Siydik ajratuv sistemasi



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix09.11.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#68110
  1   2   3   4   5   6
Айириш сис.маьруза матни



SIYDIK AJRATUV SISTEMASI 
Umurtqali hayvonlarda va odamda modda almashinuvi chiqin-dilarining organizmdan 
chiqarilishi asosan siydik ajratuv sistemasi orqali bajariladi. Bu sistemaga buyraklar, siydik 
naylari, siydik pufagi, siydik chiqaruv nayi kiradi.Ajratuv sistemasining markaziy organi 
buyraklardir. Siy-dik buyraklarda hosil bo’ladi. Siydikning tarkibida suv, tur-li xil tuzlar va modda 
almashinuvi jarayonining oxirgi modda-lari bo’ladi. Ajratuv gchstemasining buyrakdan boshqa 
hamma qismlari siydik chiqaruv yo’llarini hosil qiladi. Bundan tash-qari, buyraklar ichki muhit 
faoliyatini saqlashda, suv-tuz al-mashinuvini boshqarishda, arteriyadagi bosimni bir me’yorda 
ushlab turishda, ichki muhitning kislota-ishqoriy muvozanati boshqarilishida muhim ahamiyatga 
ega. Gormonal funktciyasi erit-ropoetin, prostoglandin va renin ishlab chiqarish bilan ifoda-
lanadi. Buyraklar yana organizmda yog’, oqsil, uglerod va vitamin-lar almashinuvida ham 
ishtirok etadi.So’nggi yillarda olib borilgan ilmiy izlanishlarning ko’r-satishicha, yangi tug’ilgan 
chaqaloqlarda ichak o’z faoliyatini ro’y-rost boshlab olguniga qadar buyrakda oqsilning 
parchalani-shi kuzatiladi. Bu holat yosh organizmda buyrakning ovqatni hazm qilish protcessida 
muhim o’rni borligini ko’rsatadi.Buyraklarning bu xilda ko’p qirrali faoliyat ko’rsatishi ular 
strukturasining murakkab tuzilganligidan dalolat bera-radi. Ularning taraqqiyoti ham murakkab 
jarayonlardan iborat. 
BUYRAK 
Taraqqiyoti. Buyrak taraqqiy etish jarayonida ketma-ket uch davr-ni: old buyrak (Pronephros), 
birlamch.ch buyrak (mesonephros) va pirovardida, ikkilamchi-oxirgi buyrak (matanephros) hosil 
bo’lish davrlarini boshdan kechiradi.Old buyrak va birlamchi buyrak, aslida mustaqil ajratuv 
organ bo’lsa ham, buyrak taraqqiyoti uchun mansub bo’lmaydi va asta-sekin yo’qolib ketadi. 
Buyrakning har bir yangi bosqichi kranial-kaudal tomonga yo’nalishda kaudal tomonga yaqinroq 
joylasha boradi va natijada oxirgi - ikkilamchi buyrak kra-nial qismdan eng uzoqda, bel sohasida 
bo’ladi.Old buyrak (pronephros). Pusht o’rta varag’ining oldingi 8-10-segment oyoqchalaridan 
hosil bo’ladi. Segment oyoqchalari somitlardan ajralib egri-bugri naychalar - protonefridiylar-ga 
aylanadi. Bularning uchi tananing ikkilamchi bo’shlig’iga- tcelomga ochiladi. Ikkilamchi- 
somitlarga qaragan uchi esa kau-dal yo’nalishda o’suvchi mezonefral nayga ochiladi. Odam 
embrio-nida bu buyrak siydik ajratish organi sifatida xizmat qil-maydi va tezda- qayta aks 
taraqqiyotga uchraydi.Birlamchi buyrak (mesonep'hros) - embrional hayotda ancha uzoq vaqt 
ishlaydi. U ko’p sonli (25 taga yaqin) segment oyoqchala-ridan hosil bo’ladi. Segment 
oyoqchalari somitlardan ajralib chiqadi va birlamchi buyrak naychalari-metanefridiylarga 
aylanadi. Metanefridiyning bir uchi mezonefral nay tomonga o’sadi va u bilan birlashadi. 
Metanefridiyning ikkilamchi bo’shliqqa qaragan qismidan aorta tomonga yon o’simtalar chiqadi. 
Bu o’simtalarga aortadan kapillyarlar to’rini shakllantiruvchi qon tomirlar keladi. Usimtalar 
kapillyarlarni qoplaydi va birlamchi buyrak koptokchasini hosil qiladi.Old buyrak davrida hosil 
bo’lgan mezonefral kanal kaudal yo’nalishda o’sib, kloakaga ochiladi.Odam embrionida doimiy 
buyrak (metanephros) rivojlani-shi embrional hayotning ikkinchi oyidan boshlanib, tug’ilish-ga 
yaqin nihoyasiga etadi. Aslida u o’z faoliyatini embrional hayotning ikkinchi yarmidan boshlaydi. 
Ikkilamchi buyrak ikki manbadan: mezonefral naycha va nefrogen to’qimadan hosil bo’-ladi. 


Nefrogen to’qima embrionning kaudal qismlarida joy-lashgan bo’lib, mezodermaning segment 
oyoqchalarining bo’linma-gan qismidan iborat.Mezonefral nay (Vol’f nayi) devorining nefrogen 
to’qima tomon, yuqoriga va orqaga o’suvchi bo’rtmasi siydik nayi, buyrak jomchasi, kosachalari 
hamda y i g’ u v n a y l a-r i n i hosil qiladi.Nefron nefrogen to’qimadan hosil bo’ladi. Nefrogen 
to’qima-ning differentciallashuvi uning barcha qismida barobar bosh-lanmaydi. Yig’uv nayining 
berk uchi o’sib, nefrogen hujayralar-ning bir qator o’zgarishlari natijasida nefron hosil bo’ladi. 
Bu o’zgarishlar nefrogen pufakcha va S-simon tanacha bosqichla-rini o’taydi. S-simon tanacha 
bosqichida u yig’uv nayining berk uchi bilan birikadi. S-simon tanachaning proksimal uchi esa 
SHumlyanskiy - Boumen kapsulasiga aylanadi. Bu tanachalarning qolgan qismlaridan nefronning 
boshqa barcha bo’limlari rivoj-lanadi. 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin