Janubiy Amerika. Bu qit’aning faunasi o’ziga xos betakror turlarga ega. Lekin inson tufayli ko’pchilik hayvonlari son jihatdan keskin kamayib ketdi. Masalan – shinshilla, yaguar, otselot, ontsillalar terisi uchun juda ko’p miqdorda ovlangan. 1967 yilda AQSH Bojxonalaridan 115458 na otselot terisi olib o’tilgan. Gigant suvsarning terisining narxi $200 turadi. Agar XX asrning 40 yillarida Perudan AQSHga har yili 2 ming teri yuborilgan bo’lsa 60 yillarda bu ko’rsatkich 500 taga tushib qoldi. Vikunya va guanakolar, sherqiyofa tamarin, Geldi kallimikosi, ko’zoynakli ayiq va yoldor bo’rilarning soni keskin kamayib ketdi. Shuningdek, chiroyli to’tiqushlar, kolibrilarni ovlash natijasida bu hayvonlar noyob va kamyob bo’lib qoldi.
Avstraliya. Ushbu qit’ada Yer sharidagi eng primitiv va arxaik sutemizuvchilar hayot kechiradi. Avstraliya faunasi orol tipidagi fauna hisoblanadi. Avstraliya kasf qilingandan keyin birinchi bo’lib ko’chib kelgan insonlar ko’pchilik hayvonlarni qirib yuborganlar. Masalan – Avstraliya xaltali bo’risi – tilatsin insonlar ko’chib kelmaslaridan oldin bu yerlarda qirilib ketgan edi. Ammo Tasmaniya orolida ularning soni ko’p bo’lgan. Tilatsin qo’ylarni yeb zarar keltiradi deb e’lon qilindi, unga qarshi kurash olib borildi. 1888 yildan 1914 yilgacha o’ldirilgan har bir xaltali bo’ri uchun hukumat katta miqdorda pul to’lagan. Bu davr mobaynida 3000 ga yaqin tilatsin otib o’ldirildi. 1961 yildan keyin xaltali bo’ri – tilatsin umuman qayd qilinmagan. Faqat bu hayvonni rasmi pivo qutilarda qoldi.
Shuningdek, kengurularning 4 turi butunlay qirib tashlandi, katta mashqqatlar evaziga koala ayig’i saqlab qolindi, ponadumli burgut va yovvoyi it – dingo yildan-yilga kamayib bormoqda. Avstraliyaga olib kelingan uy hayvonlari tufayli mahalliy xaltali o’txo’r hayvonlar; yexidna va o’rdakburunlar keskin kamayib ketdi. Qushlardan atrixornis (Atrichorhis olamosis)
Orollar faunasi.Qit’alar faunasiga nisbatan orollar faunasi ko’proq salbiy tasirlar ostida qolgan. Yangi Zelandiyada moa, Maskaren orollarida dront va otshelnik (solityor), Mavrikiy orolida dodo, Reyunon orolida pustinnik, Rodriges orolida oq dodo, Oklena orolida Rallus muelleri, Ueyk orolida R. wakensis, Taiti orolida R pecuficus, Fiji orolida Rallina porzaciloptera, Laysanda tarqalgan Porzanula Palteri, Gavayi orolidagi Pennula sanwichensis, Samoa orolida tarqalgan Parendisates pacificus kabi uchmaydigan qushlar umuman qirib tashlangan. Steller sigiri kashf qilinganidan keyin 26 yil o’tgach uning oxirgi vakili otib o’ldirildi. Bu bwozor jonivor faqat suvo’tlar bilan oziqlanar edi. Galapagoss orollarida yashaydigan Fil toshbaqalari ham go’shti uchun ko’p miqdorda ovlanishi natijasida yo’q bo’lib ketish xavfi ostida qolgan. Shuningdek, gatteriya, Komodo echkemarlari, liradum va jannat qushlari ham kamayib ketgan.
Quruqlikdagi hayvonlarga nisbatan Dunyo okeani hayvonlarini ovlash keyinroq avj oldi. Kit ovlash tashkilotlari tomonidan har yili ko’plab kitlarning bir qancha turlari ovlanishi natijasida bu hayvonlarning umuman yo’q bo’lib ketish xavfi mavjud. Finval, ko’k kit, bukri kit, janubiy kit, Grenlandiya kiti, Gang del’fini, jahon baliqlarining esa 168 turi va 25 kenja turi Xalqaro “Qizil kitob”ga kiritilgan.
Hayvonlar tasodifan holda ham boshqa qit’alarga borib qolgan. Masalan Amerika dengiz hakalagi –jeludi Qora dengizga, Xitoy yunli krabi Baltika dengiziga kemalarga yopishgan holda borib qolgan. Transport vositalari va boshqa yo’llar orqali odamning yo’ldoshi hisoblangan sinantrop hayvonlar – uy pashshasi, oddiy chivin, suvaraklar, kalamushlar, uy sichqonlari, burga, bitlar, shuningdek zararkunanda hasharotlar – Kolorado qo’g’izi, shahar mo’ylovdori, filloksera, qalqondor bitlar, odimchi kapalaklar qurtlari, Sibir tengsiz ipakchi kapalaklari, qovun pashshasi va boshqa hayvonlar tarqalgan. Janubiy Amerikadan Yevropaga va sobiq SSSRga nutriya olib kelingan. Ular endilikda ko’pchilikni tashkil etadi. Avstraliyaga olib kelingan quyonlar yovvoyilashib ketib, hozirda juda ko’paygan. Yangi Zelandiyaning hozirgi faunasining deyarli yarmi olib kelib iqlimlashtirilgan hayvonlar hisoblanadi. O’zbekistonga ham Uzoq Sharq daryolaridan amur, xumbosh, ilonbaliq olib kelingan, Amerikadan gambuziya balig’I keltirilgan. Qora dengizdan Kaspiy dengiziga kefal balig’I va uning ozuqasi chuvalchanglar keltirilgan. Yevropaga Amerikadan kamalak rangli forel olib kelingan bo’lsa, Yevropadan Amerikaga Yevropa forellari olib borilgan. Uzoq Sharq losossimonlari Yevropa sohillari va Atlantika qirg’oqlarida ko’paytirilmoqda.
Ammo hayvonlarni boshqa qit’alarga olib borish hamma vaqt ham ijobiy natija bermagan. Masalan – Avstraliya, Yangi Zelandiya va Karib dengizi havzasi faunasi bundan jiddiy zarar ko’rdi.
Atmosfera, suv, tuproqning turli kimyoviy moddalar – neft mahsulotlari, pestitsidlar, radiaktiv moddalar, turli sintetik moddalar bilan zaharlanishi ham dunyo faunasiga sal biy ta’si ko’rsatdi. Neft mahsulotlari tufayli dunyo okeani faunasi jiddiy zarar ko’rdi. Tabiiy zonalarning yo’qotilishi, yangi yerlarni o’zlashtirish va ochish, yaylovlarni va ekin maydonlarini kengaytirish ham shunga o’xshash oqibatlarni keltirib chiqaradi. Masalan to’qaylarni yo’q qilinishi – qirg’ovul, to’qay mushugini yo’qolishiga, daryo suvini bog’b suv omborlarini qurish soxtakurakburun baliqlarini kamayib ketishiga, botqoqlik va ko’llarning quritilishi oq va qora laylaklarning kamayishiga sabab bo’ldi.
Yo'qolib kеtayotgan hayvon turlarini saqlab qolish mavsadida 1972 yil 1 yanvarda Xalqaro «Qizil kitob» tashkil etilib, unga yo’qolib kеtayotgan va noyob 43 tur sut emizuvchi, 44 tur qushlar, 21 tur sudralib yuruvchilar va 8 tur suvda ham quruqda yashovchilar kiritilgan.