Kuzatishnatijalarivaxulosalar O‘tayotgan va taralayotgan nurda zolning ko‘rinishi qanday bo‘ladi? Olingan eritmada Faradey – Tindal hodisasi kuzatiladimi yoki yo‘qmi? Zol qaysi usul bilan olindi? Kaliy argentatni (KAgO) ctabilizator ekanligini hisobga olgan holda zol mitsellasini formulasini yozing. Bu zolni chin eritma hosil qiluvchi past molekulyar moddalardan qaysi yo‘l bilan tozalash mumkin. Izoh: Kumush zolini maxsus idishga to‘king.
1.4-tajriba.Berlinlazurigidrozoliniolinishi Usulning mohiyatini, ishning borishi bilan tanishganingizdan so‘ng mustaqil holda ta`riflang.
Ishningborishi Probirkaga 1 ml chamasida temir (III) xloridning 0,05 n eritmasidan quyib, K4Fe(CN)6 ning to‘yingan eritmasidan 1 ml qo‘shiladi. Berlin lazurini tushgan cho‘kmasini filtrlab so‘ngra ortiqcha K4Fe(CN)6 dan tozalanguncha cho‘kmani filtr ustida distillangan suv bilan yuving. Modda tarkibida K4Fe(CN)6 ni ortiqcha miqdori qolmaganligini qanday bilish mumkin?
Filtr qog‘ozi ustidagi cho‘kmaga 2-3 ml shavel kislotasi qo‘shib, filtratni probirkaga yig‘ing.
Kuzatishnatijalarivaxulosalar Olingan zol qaysi rangda va u qaysi usulda hosil qilindi?