20- ma’ruza optik kuchaytirgichlar reja


Aralashmali tolali optik kuchaytirgichning xarakteristika va parametrlari



Yüklə 22,64 Kb.
səhifə5/6
tarix19.12.2023
ölçüsü22,64 Kb.
#186477
1   2   3   4   5   6
20- ma’ruza optik kuchaytirgichlar reja-fayllar.org

Aralashmali tolali optik kuchaytirgichning xarakteristika va parametrlari
Kuchaytirish koeffitsienti kirish signallarini amplitudasiga va to‘lqin uzunligiga bog‘liq. Kirish signallarining amplitudasi oshishi bilan kuchaytirish pasayadi va chiqishdagi signal to‘yinishga intiladi (10.5-rasm).

Optik kuchaytirgichlar kuchaytirilayotgan signallarga qo‘shimcha shovqin kiritadi. Natijada signal/shovqin nisbati pasayadi, optik kuchaytirgichli oraliq punktlar soni chegaralanadi. Shuning uchun kuchaytirgichlar bilan birgalikda regeneratorlarni ham qo‘llash kerak.


Xozirgi kunda kremniy va ftor-sirkonat asosidagi EDFA kuchaytirgichlari mavjud. Kremniy asosidagi kuchaytirgichlarning kuchaytirishi koeffitsienti turli to‘lqin uzunliklarida bir tekis emas. Kuchaytirishning bir me’yorda emasligi bir optik kanalning boshqasiga qaraganda signal/shovqin nisbatini yomonlashuviga olib keladi (10.6-rasm).
Kremniy asosidagi kuchaytirgichlarning signal/shovqin nisbati ba’zi kanallarda yuqori (10.6,a-rasm), lekin ayniqsa 1540 nm to‘lqin uzunlikdagi kanallarda signal/shovqin nisbati kichik.

10.5-rasm. Kirish optik signallari quvvatining turli qiymatlarida kremniy asosidagi EDFA kuchaytirgichlarining kuchaytirish koeffitsienti.


Tulkin uzunligi bo‘yicha zichlashtiriladigan uzatish tizimlarining 1545 nm dan yuqoridagi kanallarining shovqindan himoyalanganligi yuqori, boshqa 1540 nm dagi kanallarning shovqindan himoyalanganligi kichik bo‘ladi. Shovqindan himoyalanganlik, signal/shovqin nisbati bir me’yorda o‘zgarishini ta’minlash uchun ftor-sirkonat asosidagi kuchaytirgichlardan foydalanish kerak. Ftor-sirkonat asosidagi optik kuchaytirgichlarning kuchaytirishini to‘lqin uzunligiga bog‘liqlik xarakteristikasi tekis o‘zgaradi. Xozirgi kunda ishlab chiqaruvchilar kamchiliklarni yo‘qotish, bunday kuchaytirgichlarni kelgusida yanada takomillashtirish, shovqin sathi kichik, yuqori puxtalilikka ega EDFA kuchaytirgichlarini ishlab chiqarish ustida ish olib bormoqdalar.

10.6-расм. Кучайтиргич киришига кучайтириш учун DWDM сигналлари берилгандаги чиқиш қувватининг (сигнал ва шоқин) эгрилиги: a) кремний асосидаги кучай тиргичлар (1540 нм оралиғида сигнал шовқин нисбатини пасайиши кузатилади; b) фтор-цирконат асосидаги кучайтиргичлар.


Optik kuchaytirgichlar vazifasiga qarab dastlabki, liniya va quvvat kuchaytirgichlariga bo‘ linadi.

Old, dastlabki kuchaytirgichlar regenerator kirishida o‘rnatiladi va signal/shovqin nisbatini oshirishga yordam beradi. Juda kichik sahli (-45...-30 dBq) signallarni kuchaytirishga mo‘ljallangan.


Liniyaviy kuchaytirgichlari signal buzilishlarini bartaraf etish zaruriyati bo‘lmasa, regeneratorlar o‘rnini bosishi mumkin.
Quvvat kuchaytirgichlari lazer uzatgichlarning chiqishida o‘rnatiladi va oraliq kuchaytirish punktlari orasidagi masofani uzaytirishga yordam beradi.

10.7-rasm. Optik kuchaytirgichlarni qo‘llash usulari.




Yüklə 22,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin