va Pokistonda tabiiy zonalarning ko’pchiligi yo’q qililgan.
Sut emizuvcilar faunasi – ba’zi ohular –antilopalar: nilgau, garna, to’rtshoxli ohular, ayiqlarning gubach turi, Hindistonda muqaddas sanalgan xulman maymunlari, Bengal yo’lbarslari, sherlar, karakal va xaus, gepardlar yashaydi.
Qushlar faunasini oddiy tovus, tog/ maynasi, dumparast, afg’on maynasi tashkil qiladi.
Qalqondumli ilonlarning (Uropeltidae) ning 45 endemik turi Hindiston kichik oblastida tarqalgan. Megaskolesidlar – yomg’ir chuvalchanglari antiboreal ravishda tarqalgan. Shri-Lankada karkidonlar, yo’lbarslar, ohular, tupaylar uchramaydi.
Malayya kichik oblasti – bu hududga Molukka yarim oroli, Filippin orollari arxipelagi va Zond orollari kiradi. Sharqiy chegara Makassar bo’g’ozigacha yetib boradi. Malayya kichik oblastining iqlimi nam tropik bo’lib, o’simlik qoplami asosan sernam tropik o’rmonlardan iborat. Florasi boyligi jihatidan Afrika va Janubiy Amerika o’rmonlaridan ham oldinda turadi. Molukka yarim orolida o’simliklarning 10 ming turi o’ssa, Malayya kichik oblastining o’zida o’simlik turlari soni 40 mingga yetadi. Masalan orxideyalarning 5 ming turi o’sadi. Daraxtlarning eng ko’pini dipterokarpsimonlar tashkil qiladi. Lianalarning ko’p turlari va eng katta gul Raffleziya Arnoldi ham shu yerlarda o’sadi.
Malayya kichik oblastining sut emizuvchilari – Hind tapiri, Sumatra va Yava karkidonlari, Banteng ho’kizi, cho’chqalarning har-xil turlari, yirtqichlardan qoplon va yo’lbars, Malayya ayig’i, binturong viverrasi, Sumatra va Malakka orolida yashaydigan endemik siamang gibboni, orangutanlar, uzunburun martishkalar, uzuntovonlarning 3 turi, hasharotxo’rlardan qildor tipratikan- gimnuralar, olmaxonlarning juda ko’p turlaridan iborat.
Qushlar faunasi. Malayya kichik oblastida qizilishtonlar, drongolar, borodastiklar, kaptarlar, karkidon qushlar, qirg’ovullarning Argus turi, tovuslar uchraydi.
Ushbu kichik oblastning reptiliyalar faunasiga quyidagi turlar kiradi: uchar ajdaho, Komodo echkemar, ilonlardan matrap piton, mayday kalamariya, daraxtda yashovchi Chrysopelea, driofislar, kobralar, qora ilonlarning bir necha turlari, jumladan xalqali qora ilon (Vipera russeli) turi, shaqildoq ilonlardan kufiya; taroqli timsohlar, Sumatra va Kalimantan orollaridagi Tomistoma urug’iga kiruvchi gaviallar.
Amfibiyalardan eshkakoyoqli baqalar uchar baqalarni uchratish mumkin.
Malayya kichik oblastining umurtqasiz hayvonlari faunasi – Kapalaklarning qushqanotlilar, kavalerlar; palochniklardan Indoneziya palochnigi; temirchak; yirtqich skakun qo’ng’izlari, uzun bo’yin trikondillar, kollirislar; daydi chumolilar – dorilinlar; gemadisp zuluklarini tashkil qiladi.
Filippin orollarida mindor buyvoli, bug’ularning bir necha turi, filippin uzun tovoni – sirixta, filippin junqanoti, viverralarning bir necha turlari, olmaxonlar, primatlarning yagona turi krabxo’r maymun, endemik sichqonsimonlar yashaydi. Qushlardan xas tovuqlar, kakadu va lori to’tiqushlarini uchratish mumkin.

Hindi-Xitoy kichik oblasti (Birma-Xitoy kichik oblasti)


Bu kichik oblast Osiyo qit’asining janubiy-sharqiy chekkasida joylashgan bo’lib, g’arbiy qismida Hindiston kichik oblasti bilan, shimoliy-sharqda Golarktika bilan chegaralangan. Hindi-Xitoy kichik oblastiga Tayvan va Xaynan orollari ham kiradi. Ushbu kichik oblast hududida uchunkeng vodiylardan oqib o’tuvchi Mekong va Iravadi daryolari mavjud. Iqlimi nam tropik bo’lib, asosiy o’simlik qoplamini doimiy yashil tropik va subtropik o’rmonlar, botqoqzor junglilar tashkil qiladi.
Hindi-Xitoy kichik oblasti sutemizuvchilari faunasi primatlardan gibbon, makaki, tupaylar, lorilar; karkidonlar; fillar; enotsimonlardan bo’lgan kichik panda; goral va takin antilopalari, elafodus kichik bug’usidan iborat.
Qushlar faunasini – tovuqsimonlardan Tragopan va Lophura urug’lariga mansub qirg’ovullar, endemik argus, endemik bankiv tovuqlari; chechevitsa, klestlar tashkil qiladi.
Yantszi daryosida timsohlarning Xitoy alligatori degan turi yashaydi.
Papua kichik oblasti
Papua kichik oblasti Makassar bo’gozidan sharqda joylashgan Lombok, Sumbava, Flores, Timor, Sulavesi, Molukka, Yangi Gvineya orollari kiradi, sharqiy chegarasi hali to’liq aniqlanmagan. Ayrim ma’lumotlarga ko’ra sharqiy chegara Solomon orollari va Yangi Irlandiya orollaridan biroz sharqda joylashgan, ayrim manbalarda esa shu orollardan biroz g’arbda joylashgan.
Yangi Gvineya orolining (829 ming kv.km) sharqiy qismi tog’liklardan iborat bo’lib, ularning balandligi 5 mingga yetadi. Oblastning janubiy qismida bepoyon kengliklar joylashgan. Orolning katta qismi Malayya tipidagi o’rmonlar bilan qoplangan. Bunday landshaftlar Timor, Sulavesi va boshqa orollarda ham mavjud. Papua kichik oblastida endemiklarning soni ko’pdir.
Sulavesi orolida sutemizuvchilardan maymunlarning uzuntovonlar, makaki turi; olmaxonlar, yerqazirlar, yashchurlar; tuyoqli sutemizuvchilardan endemik kichik buyvol – anoa, babirussa cho’chqasi, Kalimantan bug’ulariga o’xshash bug’ular; xaltali sutemizuvchilardan kus-kus yoki falangistlar (Phalanger -Yangi Gvineya, Solomon orollarida) yashaydi.
Papua kichik oblasti ornitofaunasini yarmi endemiklardir. Qushlardan asosan qizilishtonlar, nektarchilar, Avstraliya uchun xos bo’lgan asalxo’rlar, lori to’tiqushlari, xas tovuqlar yashaydi. Reptiliyalarning Testudo urug’iga kiruvchi quruqlikda yashovchi turlari, amfibiyalardan Malayya faunasi uchun xos bo’lgan turlari tarqalgan.
Sulavesi orolidan fillarning qoldiqlari topilgan.
Yangi Gvineya – boy faunaga va turli xil ekologik sharoitlarga ega tropic orol hisoblanadi. Umurtqasiz hayvonlar olami asosan – yomg’ir chuvalchanglari, qo’ng’izlar, kapalaklar (kavalerlar, qushqanotlar), ninachilar, chumolilarning ko’pchilik turlaridan iborat.
Reptiliyalar faunasini esa kaltakesaklarning juda ko’p turlari, endemik gigant echkemar, Carettochelyidae oilasiga kiruvchi quruqlik toshbaqalari, gekkonlar, stsinklar tashkil qiladi.
Amfibiyalar faunasi – Tor og’izli baqalar kenja oilasi (Sphenophryninae) ning 35 urugiga mansub 36 turi, Asterophryinae kenja oilasining 4 urug’ga mansub 25 turi (masalan shoxdor baqa – caratobatrachus gunteri) dan iborat.
Yangi Gvineyada qushlarning jannat qushlari deb ataladigan 40 turi (Paradiscidae) endemiklardir. Gourinae kenja oilasiga kiruvchi kaptarlar, jingilador kaptar, pitta, nektarchilar, karkidon qushlar, to’tiqushlarning endemik hisoblangan qizilishtonsimon to’tiqushlar (Psittinae) kenja oilasiga mansub 6 tur, kakadu, lori kabi endemik turlari, Kazuar (Casuaridae) larning 1 urug’ga mansub 6 turi, xas tovuqlar – talegallar (Talegalla va Aepypodius), tarqalgan.
Yangi Gvineyada sutemizuvchilardan proyexidna (Proechidna), kengurularning daraxtlarda yashovchi Dendrogalus urug’iga kiruvchi 10 turi, kus-kuslar, bandikutlarning daraxtda yashovchi 3 urug’ga mansub turlari, xaltali bo’rsiqlar, xaltali yirtqich sichqonlar hayot kechiradi. Yo’ldoshli sutemizuvchilardan endemik suv sichqonlari Hydromyinae kenja oilasiga kiruvchi kemiruvchilar va yovvoyi cho’chqalar ham shu yerda yashaydi.
Polineziya oblasti.
Polineziya oblastiga Tinch okeanda joylashgan juda ko’p sonli orollar, shuningdek, Yangi Zelandiya va Kerdamek orollari ham kiradi. Bu oblast g’arb tomonda Palau oroli, Bismark arxipelagi, Solomon orollari, Sharq tomonda Pasxi va Gomes orollari, shimol tomonda Gavayi oroli, janubiy tomonda Norfolk va Lord-Xau orollari kiradi.
Okeaniyadagi barcha orollarni vulkanik (baland), korall (past) va ohak orollarga ajratish mumkin. Vulkan orollariga Fidji, Samoa, Jamiyat va Markiz orollari kiradi. Ulardagi tog’larning balandligi 1,5-2 ming metr va undan ham ziyod keladi.
Tog’ etaklarida lava qoldiqlarini ko’rish mumkin. Bu orollarning sohillari qumli yerlarda yoki mangro butazorlaridan iborat. Vulkan orollarining qirg’oqlarida qirg’oq yoki baryer tipidagi korall riflari mavjud. Passat oqimi tufayli, namlik ko’p bo’lgani uchun qalin tropic o’simliklar qoplamidan iborat o’rmonlar bilan birga tog’larning pastki qismida faqat butazor va o’t o’simliklardan iborat hududlar ham uchraydi. Korall orollari rif hosil qiluvchi korallar faoliyati natijasida yuzaga kelgan. Ular uzunasiga cho’zilgan yoki o’rtasida laguna mavjud bo’lgan halqa shaklida (atoll) bo’ladi. O’simliklardan kokos palmasi, pandanuslar va galofil butalar o’sadi. Ohak orollari okean tubining yuzaga ko’tarilishi natijasida paydo bo’lgan. Unda baland cho’qqilar va сhuqur jarliklarga ega tog’lari bor. Bu yerda yirik daraxt va butalardan iborat o’rmonlar mavjud.
Okeaniya orollari geografik jihatdan 3 ta guruhga ajratiladi: sharqiy tomonda Polineziya, g’arbiy tomonda Melaneziya, shimoliy tomonda Mikroneziya. Okeaniya orollari faunasi immigratsion xarakterga ega. Sutemizuvchilardan uchar ko’rshapalaklar va mayda kemiruvchilar yashaydi. Bu yerda quruqlik toshbaqalari va timsohlar uchramaydi. Ilonlardan Fidji orolida endemic aspid turlari, Tonga va Samoa orollarida Gandoia urug’iga mansub bo’g’ma ilonlar uchraydi. Kvakshalar va baqalar Bismark arxipelagida, baqlarning 2 endemik turi esa Fidji orolida, qurbaqalar Gavayi orollarida tarqalgan. Aborigen endemic kaltakesaklar Yangi Kaledoniya, Fidji, Tonga va boshqa orollarda tarqalgan bo’lib, ularning ko’pchiligi gekkonlar va stsinklardan iborat. Fidjida endemic urug’lardan biri relikt iguanalar ham hayot kechiradi.
Polineziya oblastining sutemizuvchilari faunasini inson bilan bo’gliq sichqon va ko’rshapalaklarni hisobga olmaganda, mevaxo’r ko’rshapalaklarning Hindiston (Pteropus va Emballonura urug’lari), Palearktika (Myotis urug’i) va tropikopolit (uzunqanot – Miniopterus urug’lari) turlari tashkil qiladi.
Polineziya oblastining qushlar faunasidagi 100 urug’ga kiruvchi qushlarning turlari bir necha guruhga bo’linadi. Ularning 35 urug’i endemic; 40 urug’i Malayya oblasti bilan umumiy, qolganlari Papua oblastiga yaqin va o’xshashdir. Oblastda mevaxo’r kaptarlarning Treroninae va Gourinae kenja oilalariga kiruvchi turlarri ustunlik qiladi. Samoa orolida Didunculinae kenja oilasining yagona urug’i bo’lgan Didunculus turlari yashaydi. Ushbu oblastda salangan qushlari, beloglazka-oqko’zlar, zimorodoklar, qaldirg’ochlar (Hirundo), boyqushlar (Asio), kakku qushlar (Cuculus), Yangi Kaledoniyada Janubiy Amerika quyoshli oqqushiga yaqin turadigan endemik Rhinoceti turkumiga mansub kagu qushi (Rhinochetes jubatus) yashaydi. Gavayi orollarida endemic svetochnitsalar (Drepanididae oilasi) yashaydi. Ularning bir necha ekologik tiplari hosil bo’lgan. Yangi Kaledoniyada umurtqasiz hayvonlarning 80% i endemiklardir. Fidji va Yangi Kaledoniyada kavalerlar tarqalgan. Qo’ng’izlarning 1/3-1/4 qismi endemic bo’lib, ko’pchiligi uchmaydigan formalardir. Gavayi orollarida mollyuskalr faunasining asosiy qismini endemic hisoblangan Achatinellidae oilasiga kiruvchi juda ko’p turlar hosil qiladi. Ular tog’ cho’qqilari va vodiylari tufayli ko’pgina geografik irqlar hosil qilgan.



Yüklə 256,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin