Optik kuchaytirgich qanday qurilma? Undan qaysi maqsadlarda foydalaniladi?
Optik kuchaytirgichlarning ish mexanizmi qanday fundamental fizik jarayonlardan foydalanishga asoslangan?
Optik kuchaytirgichlarning qanday turlari mavjud?
Yorug‘likning Raman sochilishiga asoslangan optik kuchaytirgichning ish mexanizmini tushuntiring. Bu turdagi optik kuchaytirgichning afzallik va kamchiliklari nimada?
Yarim o‘tkazgichli optik kuchaytirgichning afzallik va kamchiliklari nimada?
Yarim o‘tkazgichli optik kuchaytirgich tolali optik aloqa tizimlarida qanday maqsadlarda qo‘llaniladi?
Aralashmali tolali, Raman sochilishiga asoslangan va yarim o‘tkazgichli kuchaytirgichlarning xarakteristika va parametrlariga qiyosiy tavsif bering.
Optik kuchaytirgichning kuchaytirish koeffitsienti, kuchaygan spontan nurlanish quvvati, shovqin omili kabi parametrlari uchun miqdoriy munosabatlar yozing va ularga tavsif bering.
Aralashmali tolali optik kuchaytirgichning tuzilishi va ish mexanizmini tushuntiring.
Aralashmali tolali optik kuchaytirgichning xarakteristika va parametrlarini tavsiflang.
Aralashmali tolali optik kuchaytirgichning qanday xillari mavjud? Ularga qiyosiy tavsif bering.
Optik kuchaytirgichlarni tolali optik aloqa tizimlarida qo‘llash usullarini tavsiflang.