20-Laboratoriya ishi. Fe(OH)3 va kumush gidrozollarning



Yüklə 37,03 Kb.
səhifə2/3
tarix22.12.2023
ölçüsü37,03 Kb.
#189102
1   2   3
fizik kolloid 20

Kanifol gidrolizini olish
Usulning mohiyatini, ishning borishi bilan tanishganingizdan keyin mustaqil holda ta`riflang.
Ishning borishi
Probirkaga 10 ml chamasida (1/2 qismiga teng hajmda) distillangan suv solinadi va
5 tomchi kanifolning spirtdagi eritmasidan tomiziladi. Aralashma qattiq chayqatilib, ortiqcha spirt yo‘qolguncha qaynatib qizdiriladi.
Kuzatish natijalari va xulosalar
Zolning xossalarini va olinish usullarini yozing. O‘tayotgan va taralayotgan nurda zolning ko‘rinishi qanday bo‘ladi? Olingan eritmani kolloid eritmaligiga ishonch hosil qiling. Faradey-Tindal konusini kuzatish uchun kolloid eritma solingan probirkani proektsion fonardan tarqalayotgan nurning yo‘liga joylashtirib, kuzatishni tushayotgan nurning yo‘nalishiga 90° burchak tashkil qilgan holda olib boring.
Yana qaysi usullar bilan olingan eritmani kolloidligini isbotlash mumkin? Zolni qo‘shimcha dag‘al dispers zarralardan qanday tozalash mumkin?
Temir (iii) gidroksid gidrozolini olish
Usulning mohiyatini, ishning borishi bilan tanishgandan so‘ng, mustaqil holda ta`riflang.
Ishning borishi
Probirkaga 10 ml chamasida (probirkaning 1/2 qismiga teng qilib) distillangan suv soling va qaynaguncha qizdiring. Qaynab turgan suvga 5 tomchi temir (III) xloridni 2% li eritmasidan qo‘shib, qizdirishni to‘q qo‘ng‘ir rang hosil bo‘lguncha davom ettiring.
Kuzatish natijalari va xulosalar
Zol qaysi usul bilan olindi? Mitsellalar hosil bo‘lishigacha boradigan reaktsiyalarning tenglamasini yozing. By zolni stabilizatori qaysi elektrolit bo‘ladi. Mitsellaning formulasini yozing.
Kumush gidrozolini olish
Usulning mohiyatini, ishning borishi bilan tanishganingizdan so‘ng mustaqil holda ta`riflang.
Ishning borishi
Probirkaga taxminan 10 ml (probirkaning 1/2 qismiga teng) distillangan suv quying, 4-5 tomchi 0,1 % kumush nitrat eritmasidan tomizing. Qaynab turgan suyuqlikka har minutda 1 tomchidan tushadigan qilib-1% taninning ishqoriy eritmasidan qo‘shib turing. (Qo‘shish o‘zgarmas sariq rang hosil bo‘lguncha davom ettiriladi).

Yüklə 37,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin