2. Bir ho‘jayralilar (Protozoa) umumiy tavsifi
Bir hо‘jayralilarga (Protozoa) mansub organizmlar tanasi yagona hо‘jayradan tuzilgan. Bu hо‘jayra mustaqil bir butun organizm bо‘lib yashashga moslashgan.
Bir hо‘jayralilarga (Protozoa) tanasi bitta hо‘jayradan tuzilganligidan ulardagi hayotiy yо‘nalishlar (harakatlanish, oziq zarralarini olish, hazm qilish, himoyalanish, ayrim va boshqa vazifalar)ni bajarish uchun mazkur hо‘jayrada maxsus qismlar organoidlar rivojlangan.
Bir ho‘jayralilar (Protozoa) juda mayda hayvonlar bo‘lib, ular ko‘pchiligining kattaligi 150-200 mk keladi. Ko‘pgina sodda hayvonlar bir yadroga ega, ba’zi murakkab tuzilganlari ikki yadroli, ayrimlari ko‘p yadroli bo‘ladi. Ular asosan ikkiga bo‘linib ko‘payadi, ya’ni jinssiz ko‘payadi. Ba’zi turlari murakkab bo‘linish yo‘li bilan bir qatorda jinsiy ko‘payish hodisasi ham uchraydi.
Bir ho‘jayralilar ikki xil usulda oziqlanadi.
Avtotrof – (yashil xivchinlilar)
Geterotrof – (chirindixo‘r, parazit)
Bu bir ho‘jayrali hayvonlar yer yuzining hamma joyida uchraydi: okeanlarda, dengizlarda, chuchuk suvlarda, turli o‘simlik hayvonlarning tanasida va hatto nam tuproqlarda hayot kechiradi. Parazit formalari insonda, hayvonlarda xavfli kasalliklar qo‘zg‘atadi.
Dostları ilə paylaş: |