CH I V I N
7. Chivin oshqazoniga tushgan erkak va urg‘ochi gametalar qo‘shilib jinsiy ko‘payish kopulyatsiya yo‘li bilan harakatchan ookineta (zigota) hosil bo‘ladi.
8. Ookineta chivin oshqazoni bo‘ylab migratsiya qiladi va chivin ichak devorlariga o‘tib ootsistaga aylanadi.
9. Chivin ichak devorlaridagi ootsista yadrolari bo‘linib, bitta ootsistа dan 10000 tagacha sporozoid lar dunyoga keladi va ular qon orqali chivin so‘lag beziga o‘tadi. So‘lak bezida malyariya sporazoidi bo‘lgan chivin odamni chaqqanda malyariya odamga yuqadi va migratsiya boshlanadi.
Shunday qilib Bezgak qo‘zg‘atuvchisi, malyariyaning (Plasmodium sp.) rivojlanish sikli va migratsiyasida odam - oraliq xo‘jayin, qon so‘ruvchi chivinlar - oxirgi xo‘jayin vazifasini o‘taydi. Bezgak qo‘zg‘atuvchisi, malyariya ikki usulda ham jinssiz, ham jinsiy ko‘payadi. Bezgak qo‘zg‘atuvchisi, malyariyaning jinsiy ko‘payishi chivinda, jinssiz ko‘payishi odamda kechadi.
.
4. Amyobasimon bir xo‘jayralilar. (Sarcodina).
Amyobasimon bir xo‘jayralilar (Sarcodina) boshqa bir ho‘jayrali hayvonlarga qaraganda bir muncha sodda tuzilgan. Sarkodinalar uchun o‘zgarib turuvchi yolg‘onoyoqlilar hosil qilib harakatlanish va shular vositasida oziq zarralarini ushlab olish harakterlidir.
Vakil: Amyoba (Amoeba sp.). Ko‘llar, hovuzlar yoki suvi tozaroq kichik havzalar tubida yashaydi. Kattaligi 0,5 mm amyoba (Amoeba sp.)ning mikroskop ostida tanasi atrofida bir tomondan o‘sib ikkinchi tomondan qisqarib turuvchi to‘mtoq-cho‘ziq uchlarini aniq ko‘rish mumkin. Bular yolg‘onoyoqlilar deb ataladigan orgonoidlar bo‘lib amyoba shular vositasida harakatlanadi. Bu oyoqlar oziqni qamrab olishga ham xizmat qiladi.
Amyoba tanasi tashqi qavat bilan o‘ralgan bo‘lib, bu ektoplazma deb ataladi. Ektoplazmaning ichki qismi sitoplazma bilan to‘lgan. Sitoplazma tananing qaysi tomoniga harakat qilsa, o‘sha tomonidan yolg‘on oyoq hosil bo‘ladi.
Oziq hazm bo‘lishi – Yolg‘on oyoqlar bilan o‘rab olingan oziq endoplazmaga o‘tgach, tiniq suyuqlik pufakcha bilan qoplanadi.
Bu pufakcha ovqat hazm qilish vakuolasi bo‘lib u oziqni eriydigan holga keltiradi va shu yo‘l bilan tanaga tarqatadi.
Dostları ilə paylaş: |