Mavzu: Pedikulyoz aniqlanganda hamshira taktikasi.
Hamshira deontologiyasi.
Bit – odam va sutemizuvchi hayvonlarda uchraydigan qonso`rar bo`g`imoyoqli parazit, butun hayotiy sikli xo`jayin organizmida o`tadi.Bitlarning 150dan ortiq turi ma’lum.
Odamda bosh biti, kiyim biti, qov biti uchraydi.Rivojlanishning quyidagi bosqichlari farqlanadi: tuxum(sirka), lichinka, nimfa, imago.Urg`ochisi tuxumini sochga yoki mato tuklariga yopishtiradi.Lichinkalarning tuxumdan chiqishi va rivojlanishi atrof-muhitning haroratiga bog`liq.Rivojlanishning butun sikli 15 kungacha davom etadi.Kiyim biti 2 oygacha, bosh biti 2 haftagacha yashashashi mumkin.Barcha bosqichlarda bit (tuxumdan tashqari) faqat qon bilan oziqlanadi.Kiyim biti bir kecha kunduzda 2-3 marta oziqlanadi.
Bit epidemik toshmali terlama, qaytalama terlama, o`choqli isitmaning qo``zg`atuvchilarini tashiydi.Bitlarning tarqalishi qoniqarsiz sanitariya-gigiyenik sharoiti, hayotining moddiy va madaniy darajasining pastligi bilan bog`liq.Bitliqilik bolalar jamoalarida o`rin-jildlar, bosh kiyim orqali tez tarqalishi mumkin.Ko`p hollarda bosh biti basseynda, turar yoki sekin oqar suv havzalarida cho`milish vaqtida suv orqali yuqadi.Bitliqilik turli xil ijtimoiy va tabiiy ofatlar (urush, ocharchilik, yer qimirlash) vaqtida kuzatiladi.
Bitdan tozalash.Boshni sirka va bitdan tozalash uchun sochni mayda tishli taroq bilan tarash, katta kishilar va bolalar sochini esa olib tashlash lozim.Kimyoviy usullarda tozalash ham yaxshi naf beradi.Bitni tozalash uchun nittifor va boshqa preparatlar shifokor tavsiyasiga ko`ra buyuriladi.Preparatninggg sarflanishi sochning qalinligi va uzunligi bitlash darajasiga bog`liq.
Muolaja:Bit yoki sirka aniqlanganda darhol sanitariya tozalash o`tkazish zarur. Jihozlar:qo`shimcha xalat, klyonka, rezina qo`lqop, taroq, dezinfeksiya moddalarini erimalari(karbofosning 0.15%li suv-emulsion eritmasi, oshxona sirkasining 6%li eritmasi, 5-25g borat mazi, 10-30ml benzilbenzoatning suv-sovun suspenziyasi yoki boshqa pedikulyozga qarshi vosita), o`rin-jil uchun qop.
Bemorning holati:klyonka yopilgan kushetkaga o`tirib (agar bemorning holati o`tirishga yo`l qo`ymasa, klyonka to`shalgan karavotda yotib).
Hamshira taktikasi:
1.Qo`shimcha xalat, ro`mol, qo`lqop kiying.
2.Bemorni holatini aniqlang.
3.Bemor boshining sochli qismini pedikulyozga qarshi eritma bilan tozalang.
4.Bemorning boshiga 20 daqiqa ro`mol o`rang.
5.Bemorning boshini iliq suv bilan yuving.
6.Sochlarni 6%li sirka kislotasi eritmasi bilan chaying, quruq qilib arting.
7.10-15 daqiqa sochlarni mayda tishli taaroq bilan tarang.
8.Bemorning o`rin-jildlari, ichki kiyimlarini dezinfeksiyaga yuborish uchun qopga tashlang.Xalat va ro`molni yeching.
9.Qo`lqopni yeching, qo`lingizni yaxshilab yuving.
Bu muolajaga qo`shimcha gigiyenik vanna yoki dush o`tkaziladi.
Qov biti - chov sohasida qo`ltiq osti chuquqrchhasida joylashadi, teriga mahkam yopishib oladi, ular chaqadi, chaqqan joylarda ko`kimtir dog`lar qoladi.Qov biti ko`pincha jinsiy aloqa vaqtida, kamroq hollarda bemorninng kiyimlari va ich kiyimlaridan foydalanganda yuqadi.Bitliqilik terininng yiringli kasalliklari bilan murakkablashishi mumkin.
Qov biti bo`lgan bemorni tozalash:
1.Tuklarni qirish
2.Teriga 33%li oltingugurt malhami yoki 5-10% simob mmmazi surtish.
3.Ichki kiyim va o`rin-jildlarni qaynatish va issiq dazmol bilan dazmollash
Kiyim bitiga qarshi kurashish:Badanni sovun va issiq suv bilan yuvish, ichki kiyim, ustki kiyim, o`rin-jildlar va xonalarni dezinseksiya qilishdan iborat.O`rin-jildlar 2%li Ca eritmasidan qaynatiladi, yaxshilab dazmollanadi, ayniqsa choklar yoki ust kiyimlarni tozalash kabi dezinfeksion kamerada tozalanadi.Tozalangandan so`ng jildlar sovun bilan yuviladi.
Davolashning mumkin bo'lmagan holatlari quyidagilardan iborat bo'lishi mumkin.
• 3 yoshgacha bo'lgan bolalar,
• homiladorlik, laktatsiya,
• bemorning og'ir ahvoli
• terida ko'p miqdordagi yiringli yaralar.
Agar pedikulyoz aniqlansa, bemor protsedurani o'tkazishga ruxsat beradigan tegishli hujjatlarni to'ldirish kerak. Bitlarga dorilar tibbiy fonddan ajratiladi yoki bemor hisobidan sotib olinadi. Pedikulyoz bilan kasallangan bemor parvarishida hamshira harakatlari sanitariya-gigiena tadbirlarini tayyorlash va o'tkazish, jurnal to'ldirish, bemorning qarindoshlarini xabardor qilinadi.
Bolalarda pedikulyoz aniqlanganda, tibbiy xizmat ko'rsatuvchi tashkilot maktabgacha yoki maktab muassasasiga xabar beradi. Pedikulyozning oldini olish uchun yangi SanPIN-ga ko'ra, sinfda, guruhda rejadan tashqari tekshiruv o'tkaziladi, bitlarning tarqalishining oldini olish uchun profilaktika choralari ko'riladi.Keyinchalik, xonaning bitlaridan ishlov berish: pollar va devorlar maxsus vositalar bilan yuviladi va idishni yoki davolash xonasini kvarslash jarayoni amalga oshiriladi. Bu vaqtda boshqa bemorlarga ham xonaga kirish taqiqlanadi
Dostları ilə paylaş: |